Navoiy o‘zining «Xamsa» dostonida inson ta'lim-tarbiyasida ijtimoiy muhitning o‘rni muhim ekanligini ta'kidlaydi. Bu esa, mehnatsevarlik, poklanish, halollik, imon-e'tiqodli bo‘lish orqali amalga oshishi alloma tomonidan ilmiy asoslab beriladi. Uning «Mahbubul-qulub» asarida, inson va uning eng yaxshi fazilatlarini tasvirlab, komil inson timsolini yaratdi. Asarda u insonni komillikka eltuvchi yagona vosita - bu sabr. «Sabr, - deydi u - achchiq, ammo foyda keltiruvchi, u qattiq, ammo ziyon-zahmatlarni daf etuvchi. Sabr -nasihatgo‘y, achitib gapiradigan, kishi tabiati undan ozor chekadi, lekin amal qilgan oxirida murodiga yetadi. Sabr - tabib, badxo‘r dori, bemor undan ozor tortadi, ammo so‘ngida sog‘liqqa erishadi20» XVI-XVIII asrlarda ham Turkistonda madaniy-ma'naviy yuksalish an'analari davom etdi. Boborahim Mashrab, Mujrim Obid, Shermuhammad Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, Muhammad Rizo Ogahiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi fan arboblari va atoqli shoir, yozuvchilar asarlarida o‘sha davrning ma'naviyati va ma'rifati inson kamoloti haqidagi qimmatli fikrlari keltirilgan. XVI-XVIII asrlarda ham Turkistonda madaniy-ma'naviy yuksalish an'analari davom etdi. Boborahim Mashrab, Mujrim Obid, Shermuhammad Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, Muhammad Rizo Ogahiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi fan arboblari va atoqli shoir, yozuvchilar asarlarida o‘sha davrning ma'naviyati va ma'rifati inson kamoloti haqidagi qimmatli fikrlari keltirilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim-tarbiya masalarida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, So‘fizoda, Tavallo singari xalqimizning faylasuflari, adiblari, davlat va siyosat arboblari ham kata ma’lumotlar qoldirgan. Ma'rifatparvarlardan bizga ilmiy, madaniy meros bo‘lib kelayotgan «Nodir voqyealar», «Farzandlarga vasiyat», «Kasb va hunarning foydalari haqida», «Buxoro amirlarining tarixi», «Turkiy guliston yohud axloq», «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon», «Padarkush» kabi ko‘plab asarlarda insonlarni yaxshilikka chorlovchi, axloq va odobni kuylovchi, ma'naviyat haqidagi fikr va mulohazalar o‘z o‘rnini munosib topgan. Mazkur asarlar markazida inson hayoti asosiy o‘rin tutadi. Ularda insonning insoniyligi, avvalo, uning ichki ruhiy olamiga bog‘liqligi, ana shu ruhiy olam unga kuch-quvvat, qaltis davrlarda ko‘mak, irodasini baquvvat qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi g‘oyasi asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |