Mavzu: Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari. Analizatorlar gigiyenasi



Download 220,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana14.05.2022
Hajmi220,46 Kb.
#603650
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim anatomiya



Mavzu: Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari.
Analizatorlar gigiyenasi
.
 
R e j a : 
1.
Organizm faoliyatida sezgi organlarining roli. 
2.
Ko’rish organining yosh xususiyatlari.
3.
Teri, hid bilish va ta‘m bilish organlarining umumiy tuzilishi. 
4.
Eshitish organining yosh xususiyatlari. 
5.
Ko’rish va eshitish organlarining gigienasi.
 
 
Tayanch tushunchalar 
Analizator, rangdor parda, tur parda, gavxar, kuz akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan 
kurish, nogora pardasi, uzangi, sandon, bolg’acha, yevstaxiy nayi, yarim aylana kanallar
Tashqi dunyodan ta‘sirotlarni, qabul qiluvchi organlarga sezgi organlari deb ataladi. Oliy 
nerv faoliyatini o’rganish mobaynida analizatorlar xaqida tasavvurlar vujudga kelgan. I.P.Pavlov 
ta‘limoticha analizatorlar uch, qismdan: analizatorlarning retseptor qismi, o’tkazuvchi qism; 
markaziy yoki markaziy qismdan tashkil topgan yagona funksional sistemadir. 
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida har bir analizatorning oliy markazi joylashgan 
bo’ladi. Pereferik qism - ma‘lum turdagi ta‘sirlovchilarni qabul qiladi. O’tkazuvchi qism 
qo’zg’alishlarni markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi. Retseptorlar turli xil bo’ladi: 
fotoretseptorlar, termoretseptorlar, mexanoretseptorlar. 
Analizatorlarga: 1.Teri analizatorlari. 2. Hid bilish analizatorlari. 3. Eshitish analizatori. 
4. Ko’rish analizatori. 5. Maza bilish apalizatori. Har bir organ ma‘lum ta‘sirotni qabul qiladi. 
Teri analizatorlari. 
Tashqi dunyoni sezishda teri analizatori muhim rol o’ynaydi. Terida taktil, og’riq va 
temperatura ta‘sirotlarini qabul qilib oluvchi retseptorlar joylashgan. Teri analizatorining nerv
markazi bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining orqa markaziy chukurligida joylashgan bo’ladi. 
Teri sezgisi: og’riq, issiq, sovuq, tegish va bosim turlariga bo’linadi. Taktil sezgisi tegish va 
bosim sezgilaridir. Taktil retseptorlari barmoq uchlarida, kaftning ichki yuzasida, oyoq panjasi 
tagida, tilning uchida ko’proq joylashgan. Terida xammasi bo’lib 500.000 retseptorlar bor. Yangi 
tug’ilgan bolalarda taktil sezgisi yaxshi rivojlangan. Ularda va ko’krak yoshidagi bolalarda og’iz, 
ko’z, lab, kaftning ichki yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo’ladi. Odamning 35-40 yoshida sezgirligi 
eng yuqori bo’lib, so’ng kamaya boradi. Teridagi temperatura o’zgarishlari ikki xil retseptorlar 
bilan qabul qilinadi. Terida sovuqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan issiqni sezuvchi retseptorlar 
ko’proq joylashgan.Xar bir kv.sm. teri sathida o’rtacha 6-23 ta sovuqni sezuvchi retseptorlar va 
30 ta issiqni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Temperatura o’zgarishlarini qabul qiluvchi 
retseptorlarning umumiy soni 280.000 bo’lib, bulardan 30.000 issiq 250.000 sovuq ta‘sirotlardan 
qo’zg’aladi. Tananing ochiq qismlari (yuz, buyin, qo’l barmoqlari) sovuqqa tananing berkitilgan 
qismlariga nisbatan kam sezgirroq bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning temperatura sezgirligi 
yaxshi taraqqiy etgan. Terining xar bir, 1m kv. sm. ga og’riqni sezuvchi 100 ta retseptor to’g’ri 
keladi. Yangi tug’ilgan bola turli mexanik tasirlar – nina bilan ukol qilish, chimchilash kabi 
tasurotlarga yaxshi javob reaktsiyasini beradi. 
Ta‘m bilish analizatorlari. 
Og’iz bushlig’idagi shilliq qavatning epiteliyasida yumaloq yoki ovil shaklidagi ta‘m 
sezish piyozchalari joylashgan. Xar bir piyozchada 2-6 ta ta‘m bilish hujayralari o’rnashgan. 
Katta odamda piyozchalarning umumiy soni 9 minggacha boradi. Ta‘m bilish 
piyozchalari tilning shilliq qavatidagi surg’ichlarda joylashgan. Xar bir tam bilish piyozchasidan 
ikki-uch nerv tolalaridan markazga intiluvchi impulslar o’tadi. Tilda shirin, achchiq nordon va 
shurni sezuvchi ta‘m bilish analizatorlari joylashgan. Shiringa tilning uchi, achchiqqa asosi, 
nordonga ikki yon kismi shurga uchi va asosi sezgir bo’ladi. Sho’r uchun 0,12 sek., achchiq 
uchun 0,22 sek. vaqt ketadi. Bolaning 9—10 kunlaridan boshlab shirin modda-larga adekvat 
reaktsiya vujudga keladi. Bola 4 oyligidan boshlab shakar va tuzni tuyingan yoki 


tuyinmaganligini ajrata oladi. Masalan, 0,4% osh tuzini 0,2% lidan, 2% qand eritmasini 1% lidan 
farq qiladi. Bolaning bir yoshidan olti yoshigacha ta‘m bilish retseptorlarining sezgirligi ortib 
boradi. 

Download 220,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish