Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5 o‘g‘lidir. U 1391 yilda tug‘ilgan. Otasi vafotidan so‘ng Shoxruh, Mirzo mulozamatida bo‘lgan. Unga Shibirg‘on viloyatini suyurg‘ol qilib bergan. U 1429 yilda vafot etadi. Uning Ahmad Mirzo va Usmon Mirzo degan o‘g‘li bo‘lgan.
Boyqaro Mirzo Umar Shayx Mirzoning 6 o‘g‘lidir. U 1393 yilda tug‘ilgan. Uning onasi Mulkat og‘o begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi. Amir TUmur vafotidan so‘ng u Shoxruh, Mirzo huzurida mulazamatda bo‘ladi.
1414 yilda Shoxruh Mirzo Hamadon hukumatini, Vuruja va Nehovand qal'alari hamda butun Luristonni suyurg‘ol qilib beradi. U 1415 yilda Sherozga yuradi. Uni amirlar hamda qozilar kutib oladi va darvozani ochib beradilar.
1423 yil uni Samarqandga Ulug‘bek huzuriga jo‘natadilar va Ulug‘bek Mirzo farmoniga ko‘ra uni qatl qiladilar. Undan 3 o‘g‘il qoladi - Muzaffar Mirzo, Muhammad Mirzo, G‘iyosinddin Mansur Mirzolardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |