Ibn Sino fikrlarining asl mohiyati shundaki, inson hayot taraqqiyoti davomida olgan barcha bilim, ko‘nikma va malakalarini ijtimoiy muhit ta'sirida jonli voqyelikka aylantirib boradi va uning aytishida inson qanchalik ko’p bilim egallasa ongi tafakkuri o’sib jamoa hamda jamiyatda tarbiyaviy ya’ni axloqiy sifati namoyon bo’lishini ta’kidlagan. Shu kabi fikrlarni biz Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.) asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Beruniyning ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan bog‘liq ta'limotida mehnat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar, ilm-ma'rifat uzviy mushtaraklikda, bir butunlikda tahlil etilgan. Inson amaliy faoliyatining biron-bir sohasi ularning o‘zaro ta'sirisiz amalga oshmaydi, deb yozgani ham bejiz emas, albatta9. Shu kabi fikrlarni biz Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.) asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Beruniyning ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan bog‘liq ta'limotida mehnat, odob-axloq, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar, ilm-ma'rifat uzviy mushtaraklikda, bir butunlikda tahlil etilgan. Inson amaliy faoliyatining biron-bir sohasi ularning o‘zaro ta'sirisiz amalga oshmaydi, deb yozgani ham bejiz emas, albatta9. Beruniyning fikricha, insonparvarlik - kishilarning ma'naviyat darajasi, u o‘zida ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalay olishi bilan ham bog‘liq. Aqlli odam faqat o‘tkinchi bo‘lmagan aqliy ishlar, qadriyatidan lazzatlanadi. Insonning ma'naviy qiyofasi va turmush tarzi esa uning o‘z his-tuyg‘ularini qanday boshqara olishi bilan bog‘liq. Abu Rayhon Beruniy insonga tabiatning gultojisi deb qarar ekan, har bir inson aql-zakovatli, yuksak axloqli, bilim-ma'rifatli bo‘lishi lozim deydi. Uning hamma asarlarida inson kamoloti uning tafakkurining rivojlanishi, sog‘lom va jismonan baquvvat bo‘lishiga bog‘liqligi ta'kidlanadi. Beruniyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlari uning ilm olish, bilish jarayoni haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini topadi. “Saxix” yo'nalishining asoschisi eng еtuk va mashxur muxaddis Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo’minin”, “Imom al-muxaddisiyn” (“Barcha muxaddislarning pеshvosi”) dеgan sharafli nomga sazovor bo'lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba'zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida) (xijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan еtim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida xamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida xadislarni yodlay boshlagan. Alloma xadis ilmini zo'r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o'rgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |