Mavzu: Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari. Analizatorlar gigiyenasi



Download 220,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.05.2022
Hajmi220,46 Kb.
#603650
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim anatomiya

Ko’z akkomodatsiyasi.
Akkomodatsiya (ko’zning moslanishi) bu ko’zni turli uzoqlikdagi 
narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir. Ko’z akkomodatsiyasi ko’z soqqasini xarakatga 
keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan taminlangan, kizriksimon muskullarni reflektor 
qisqarishi natijasida gavxarni elastikligi o’zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan 
narsalarga qaraganda gavxar qavariqroq bo’ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq 
bo’ladi. 
Yaqindan va uzoqdan ko’rish yaqindan va uzoqdan kurish tug’ma bo’lishi shuningdek, 
hayot davrida ortirilishi mumkin. Normal ko’rishda narsalarning tasviri to’r pardada hosil 
bo’ladi. Yaqindan kurishda esa narsalarning tasviri to’r, pardaning, oldida hosil bo’ladi. Uzoqdan 
kurishda esa narsalarning tasviri to’r pardaning orqasida hosil bo’ladi. Yaqindan kuruvchi 
kishilar narsalarni ravshan ko’rishlari uchun ikki tomoni botik ko’zoynak taqishlari kerak. 
Uzoqdaq ko’radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq ko’zoynak taqish tavsiya etidadi: Bunday 
linzalar ko’z gavxarini qo’shimcha ravishda nur to’plash kuchini orttiradi. Keksa kishilarda 
gavxarning elastikligi va akkomodatsiyasi yo’koladi. Natijada ko’z uzoqdan ko’radigan bo’lib 
qoladi. 
To’r pardaning yorug’lik tasirini sezadigan xujayralari tayoqchalar bilan kolbachalardan 
iborat. Tayoqchalar tur pardaning chetlarida, kolbachalar esa markazida joylashgan.bo’ladi. 
Ranglarni sezish.
Ko’z balan ko’riladigan narsalarning hammasi ranglidir. Narsalarning 
turli uzunlikdagi yorug’lik to’lqinlarini yutishiga yoki aks etishiga qarab, ularning rangini 
sezamiz. Spektrda 7 xil rang bo’lib, bularning orasida juda ko’p oraliq ranglar bor. Bizning 
ko’zimiz 200 ga yakin oralik rangni ajratadi. Spektrdagi hammasi to’lqinlarning aks etishi oq 
rang sezgisini keltirib chiqaradi, narsa hamma ranglarni yutganda esa, qora rangli bo’lib 
ko’rinadi. Tur pardaning rang sezuvchi xujayralari kolbochkalardir. Bular 6-7 mln. bo’lib, 
kunduzi ko’radi. Tayoqchalar narsaning rangini sezmaydi, ular faqat kechasi va g’ira-shirada 
qo’zg’aladi. Shuning uchun kechasi narsalar bir hilda qo’l rang bo’lib ko’rinadi. Ranglarni- 
sezmaslikni birinchi bo’lib Dalton, aniqlagani uchun bu kasallikni Daltonizm kasalligi deb 
ataladi. Tur pardada kolbochkalar qizil, yashil va ko’k ranglarni, qabul qiladi. Bu uchta rang 
asosiy deb ataladi. Ikki ko’z bilan ko’rish charchashni kamaytiradi chunki narsani turli- nuqtalari 
bir gruppa retseptorlar yordamida kuriladi, shu vaqtda bioximik reaktsiya qayta tiklanadi. 
Narsalarni ikki ko’z bilan ko’rish bir ko’z bilan ko’rish 
maydoniga nisbatan kengroq bo’ladi. Iqki ko’z bilan ko’rishda ko’zning o’tkirligi ortadi.
Kishi ikki ko’z bilan ko’rganda, qaralayotgan narsaning tasviri har bir kuzning tur 
pardasiga tushadi. odam ko’zining ko’rish o’tkirligini o’lchash uchun maxsus tablitsadan 
foydalaniladi. Bu tablitsalarda harflar yoki boshqa belgilar bo’ladi. 
Bolalarning ko’zi katta odamning ko’z tuzilishidan farq qiladi. Bolalarda ko’z kosa 
chuqurligi va ko’z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq bo’ladi. Sklera va 
tomirli pardalar yupqarok shox parda esa qalinroq bo’ladi. Ko’z soqqasi bola hayotining birinchi 
yilida bir muncha tez usadi, so’ngra o’sishi sekinlashib boradi. Yangi tug’ilgan bala ko’zi qisqa 
vaqtda ochiladi, qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 
oyligidan esa ko’z soqqasi turli predmetlarga va yorug’likka nisbatan xarakatlanadi. 2 oylikdan 
boshlab yaltiroq narsalarga qaray boshlaydi. Ko’zning koordinatsiyalashgan xarakati mashq 
qilish gufayli bolaning 6 oyligidan yoki 1 yoshidan boshlanadi. Ko’rish analizatorining avval 
pereferik so’ng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tug’ilgan bolaning ko’ruv nervi tolalari 
kam differentsiyalashgan bo’ladi. Ko’ruv nervining mielinlashuvi bolaning 11,5 yoshigacha 
davom etadi. 
Yangi tug’ilgan bola ko’zining nur sindirish xossasi katta odam ko’zining nur sindirish 
xossasidan farq qiladi. Yangi tug’ilgan bola yaqinni ko’ra olmaslik xususiyatiga ega bo’ladi. 
Ko’pincha bola va maktab yoshidagi bolalarda gavxar yassiroq shaklda bo’lgani uchun, uzoqni 
yaxshi kuraolmaslik xususiyati uchrab turadi. Odamning yoshi ortishi bilan gavxarning 
elastikligi kamayib boradi. Yosh ortishi bilan akkomodatsiya chegarasi kamayib boradi. 
Masalan: 9-11 yoshda 14 D. 12-14 yoshda 12, 9 D, 15-17 yoshda -12 D. 18-20 yoshda – 12 D, 


21-22 yoshda - 11,5D bo’ladi. 
Bolalardagi yaqindan va uzoqdan kurish, yaxshi ko’raolmaslik kasalligi har xil 
sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda uzoqdan ko’rish kasalligi, 
maktab yoshidagi bolalarda esa yaqindan ko’rish kasalligi uchraydi. Bu kasallik yotib o’qish, 
yorug’likning kam bo’lishi tufayli vujudga keladi. Chunki sistematik ravishda yotib o’qishda, 
ko’zga qon tulishi ortadi, bosim ko’tariladi, fokus raligi o’zgaradi. Bu kasallikning oldini olish 
uchun sinf xonalari, sinf doskasi, partalar, stollar yaxshi yoritilishi, darsliklar aniq shriftda 
bo’lishi, tug’ri yozish, o’qish va yozishda har soatdan so’ng 15-20 minut tanaffus bo’lishi, 
darsliklarning umumiy sonini kamaytirish va boshqa gigienik qoidalarga amal qilish kerak. 
Narsalarning qog’ozdagi tasvirini anglash, bolaning 3-4 oyida vujudga keladi. Bolalarda 
ranglarni sezish asta-sekii taraqqiy etadi. Avval sariq rangga nnsbatan sezish shakllanadi. Yashil, 
ko’k ranglarning sezish chegarasi 12-13 yoshgacha davom etadi. Bog’cha bolalari narsani avval 
shakliga, so’ng o’lchamiga oxiri rangiga ahamiyat beradi. Rang ajratish qobilyati 25 yoshgacha 
ortib boradi. Qiz bolalarda rang ajratish qobiliyati o’g’il bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan 
bo’ladi. Ko’rish o’tkirligi bolalarda kattalarga nisbatan yuqori bo’ladi. Kitob bilan ko’z orasi 30-
35 sm dan kam bo’lmasligi kerak. 

Download 220,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish