Mavzu: Alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar predmetli amaliy ta’lim darslar tizimi va shakli
Reja:
Predmetli amaliy ta'lim darsi tuzilishi
Predmetli amaliy ta'lim darslarida ishni tashkil qilish shakllari va ish turlari
Predmetli-amaliy faoliyati vazifalari
Ma’lumki, eshitmaydigan bolalar atrofdagi narsa va hodisalar haqida o‘ziga xos tasavvurga ega bo‘lib, ularni amaliy egallaydilar. PAT darsi orqali atrof-muhit haqidagi bilimlarni, hayotiy tajribalarni o‘zlashtiradilar. Tabiat va jamiyatda shunday tushunchalar mavjudki, ularni bevosita tushuntirishdan ko‘ra, tayyor ko‘rgazmali holatda o‘quvchilarga yetkazish qulaydir. Shu qulaylik PAT darslarida yaratiladi. Shunday qilib, eshitmaydigan ukuvchilarning jamiyatga uygunlashuvida zamin bulib xisoblangan xolda PAT darsi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Umumta’lim fanlarini egallashda muhim bo‘lgan kundalik-maishiy tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish.
2. Tilni tafakkur quroli va muloqot vositasi sifatida egallashga o‘rgatish.
3. Ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish.
4. O‘quvchilarning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish.
Ushbu majmuada o‘quvchilar egallashlari kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalarni har bir chorak uchun alohida ajratib berdik.
Bu o‘z navbatida o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning aniq ko‘rsatkichlarini ifoda etadi.
Xar bir mavzu buyicha ish turlari aloxida ajratib berilgan bulib,ular ikki boskichda amalga oshiriladi. 1-boskich ukituvchi tomonidan, 2- boskich tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi. Ukuv yili boshida ukituvchi va tarbiyachi birgalikda xar bir mavzuning tegishli kismini yillik rejasida belgilaydi. Tarbiyachi ukituvchining ishini mantikan va tizimli davom ettiradi.
O‘qituvchi va tarbiyachi har bir dars davomida egallanishi zarur bo‘lgan majburiy va amaliy, nutqiy materiallarni ko‘rgazmali ravishda tayyorlashi talab etiladi.
Bu jarayon murakkab va mablag‘ talab qiladi. Lekin ushbu jarayon ostida jamiyatning to‘laqonli a’zosi – kar, zaif eshituvchi bola taqdiri yotibdi. Chunki ushbu bolalarga har bir aniq, mavhum tushunchalarni berish ko‘rgazmalilik va tabiiylikni talab qiladi.
Surdopedagog esa o‘z nomiga munosibligini korreksion darslarni metodik, didaktik jihatdan to‘laqonli tashkil eta olishda namoyon qiladi.
Predmetli amaliy ta'lim darsi tuzilishi:
Predmetli amaliy ta'lim darsi tuzilishi buyumni tayyorlash bo’yicha ishning quyidagi bosqichlari asosida aniqlanadi:
-ishga tayyorgarlik;
-buyumni tayyorlash (ishni bajarish);
-natijalarni tahlil qilish.
Ishga tayyorgarlik o’zida quyidagilarni mujassam etadi:
-mavzuni e'lon qilish;
-buyumni tahlil (nima, nimadan yasalgan, qismlari, rangi, hajmi .....) qilish;
-ish rejasini tuzish.
-ish uchun kerakli narsalarni «Talabnoma» sifatida tuzish (og‘zaki, yozma);
-ish qurollarini tanlash va tarqatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |