Mavzu: Al-Hakim at-Termiziy majmuasi



Download 144 Kb.
bet9/11
Sana12.04.2022
Hajmi144 Kb.
#546169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
24 -chi Al-Hakim at-Termiziy majmuasi

Birinchi majmua:
A - Ma'rifat (bilish) va ilmlarga oid asarlar:
1. Kitob ul-u'lum.
2. Kitob ud-duo'ot va sidqihum va ahvolihum.
3. Kitob ul-akyos val-mug‘tariyn.
4. Kitob ul-furuq va man' at-taroduf.
5. Kitob us-salot va maqosidiho.
6. Kitob tahsiyl nazoir al-Qur'on.
B - Shariy'atga oid asarlar:
1. Ilal ush-shariy'at av al-ubudiyyat.
2. Kitob us-salot va maqosidiho.
3. Kitob ul-hajj va asrorihu.
V - Tasavvuf va odob-axloqqa oid asarlar:
1. Al-Aql val havo.
2. Manozil ul-ibod min al-ibodati.
3. Haqiyqat ul-odamiyyat av ar-riyozat.
4. Adab un-nafs.
G - Inson tabiati yoxud oliy hikmat yoxud botiniy ashyolar haqida:
Uz davrining ulug‘ allomalaridan biri darajasiga yetishgan al-Hakim at-Termiziy, tabiiyki, ba'zi taniqli olim va ulamolarning xato va kamchiliklariga nisbatan tanqidiy fikr-mulohazalarini bildiradi. Jumladan, u Qur'oni karim va hadisi sharifning asl mohiyatidan kelib chiqib chuqur mazmunli yangicha talqinlarni ilgari suradi. Odatda, har qanday yangicha fikr aksar hollarda dastlab tanqidga uchramay qolmagani kabi al-Hakim at-Termiziy ham bundan mustasno bo‘lmaydi. Bu fikrimizga ba'zi misollar keltiraylik. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, al-Hakim at-Termiziy hadislarga tayanib ba'zi asarlar ham yaratgandi. Albatta, o‘sha davrda yashab (ayniqsa IX asrda) faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab buyuk muhaddislar kabi al-Hakim at-Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plab ularni muayyan bir mavzuga solib maxsus asarlar yaratmagan. Lekin muallif o‘zining ba'zi asarlarida mo‘min-musulmonlar uchun g‘oyatda foydali bo‘lgan e'tiqod, ibodat va muomalotga, shuningdek, odob-axloq va zohidlikka oid turkum hadislar keltirganki, bu qimmatli hikmatlar so‘ngra qator muhaddislarning asarlaridan ham o‘rin olgan. Ayni vaqtda al-Hakim at-Termiziy hadis rivoyat qiluvchi roviylarga nisbatan qo‘shimcha talablar ham qo‘yganligini aytish lozim. Agar buyuk muhaddis imom al-Buxoriy hazratlari roviylarga rostgo‘ylik, taqvo va omonat (ishonchlik) kabi shartlarni qo‘ygan bo‘lsa, al-Hakim at-Termiziy roviylar albatta ma'no va ta'vilni ham mukammal bilishlari shart deb hisoblaydi.
Fiqh (islom qonunshunosligi) ilmini biluvchilarni esa al-Hakim at-Termiziy o‘zidan avval o‘tgan allomalardan farqli o‘laroq ikki toifaga bo‘ladi: biri - ahkom masalalarini chuqur egallagan qonunshunos mutaxassis; ikkinchisi esa fiqh ilmini mukammal egallab faqih bo‘lmoq, uning fikricha, qalb bilan tushunib yetuvchi va idrok etishlik darajasiga yetgan kishigina faqih deyiladi. Aksincha, inson haqiqiy faqih darajasiga yetmagan hisoblanadi, deydi.
U namoz va ro‘za ahkomlariga bag‘ishlangan ba'zi e'tiqodiy masalalarning xato tomonlarini ko‘rsatib o‘z tanqidiy mulohazalarini ham bildiradi. Muallifning aynan shu masalalarga bag‘ishlangan «Asror us-solat» («Namoz sirlari»), «Asror us-savm» («Ro‘za sirlari») va «Asror ul-hajj» («Haj sirlari») nomli asarlarida namoz, ro‘za va haj ibodatlarining insonga foydali bo‘lgan ichki, haqiqiy mohiyatlarini ochib beradi[21].
Aqoid va kalom kabi ilmlarga al-Hakim at-Termiziy asarlarida alohida e'tibor berilgan bo‘lsa-da, biz uni yirik mutakallimlar safiga ham qo‘sha olmaymiz. Uning qator asarlarida islom faylasuflari (mutakallimlar) bilan bo‘lib o‘tgan bahsu munozaralar haqida talay ma'lumotlar uchratamiz. Alloma o‘zining o‘tkir ilmiy mulohazalari bilan ba'zi mutakallimlarning xato-kamchiliklarini ochib tashlab, ularga nisbatan asosli, tanqidiy munosabatini bildirgan. O'zidan ilgari o‘tgan tasavvuf olimlarining faoliyati ham al-Hakim at-Termiziyning sergak nazaridan chetda qolmagan, albatta. U ilgari surgan g‘oyalarga ko‘ra, eng yaxshi sifatlar - Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflarni adolat bilan sharhlash; fiqh masalalariga g‘oyatda maqbul, mantiqiy nuqtai nazardan yondoshuvchi kishilar - bular faqat mutasavviflar degan xulosaga keladi. Ayni vaqtda alloma bunday vaziyatlarda ehtiroslarga berilmay, beg‘araz, xolisona yo‘l bilan yondoshish orqali islomga beminnat xizmat qilish mumkin deydi.
Shunday qilib, al-Hakim at-Termiziy o‘zining ham Qur'oni karim ma'nosini talqin qilish, hadislarni sharhlash va fiqhiy masalalarga amal qilishda tasavvuf yo‘lidan borganligini ta'kidlaydi, tasavvuf yo‘li kishi vijdoniga - qalbiga orom beradigan yagona yo‘l deb izohlaydi. Mana shu tarzdagi ta'limotlarni yaratgan al-Hakim at-Termiziy hazratlari IX- X asrning buyuk diniy olimlaridan va islom dini ta'limotlarini ilmiy asosga tayangan holda yanada chuqurroq talqin qiluvchi, shariatning benazir arboblaridan biri sifatida butun musulmon olamida shuhrat qozondi. Mavridi kelganda shuni ham aytish kerakki, o‘zining asosli, murosasizlik bilan dadil fikrlarini aytgani sababli buyuk alloma tazyiq va azoblarga ham duchor bo‘ldi. Yuqorida qayd etilganidek, bir qancha yillar o‘z ona yurtidan badarg‘a ham qilingan. Al-Hakim at-Termiziyning tasavvuf ilmining allomasi bo‘lib yetishishida uning ustozlari Abu Turob an-Naxshabiy, Ahmad ibn Hizravayh, Yahya al-Jalla kabi buyuk shayxlar bilan qilgan ilmiy-ma'rifiy suhbatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning Shom, Bag‘dod va Misrning mutasavvuf olimlari bilan muloqotlari ham g‘oyatda foydali bo‘lib, bular tufayli u O'rta Osiyo tasavvuf ilmini har tomonlama boyitib, uni yanada yuksak pog‘onalarga ko‘tardi. Al-Hakim at-Termiziy o‘sha paytda Sharq mamlakatlarida mavjud bo‘lgan turli tariqatlarning faoliyatidan voqif bo‘lgan, albatta. U ayniqsa Nishopurdagi malomatiyya tariqatidan kuchli ta'sirlandi. Shu bois ushbu tariqat yo‘li keyingi asrlarda Movarounnahrdan yetishib chiqqan Abduxoliq al-G'ijduvoniy va Bahouddin an-Naqshbandiy kabi mashhur mutasavvuflar faoliyatiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Al-Hakim at-Termiziyning al-Hakim laqabi bilan atalishi masalasi olimu-ulamolarni azaldan qiziqtirib kelgan va bu masalada turli fikrlar ham bildirilgan. «Hakim» so‘zining tarixiga nazar solsak, bu ibora Qur'onda ham, Tavrotda (Xoxom shaklida) ham uchraydi. Hakimning lug‘aviy ma'nosi dono, donishmand, aql-idrokli, faylasuf, shuningdek, tabib, doktor tushunchalarini anglatadi. Shu sababli ba'zi olimlar uni hatto mohir tabib deb ham ataganlar. At-Termiziy yashagan davr istilohlariga tayanib bayon qilsak, hikmat (hakimdan olingan) iborasi haqiqatga yetishish (arabcha isobat al-haqq)ni anglatib, bunga ilm va aql bilan erishish mumkin deb izohlangan. Hakim kishi shunday shaxski, u mukammal aql-idrok va chuqur bilim bilan har doim haqiqatga erishadi. Al-Hakim at-Termiziy o‘zining «Tahsiyl nazoir al-Qur'on» nomli asarida: «Hakim ilmning ichki, botiniy ma'nolarini tushunuvchi kishi» degan fikrni ham keltirgan. Qur'oni karimga «Mafotih al-g‘ayb» nomli o‘n besh jilddan iborat ulkan tafsir yozgan buyuk vatandoshimiz Faxriddin ar-Roziy (u 1209 yilda vafot etgan) hikmatdan murod yoki ilm, yoki savob, ya'ni to‘g‘ri ishni qilishdir, deb talqin qilgan.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, hadis ilmini o’rganish nafaqat yoshlar uchun balki butun musulnom xalqlari uchun “Qur’oni Karim” dan keyingi ikkinchi o’rinda turadi va muqaddas hisoblanadi.
Hadislarda musulmonlarga xos udumlar, urf-odatlarga oid xulk- odob koidalari xam bayon etiladi. Turli marosimlarni utkazish tartibi, safar koidalari xam bayon etiladi. Turli marosimlarni utkazish tartibi, safar koidalari, salomatlikni saklash, salomlashish, muomala madaniyati, bеmor kishi xolini surash odobi, kiyinish koidalari, еmok-ichmok, suzlashish odobi va xokazolar xakida turli tavsiflar bеriladiki, bular bеvosita kеyingi oddob-axlok xakidagi risolalarga xam asos bula oladi.
Xadislarda yomon ishlar, ilatlar, yomon-xatti-xarakatlar, «gunox» sifatida koralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaki uchun kilinadigan yaxshi, ezgu xatti-xarakatlar, faoliyati «savob» tarzida olkishlanadi.
Yosh- avlodni tarbiyalashda hadislardan foydalanish ijobiy natajalarni beradi.




Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish