“Saxix” yo'nalishining asoschisi eng еtuk va mashxur muxaddis Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo’minin”, “Imom al-muxaddisiyn” (“Barcha muxaddislarning pеshvosi”) dеgan sharafli nomga sazovor bo'lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba'zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida) (xijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan еtim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida xamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida xadislarni yodlay boshlagan. Alloma xadis ilmini zo'r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o'rgandi. Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari yеtaklovchi ta'limotdir. Shu sababli Qur'oni Karimda ham, xadislarda xam yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat'iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar kеng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jomе' as-saxix” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi xadislar jamlangan bo'lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o'rtasida o'zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo'lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma'lumotlar bеrilgan. Xo‘ja Axmad Yassaviy (XI asrning o‘rtalari) insonni ta'lim-tarbiyasida uni asl komillikka eltadigan din, iymon, xudo yo‘lida fidoiylik, e'tiqodda sobitlik, halollik, poklik g‘oyalari ekanini ta'kidlaydi. Yassaviy insondagi yomon illatlarni nafs bilan bog‘laydi va unga qarshi kurash lozimligini uqtiradi. Nafsni tiyish, mol-dunyoga hirs qo‘yish, ta'magirlik, badnafslik nokaslik, nodonlik, jaholat va razolatni qattiq qoralaydi. Nafsni tarbiyalash nafaqat insonning shaxsiy xarakteri, balki ijtimoiy muhitga ham salmoqli ta'sir etishini ta'kidlaydi. Uning ta'rificha, nafs «yabon qushdek ko‘lga ko‘nmas» bir narsa. Bu «qush» o‘z hohishicha «parvoz» etaversa odamni kundan-kunga odamiylikdan chiqaraveradi, azim gunoxlarni qilishga sababchi bo‘lib, badnom etadi, chunki nafs domiga tushgandan keyin kishi xech narsadan tap tortmaydi, harom-xarishdan xazar etmaydi, boshkalar hisobiga bo‘lsa ham yaxshi yashashni o‘ylaydi, oqibatda u zolim, berahm, riyokor bo‘lib qoladi. Faylasuf shoirni komil insonlikka yetishish boskichlarida kishi intilishlariga xalaqit beradigan barcha to‘siqlar, ya'ni shayton vasvasasi tufayli yuzaga keladigan barcha illatlar g‘azablantiradi. Ulardan biri adolatsizlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |