Mavzu Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja



Download 241,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana14.04.2023
Hajmi241,1 Kb.
#927990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу

Zafarnoma
" O‘rta Osiyo xalqlarining nodir madaniy obidasidirki u faqat O‘rta Osiyoning 
emas, butun Sharq mamlakatlari tarixi manbai, shuning uchun u hozirda ham sharqshunos 
tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilmoqda va o‘ziga xosligi, to‘plangan materiallarning 
haqqoniyligi bilan ko‘rsatilgan davr tarixiy manbalari ichida alohida o‘rin tutadi. Gap shundaki, 
"Zafarnoma" tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: 1. Muqaddima, u Temur shajarasiga 
bag‘ishlangan, unda turk urug‘lari va Chingizxonning to‘rt ulusi haqida umumiy ma'lumotlar 
beriladi, umuman, bular yuqorida sanab o‘tilgan asarlarda batafsil bayon qilingan (masalan, 
Rashididdin, "Jome' at tavorix", Juvayniy, "Tarixi jahonkushoi" va boshqalar). 2. Asosiy qism 
(Temurning o‘z tarixi). Muallif ma'lumotlarida ko‘rinadiki, bu tarixiy asar Sharafiddin Alini 
saroyga taklif qilib yozdirilgan. Shoh o‘zining bobosi haqida maxsus kitob yaratishni istadi va u 
822 (1419-1420 yy) sohibqiron Temur haqida ma'lumotlar to‘plash haqida farmon berdi. 
Muqaddimada bu jarayon quyidagicha tasvirlangan. To‘plangan ma'umotlar shohidlarning 
og‘zaki hikoyalari bilan taqqoslangan, so‘ng Sharafiddin Ali Yazdiy bu ma'lumotlar bilan 
tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga ular haqida fikrini aytgan, shundan so‘ng u "Zafarnoma" 
kitobini yozishga kirishgan. Muallif to‘plagan ma'lumotlarni uch guruhga bo‘ladi: voqyealar 
shohidlarining hikoyalari, ikkinchi va uchinchi o‘quvchilar turi va fors manbalarining 
bilimdonlari. Barcha sanalar o‘rinlar jo‘g‘rofiy koordinatalar va ular orasidagi masofalar 
Ibrohim Sulton farmoniga ko‘ra har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng Sharafiddin Ali 
Yazdiyga beriladi. Bunda muallifga ko‘rsatma berilgandiki, birinchidan, badiiy nafosatli hamda 
tushunarli tilda bitilgan kitob bo‘lsin, ikkinchidan muallif xujjatga qat'iy amal qilmog‘i, dastlabki 
bitiklardan chekinmasligi, hyech narsani bo‘yab-bejamasligi shart edi. Shu yo‘sinda Temurning 
keng miqiyosda rasmiy tarixi dunyoga keldi. Bir necha og‘iz so‘z "Zafarnoma" yozilishi 
vaqtining tarixiy xronologiyasi haqida. Gap shundaki, asarning boshlanishi (832-1419) va 
tugatilishi (828-1424-1425) haqida Ali Yazdiy hamda zamondoshlari tomonidan berilgan 
ma'lumotlar bor. Lekin bahs boshqa mavzuda: Muallif asar ustida ishlashni davom ettirganmi, 
axir u 1454 yilgacha yashagan-ku? Ha muallif asar ustida ishlashni davom ettirgan. Bu haqda 
quyidagi ma'lumot bor: 
Tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan qarasak, rasmiy ohangda yozilishiga qaramay, 
Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sida Temur faoliyatini va uning ziddiyatli shaxsini-mustabid 
shoh va Movarounnahrda markazlashgan buyuk feodal davlati bunyodkorini birmuncha odillik 
bilan yoritadi. 
Sharafiddin Ali Yazdiy asari qo‘lyozma holida keng tarqalib ketgan, chunki asar uning 
zamondoshlari va keyingi asr tarixchilari uchun ham dastlabki manba bo‘lib xizmat qildi. 
Sharafiddin Ali Yazdiyning tarixiy voqyealarni bayon etish uslubi ohangi ko‘p paytgacha 
o‘lkashunoslar, tarixchilar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Masalan, XVI asrning mashhur
tarixchilari, Mirxond ("Ravzat us-Safo"), "Safo-farog‘at bog‘i", Xondamir ("Habib us-siyar"-
"Do‘stlar atroblari") va boshqalar ham Sharafiddin Alining "Zafarnoma" siga suyanib ish 
ko‘rdilar. 
O‘rta Osiyo tarixshunosligining durdonasi- "Zafarnoma" jahon tarixchilarining tadqiqot 
manbai bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunonchi, 1887-1888 yillari hind sharqshunosi 
Mavlaviy Iloxdom tashabbusiga ko‘ra olti nusxa asosida "Zafarnoma" ning ikki jildligi 
Kalkuttada nashr etildi. 


1958 yilda Muhammad Abbosiy tomonidan uch qo‘lyozma va yuqorida zikr etilgan 
Kalkuttta nashri asosida Tehronga yangi nashr paydo bo‘ldi. Abbosiy foydalangan 
qo‘lyozmalarning ikkitasi muallif hayotligidagi nusxalardir: biri sanasiz, Muhammad 
Abbosiyning shaxsiy mulki, ikkinchi- Majlis kutubxonasida, (36782 -son ko‘chirish sanasi hijriy 
840,1436), uchinchisi yana Majlis kutubxonasida bo‘lib, 36773-son,1037-1637-1638 yillar 
ko‘chirilgan. 
Demak, A.O‘rinboevning haqqoniy ko‘rsatishicha, "Zafarnoma"ning fransuz va ingliz 
tiliga tarjima qilgan tarjimonlar, shu kungacha bibliografik noyob bo‘lsa-da, asarning beshdan 
bir qismini tashkil etgan muqaddima qismi tarjimasini tushirib qoldirganlar. Asarning Kalkutta 
va Tehronda nashr qilingan nusxalarida Muqaddima qismi yo‘q. Shuning uchun A.O‘rinboev 
tomonidan maksimal nusxa, kirish so‘zi, izoh va ko‘rsatmalar bilan tayyorlangan "Zafarnoma" 
matni asarning eng yaxshi nusxalarini o‘zida jamlagandir. Shubhasiz, "Zafarnoma"ning mazkur 
nashri O‘rta Osiyo xalqlarining XIV asr oxiri, XV asr boshlaridagi hayotini o‘rganishda 
tarixchilarga yaqindan yordam beradi. 
Xondamirning tarixiy asarlari.«Ma’osir ulmuluk» («Hamasr podshohlarining tarixi». 
Tarixchi olim Xondamir o‘zining 63 yillik umri davomida taxminan o‘n uchta asar yozgan 
bo‘lib, ulardan bizgacha sakkiztasi yetib kelgan.
«Ma’osir ul-muluk» («Hamasr podshohlarining tarixi». U Alisher Navoiyning iltimosiga 
ko‘ra va unga minnatdorchilik izhor etish tariqasida 904-(1498-1499) yilda yozilgan. Bu asar 
podshoh hamda qadimgi donishmandlarning xayrli ishlari haqida aytilgan hikmatnoma gaplarni 
o‘z ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan Anushiravongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha 
bo‘lgan hamda Muhammad Payg‘ambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. So‘ngra 
muallif ummaviylar, abbosiylar, somoniylar, g‘aznaviylar va boshqa sulolalarga tegishli 
hukmdorlar tarixi va shular qatorida Qurd podshohlari va turk xoqonlari tarixini yoritgan. 
Asarning oxirgi qismida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyga zamondosh bo‘lgan hukmdorlar, 
olimlar va donishmandlar haqida ma’lumotlar yoritilgan. 
«Dastur al-vuzaro». «Dastur al-vuzaro» («Vazirlar uchun qo‘llanma») Alisher Navoiy 
iltimosiga muvofiq 906-(1500-1501) yilda yozilgan. Husayn Boyqaro va uning vaziri Amir 
Kamoliddin Mahmudga bag‘ishlangan asar. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach, 916-(1509) yili qayta 
ishlangan va kengaytirilgan. Unda Sharq mamlakatlarining VII-XVI asrlardagi tarixi, jumladan, 
Movarounnahr va Xurosonda temuriylar sulolasi inqiroziga qadar o‘tgan vazirlar, 
Chingizxonning vaziri, keyinroq mo‘g‘ullarning Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavach 
hamda uning o‘g‘li Chig‘atoy xonlarining Movarounnahrdagi vaziri Mas’udbek to‘g‘risida 
ma’lumotlar bor. Xondamirning hayoti va ijodi haqida o‘zbek olimlaridan Bo‘riboy Ahmedov va 
D. Yusupovalar izlanishlar olib borgan. 
Xondamirning “Habib us-siyar” asari. Xondamirning eng yirik asari «Habib us-siyar fi 
axbor afrod ul-bashar» (Inson zoti xabarlari va do‘stning tarjimai holi) dir. Bu asar 927-(1520-
1521)‒930-(1523-1524) yillar davomida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh 
Sovajiyga bag‘ishlangan. Ushbu asarda qadim zamonlardan to 1524-yilga qadar Sharq 
mamlakatlari, jumladan, Eron, Afg‘oniston, Iroq va O‘rta Osiyo mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan 
voqealar hikoya qilingan

Asar muallif Hindistonda bo‘lgan yillarida (1528—1535) yana ikki 
marta qayta tahrirdan chiqargan. Shuning uchun ham bu asarni shu yillar orasida tugal 
tamomlagan, deb hisoblash mumkin. 
Xondamir bu asarini yuqorida nomi zikr etib o‘tilgan vazir Xoja Habibullo Sovajiga 
atagan, chunki Xondamirga o‘z vaqtida ko‘p marhamat va iltifotlar ko‘rsatgan edi. 


Asarda qadim zamonlardan to XVI asrning 30-yillariga sadar musulmon sharqida, xususan, 
Eron, Afg‘oniston, Iroq va O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealar talqin etiladi. 
«Habib us-siyar» muqaddima, xotima va uch bobdan iborat. Har bob o‘z navbatida to‘rt 
qismga bo‘linadi. 
Birinchi bobda islomiyatdan ilgari o‘tgan payg‘ambarlar va Arab, Ajam mamlakatlarining 
Arab xalifasi tashkil topgungacha bo‘lgan umumiy siyosiy ahvol va Muhammad payg‘ambar, 
shuningdek, xalifa Abubakr (632‒634), Umar (634‒644), Usmon (644‒656) va Aliy (656‒661) 
zamonida yuz bergan voqealar bayon qilinadi. 
Asarning ikkinchi bobida shia imomlari, Ummaviy (661‒650 yillari hukmronlik qilgan) va 
Abbosiylar sulolasidan (750‒1258) bo‘lgan xalifalar davrida arab xalifaligi va uning 
bosqinchilik urushlari, arablar zamonida hukmronlik qilgan boshqa sulolalar: Tohiriylar (820—
873), Safforiylar (868—903) va Somoniylar (874—899) haqida hikoya qilinadi. 
Uchinchi bob Chingizxon va uning avlod-ajdodlari Chingizxon bilan zamondosh bo‘lgan 
boshqa sulolalar (qoraxitoylar, xorazmshohlar, sarbadorlar va boshqalar), Temuriylarga 
bag‘ishlangan. Bundan tashqari, shu bobda Movarounnahr, so‘ngra Xurosonning Muhammad 
Shayboniyxon yetakchiligida ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan bosib olinishi va Ismoil Safaviy 
davrida Eron, Afg‘oniston va Iroqning siyosiy ahvoli hikoya qilinadi. 
“Habib us-siyar” ning muqaddimasida olamning paydo bo‘lishi, xotimada esa jahonning 
ajoyibot va g‘aroyibotlari iqlimlar, mashhur daryo, dengiz va ko‘llar, sahro va tog‘lar) xususida 
gap boradi. 
Xondamirning yana bir asari ‒ «Humoyunnoma»dir Bu asar «Qonuni Humoyun» nomi 
bilan ham mashhur bo‘lib, Hindiston podshohi, Boburning o‘g‘li Humoyunga bag‘ishlangan. 
«Humoyunnoma» 941-(1534-1535) yilda yozib tamomlangan. Asarda Humoyun podsholik 
qilgan davrda Hindistonda
 
joriy etilgan yangiliklar, aholining uch tabaqaga, hokimiyatning esa 
to‘rt idora usuliga bo‘linishi va Humoyun tomonidan amalga oshirilgan me’morchilik qurilishiga 
oid ma’lumotlar o‘rin olgan. Xondamirning boshqa beshta asarining faqat nomlarigina ma’lum, 
xolos. Bular: «Osor ul-muluk val-anbiyo» («Podshoh va payg‘ambarlar haqida hikoyalar»), 
«Axbor ul-axyor» («Yaxshi insonlar haqida xabarlar»), «Muntahibi tarixi vassof» («Vassof 
tarixidan saylanma»), «Javohir ul-axbor» («Xabarlar gavharlari») va «G’aroyib ul-asror» 
(«Qiziqarli sirlar»)dir. Xondamir o‘z zamonasining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan. U nafaqat 
mashhur tarixshunos olim, ayni zamonda «Noqiy» taxallusi bilan yaxshigina she’rlar ham ijod 
etganligini Alisher Navoiy alohida ta’kidlab o‘tgan.
 
Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" asarida, Mirxondning "Ravzat us-safo"asarida, 
Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarida, Boburning "Boburnoma"sida ham 
Ulug‘bek to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Temur shaxsi va faoliyati haqidagi A.Yu.Yakubovskiy 
hamda V.V.Bartoldning qarashlari hozirgi davrda bizdagi jumladan g‘arbdagi Temur 
tarixshunosligiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. XX asr boshlaridayoq Ulug‘bekning nomi, asarlari 
jahonga mashhur va manzur bo‘ldi. 
Ulug‘bekning faoliyatiga oid tarixiy fundamental asar bu V.V.Bartoldning 1915 yilda 
yozgan "Ulug‘bek va uning davri" asaridir. Asar 1918 yili nashr qilingan. V.V.Bartold asarida 
Ulug‘bekning ilm-fan yo‘lidagi xizmatlarini zarracha kamsitmagan holda olim Ulug‘bekning 
faoliyatini hukmdor Ulug‘bekning faoliyatidan ajratib ko‘rsatadi. 
Olim va davlat arbobi Ulug‘bek to‘g‘risida bizning davrimizda S.A.Akramov, 
Yu.N.Aleskerov, B.Ahmedov, T.A.Qori-Niyoziy, N.I.Leonov, M.Masson, G.Pugachenkova va 
boshqalarning asar hamda maqolalari e'lon qilingan. Bular Ulug‘bekning hayot va faoliyatini 
o‘rganishda o‘quvchilarga yordam beradi. 


Temur vafotidan so‘ng hokimiyat uchun kurash boshlanadi va to‘rt yildan so‘ng 
Temurning o‘g‘li Shohruh bu kurashda g‘olib chiqadi. U otasi idora qilgan hokimiyatni ikki 
qismga bo‘ldi: Markazi Hirotda bo‘lgan, o‘zi boshqargan Xuroson davlati va markazi 
Samarqandda bo‘lgan, o‘g‘li Ulug‘bek boshqargan Movarounnahr davlati.
Mavzu bo‘yicha asosiy xulosalar: Ziyo Bunyodovning Anushtegin – «Xorazmshohlar 
davlati» asari xorazmshohlar tarixini o‘rganish bo‘yicha yirik tadqiqot hisoblanadi. «Jome' at-
tavorix» ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning maishiy hayoti va siyosiy ijtimoiy tarixi bo‘yicha muhim 
ma'lumotlar beruvchi asar. XX-XIII asrlar davri yurtimiz tarixiga oid manbalar yetarli emas.
Amir Temur tarixi tarixshunosligining davrlari jamiyatda mavjud mafkuralar bilan bog‘liq. 
Temur tarixiga oid manbalar bo‘lib, faqat ularni tanqidiy taxlil etishni talab qiladi. Mustaqillik 
temurshunoslikda yangi bosqichni boshlab berdi.

Download 241,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish