Abu Nasr Forobiy (870-950-yillar) tasavvurida jamiki moddiy dunyoning asosida birlamchi materiya yotadi. U biz idrok etadigan moddiy dunyo to’rt «ildizdan», ya’ni to’rtta boshlang’ich elementdan – o’t, havo, suv va yerdan tashkil topganligi haqidagi qadimgi dunyo faylasuflarining fikrini tasdiqlaydi. Forobiy mashhur shufokor sifatida amaliy kimyoni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi.
Al-Farg’oniy (797-861-yillar) buyuk matematik, astronom bo’lishi bilan birga, u astronomik asboblarning mohir ustasi bo’lgan. U Bog’dod va Damashqda rasadxonalar hamda Nil daryosi suvi sathini doim kuzatib turish imkoniyatini beradigan inshoot («Mikiyes-jadid»-nilomer) ni yaratishda maxsus qotishmalardan foydalangan. Nilomerni hozirgi kungacha saqlanib qolganligi suvning 1000 yildan ortiq yemirish kuchiga chidamli, noyob tog’ jinsi va «sement» anganligidan dalolat beradi. Uning kimyoga oid «Kitob amal ar-rahomat» (marmarning xizmati haqidagi kitob) deb ataladigan yirik asari saqlanib qolgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) amaliy kimyoning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan, lekin alkimyogarlarning temirni oltinga aylantirish yo’nalishidagi ishlarini asossiz, amalga oshirib bo’lmaydigan jarayon deb qaragan. Abu Ali ibn Sino bu haqda «Bir xil metallni ikkinchi bir metallga aylantirish imkoniyati menga tushunarli emas. Aksincha men buning imkoniyati yo’q deb hisoblayman, chunki bir metall jismni ikkinchi metall jismga aylantirishning iloji yo’q. Oddiy jism o’zidan boshqa jismni ajratmasligi kerak», deb yozgan edi. Shunday qilib, Abu Ali ibn Sino asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan. Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunos olimlardan Buxorolik Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi ishlari bilan olamga mashhurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kerak.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) o’zining «Minerologiya» deb nomlangan mashhur asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarni rudalarini kovlab olish va ularga ishlov berish, rangli metallar va qimmatbaho toshlarning xossalarini o’rganish, ayniqsa minerallarning solishtirma massalarini aniqlash yuzasidan olib borgan ishlari kimyo fanini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. «Hindiston» deb nomlangan asarida u «rivojlantirish - bir narsaning ikkinchi boshqa narsaga aylanishidir, butun borliq doimo o’zgarishda va rivojlanishda-tabiatning kuchi aynan shundadir» degan muhim ilmiy xulosaga keladi. Abu Rayhon Beruniy o’zining shu asarida «Har bir narsani o’rganish shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlarni (elementlarni o’rganishdan boshlanadi)» deb yozgan edi.
Xorazmda yashab ijod etgan 2008 yilda 1000 yilligini nishonlagan Mannon akademiyasining rahbari Abu Rayhon Beruniyning “qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma'lumotlar to’plami” degan risolasi o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham ma'danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan.
Aytilganlar shundan dalolat beradiki o’rta asrda sharq mamlakatlarida xususan O’zberiston Respublikasi hududida kimyoviy fikr va ilmiy dunyoqarash yuqori darajada bo’lgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan. Buning isboti sifatida IX-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida mis (Zarafshon, Isfara tog’lari, Soh, Oloy, Navkent, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv atrofida), qo’rg’oshin va kumush (Oltintopgan, qo’rg’oshin koni), simob (Chovoy, Haydarkon, Laylakda), oltin (Oltinqozg’on, Obirahmatda), O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin- ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi.
Samarqand viloyatida oltin ma’danli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilayotgan tenderda dunyoda katta nufuzga ega bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib chiqishdi. Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqa Qizilqumda Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristantov, To’rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va o’rganilmoqda.
Qalay (Turkiston tog’larida), temir (Chirchiq, Sayram, Shahrisabzda) rudalari topilib, ulardan metall olish yo’lga qo’yilganligini eslatib o’tish yetarlidir.
KIMYONING IKKINCHI –ALKIMYO DAVRI
Kimyoning ikkinchi - alkimyo davri VI asrdan XVI asrgacha qadar davom etadi. Bu davrda yashagan kimyogarlar falsafa toshining sehrli kuchlariga ishonib, uni izlaganlar. Yevropada VIII asrda “alkimyo” davri boshlanadi. O’sha zamondagi ishlab chiqarish toqazosiga ko’ra Yevropa uchun kerakli mahsulotlarni Osiyo mamlakatlaridan sotib olish uchun oltin zarur edi. Shu sababli Alkimyogarlar o’z faoliyatlarini “falsafa toshi” yaratishga qaratganlar. Ularning fikricha “Falsafa toshi”ajoyib xossalarga ega - temir kabi noasl metallarga tegsa uni oltinga, hech bo’lmaganda kumushga aylantirishi kerak edi. Biroq ularning hech biri ham “Falsafa toshini” yarata olmadi. Lekin ko’rinishi oltinga o’xshagan qotishmalar olib, odamlarni “oltin” deb ishontirishga urinishlar tarix sahifalarida yozib qoldirilgan. Alkimyo davrining salbiy tomonlari bilan bir qatorda uning ijobiy tomonlari ham bo’ldi. Bu davrda moddani tozalash usullari - filtrlash, bug’latish, cho’ktirish, eritish, bir erituvchidan boshqa erituvchiga o’tkazish kabi amaliy usullar topildi. Shu bilan birga nitrat, xlorid, sulfat, fosfat kislotalar va boshqa moddalar kashf etildi. Alkimyogarlar asosan Arastu tasavvuriga asoslangan edilar. Ular Arastuning 4 elemyenti qatoriga yana uch elementni qo’shdilar, ya'ni 1) havo, 2) olov, 3) suv 4) tuproq, 5) oltingugurt, 6) simob, 7) tuz.
Do'stlaringiz bilan baham: |