Mavzu: Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari. Analizatorlar gigiyenasi



Download 220,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.05.2022
Hajmi220,46 Kb.
#603650
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim anatomiya

Eshitish analizatori. 
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi. Eshitish 
analizatori 3 qismga- tashqi, o’rta va ichki qismga bo’linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va 
tashqi eshituv yo’lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat 
qiladi. 
Tashqi eshituv yo’lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo’li devorchalarida maxsus bezchalar 
bo’lib ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o’rta quloq o’rtasida 0,1 mm 
qalinlikdagi nog’ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo’lib elastikdir. Nog’ora parda 
xavo to’lqinlarining ta‘sirida tebranib bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o’rta quloqqa 
o’tkaziladi. O’rta quloq nog’ora bo’shlig’idan, eshituv suyakchalaridan ya‘ni-bolg’acha, sandon 
va uzangi va yevstaxiydan iborat. O’rta quloq bo’shliq yevstaxiy nayi yordamida burun xalq 
tutashadi. Eshituv suyakchalari nog’ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 
martaga ko’paytiradi. O’rta quloq bo’shlig’idagi bosim tashqi, bosimga barobar bo’lgandagina 
nog’ora pardasi normal ravishda tebranadi. O’rta quloq bo’shlig’i yevstaxiy nayi orqali burun 
xalqumiga tutashganligi tufayli nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib 
turadi. Bosim farq
qiladigan bo’lsa, eshitish utkirligi buziladi. Nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim haddan 
tashqari ko’p farq qiladigan bo’lsa parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chig’anoq yarim 
aylana kanallar-labirint va daglizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu yerda 
gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu yer muvozanat organi hisoblanadi. Bolalarda 
muvozanat organi ba‘zan qo’zg’aluvchan bo’lib, buning natijasida dengiz kasalligi vujudga 
keladi. Chig’anoq eshitish organi, uning ichida tovushni sezuvchi Kortiev organi joylashgan. Bu 
yerda eshituv nervi joylashgandir. Tovush tebranishlarini qabul qilish eshitish sezgisi havo 
tulqinlarining nog’ora pardasiga kelib, urilishi natijasida vujudga keladi. Nog’ora pardasining 
tebranishi, eshituv suyaklarida takrorlanadi. Bu tebranish chig’anoq ichidagi kortiev organidagi 
tuklarni tebrantiradi. Shu bilan eshituv nervining uchlarini qo’zg’aydi. Bu qo’zg’alish impulsi 
bosh miya yarim sharlar po’stlog’idagi eshituv markaziga 8-tib boradi. Ko’pchilik tomonidan 
qabul qilingan nazariyaga ko’ra, qortiev organining turli tolalari muayyan tonta sozlangandir. 
Turli tondagi tovushlarni analiz qilish chig’anoqdan boshlanadi. Odam qulog’ining tovut 
sezadigan muayyan chegarasi bo’lib, sekundiga 16 dan 20000 gts gacha bo’lgan tovush 
to’lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. 
Eshitish organi sog’lom bo’lishi uchun uning gigienasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza 
saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. Urta quloqning yallig’lanishi ya‘ni ottit kasalini 
oldini olishga xarakat qilish kerak. Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga 
o’tkazish tavsiya etiladi. 
Maktab binosidagi yorug’lik rejimi. 


Odam ko’zi yorug’lik ta‘sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko’radi. Ko’z 390 dan 760 
mmk gacha bo’lgan to’lqin uzunlikdagi nurlanish spektorini qabul qiladi. Xonaning ratsional, 
yeritilishi ko’rish organining asosiy xususiyatlariga asoslangan bo’lishi kerak. Yeritilish bir xil 
tarqalgan, ko’zni kamashtirmaydigan, yaltiramaydigan bo’lishi qerak. Yoritilish gigienik 
talablarga to’g’ri javob bergandagina, ko’rishning va umumiy charchashning oldi olingan 
bo’ladi. Odamning aqtiv faoliyati faqat kunduzi tabiiy yorug’lik to’shish vaqtida emas, balki 
kechasi xam sun‘iy yoritilishni tabiiy yoritilishga yaqinlashtirib, odamning aktiv ish faoliyatini 
kechasi xam saqlab qolish xozirgi zamon gigienasining asosiy maqsadidir. M.D.Sharovning 
tadqiqotlari o’quvchilarning ish qobiliyati sinfning yoritilishiga bog’liqligini ko’rsatadi. 
Yoritilish.tabiiy va suniy yo’llarda olib boriladi. Xonaning yoritilishini gigienik baholash uchun 
yoritish koeffitsientini aniqlash kerak. Yoritilish koefitsienti deb, derazalar oynalangan sathining 
pol satxiga nisbatiga aytiladi. Yoritilish koeffitsienti sinfda 1:5, 1:6 bo’lishi kerak. Sinfga 
o’rnatilgan derazalar oralig’i 50- 75 sm bo’lishi kerak. Deraza tokchasi pol satxidan 80 sm 
baland bo’lishi kerak. Deraza oynasi toza bo’lishi kerak, ifloslangan oynalar 15% yorug’likni 
to’sib qo’yadi. Derazalarni gullor, pardalar bilan to’sib qo’ymaslik kerak. Sinfning bo’yalishi 
ham yorug’likka ta‘sir -qilodi. Sinfning devorlari, shipi oq buyoqqa, panel och yashil yoki och 
ko’k rangga bo’yalishi kerak. Sinfdan tabiiy yoritilishni umumiy yig’indisi qish oylarida 75000 
lyuks, yoz oylarida 100000 lyuks bo’lishi kerak. Maktablarda suniy yoritilishdan cho’g’langan 
na lyuminitsent lompalardan foydalaniladi. Lyuminitsent lampalar bilan yoritish samorali 
hisoblonadi, chunki yorug’lik sinfga bir hil torqaladi sinfni isitib yubormaydi. 50 kv. m 
maydondagi o’quv xonalarini, cho’g’lanish lampalari bilan yoritilganda 7 -8 ta nuqtalar bo’lishi 
kerak. Umumiy quvvati 2100-2400 Vatt bo’lishi kerak. Xozirgi maktablarda SK-ZOO, KMO-
ZOO va nurlarni tarqatib beradigan polietilen xalqali DRK yoritqichlaridan keng foydalaniladi. 
Yoritkichlar ichki dsvoridan bir yarim metr, tashqi devoridan 1,3 metr masofadan ikki qator qilib 
joylashtiriladi. Qatorlardagi yoritkichlar orasidagi masofa 2,65 metr sinf doskasidan 1,2 metr 
uzoqlikda bo’lishi kerak. Xozirgi vaqtda sinf xonalari uchun yangi yoritgich ShOD ishlob 
chiqilgon. Sinfning sun‘iy yoritilishi 175-350 lyuksdan kam bo’lmasligi kerak. 

Download 220,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish