Mavzu; Aksiz va qqs soligʻi va uni undirish tartibi


Aksiz soligʻi va QQS soligʻi mazmun mohiyati va undirish tartibi



Download 167 Kb.
bet3/6
Sana21.11.2022
Hajmi167 Kb.
#869573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu; Aksiz va-WPS Office1995

3. Aksiz soligʻi va QQS soligʻi mazmun mohiyati va undirish tartibi.
Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir. O'zbekiston Respublikasi xududiga import qilinadigan tovarlarga ishlarga, xizmatlarga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab chiqarish va to'lash tartibi aloxida yo'riqnomalar bilan belgilanadi. Soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi xududida tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxslar soliq to'lovchilar bo'lib xisoblanadilar, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar (yagona soliqni to'lashga o'tgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va yagona yer solig'ini to'lashga o'tgan qishloq xo'jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari - yagona yer solig'i to'lovchilar, belgilangan tartibda shu faoliyatdan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari xisoblanadilar. Soliq solish obyektiQo'shilgan qiymat solig'i solish obyekti bo'lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo'yicha aylanmalar xisoblanadi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, o'z ishlab chiqarish extiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo'natilgan maxsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar (keyingi o'rinlarda "tovarlar (ishlar, xizmatlar)" deyiladi) tushuniladi. Tovarlarning sotilishida o'zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti xisoblanadi.Soliq solish maqsadida iste’mol chilik maqsadi va qiymatiga ega bo'lgan xamma narsa (tovar, maxsulot, ko'chmas mulk, shu jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar xisoblanadi. Ishlarning sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, taxmirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyixa-qidiruv, restavratsiya qilish va boshqa ishlar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi.
Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi: yo'lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft maxsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (uzatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo'natish, yukdan tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;
mol-mulk va ko'chmas mulk obyektlarini ijaraga berish xizmatlari;
vositachilik xizmatlari;
aloqa, maishiy, uy-joy-kommunal xizmatlar;
reklama xizmatlari;
ma’lumotlarni ishlash va axborot ta’minotiga doir xizmatlar;
boshqa xizmatlar.
Shuningdek, quyidagilar xam soliq solinadigan aylanmalarga kiradi:
a) tovarlar, ishlar va xizmatlarning, shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan tovarlarning sotilishi bo'yicha, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan, shu jumladan, o'z xodimlariga o'z iste’mol i uchun korxona ichidagi aylanmalar.
b) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslarga, shu jumladan, korxona xodimlariga bepul berilishi yoki xaqini qisman to'lab berilishiga doir aylanmalar;
v) garovdagi buyumlarning sotilishi, shu jumladan, ularning garovni tutib turuvchiga u garov majburiyatlarini ta’minlamaganidagi berilishiga doir aylanmalar.
Lotereya biletlarini sotish lotereya tashkilotchisi uchun soliq solish obyekti bo'lib xisoblanmaydi.
Bunda korxonalar (qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilar) tomonidan lotereyalar tashkilotchisiga ko'rsatiladigan lotereya biletlarining sotilishi (tarqatilishi)ga oid xizmatlar qo'shilgan qiymat solig'iga umumiy belgilangan tartibda tortiladi. Soliq solinadigan aylanmani aniqlash Sotish bo'yicha soliq solinadigan aylanma miqdori sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida qo'llaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shmasdan aniqlanadi. Aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan aylanmani aniqlashda aksizlar summasi xam unga kiritiladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tekinga berilishida, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) bundan mustasno, soliq solinadigan aylanma miqdori korxonada berish paytida vujudga kelgan narx (tarif) darajasidan kelib chiqib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (xarid qilinishi) bo'yicha amalda vujudga kelgan xarajatlardan kamaytirmasdan aniqlanadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va qoldiq qiymat o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi. Tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va tugallanmagan qurilishning xaqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq ko'rinishida aniqlanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul berilishida ularni beruvchi korxona soliq to'lovchi xisoblanadi. Maxsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi tannarxidan (yoki olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog'liq xarajatlardan) past narxlarda sotilishini amalga oshiradigan korxonalar uchun soliq solish maqsadida korxonada sotish paytida qaror topgan, biroq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda - tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi ishlab chiqarish tannarxidan;
savdo, ta’minot-tayyorlash faoliyatini amalga oshirganda - olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog'liq xarajatlardan past bo'lmagan narx qabul qilinadi.

Ish xaqini qonunlarda belgilangan tartibda tovarlar (shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan) bilan natura shaklida to'laydigan yoki ularni o'z xodimlariga kassa orqali tannarxidan past narxlar bo'yicha sotadigan korxonalar uchun soliq solinadigan aylanma belgilangan tartibda belgilanadi. Korxona ichida o'zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi tannarxi soliq solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi. Berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda), aksiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha esa - aksizlar xisobga olingan xoldagi ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma xisoblanadi. Qaytariladigan idishlar, shu jumladan, garov qiymatiga ega shisha idishlar qiymati soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi, bunday idishlarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotilishi bundan mustasno. Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish tsikliga ega korxonalar (qurilish, qurilish-montaj va taxmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyixa-qidiruv va ilmiy tashkilotlar) uchun bajarilgan va buyurtmachilar tasdiqlagan, shartnomaviy narxlardan kelib chiqib, xaq to'lash uchun xisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar (xizmatlar) qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi. Qurilish ishlarini pudratchi yoki yordamchi pudratchi tashkilotlar bajarganida unga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab yozish bilan sotilgan pudratchi (yordamchi pudratchi) materiallarining va buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilgan xolda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi. Bunda moddiy resurslar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining summasi belgilangan tartibda xisobga olinadi. Pudratchi tashkilotlar yordamchi pudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruktsiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir obyekt qurilishi doirasida sotganida, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini kiritmasdan, qo'llanadigan narx va tariflardan kelib chiqqan xolda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma xisoblanadi. Quyidagilar soliq solinadigan aylanma miqdoriga kiritilmaydi:


a) korxonaning bir tarkibiy birliklari tomonidan ushbu korxona boshqa tarkibiy birliklarining sanoat-ishlab chiqarish extiyojlari uchun sotilgan maxsulotlar, yarim tayyor maxsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlarga doir aylanmalar (ichki ishlab chiqarish aylanmasi). Ushbu bandda korxonaning tarkibiy birliklari deganda bank muassasasida xisob-kitob varag'iga ega bo'lmagan, shuningdek asosiy korxona balansida turadigan tarkibiy birliklar tushuniladi.
b) xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari, boshqa turdagi korxonalar tugatilganida ular mol-mulkining a’zolari, muassislari o'rtasida taqsimlanishi bo'yicha aylanmalar. Mabodo tugatilgan korxona mol-mulki boshqa shaxslarga sotiladigan bo'lsa, bu qoida unga tegishli bo'lmaydi;
Ushbu me’yor moliya organlari tomonidan moliyalashtirish manbai tasdiqlangan taqdirda qo'llaniladi. Agar yuqorida aytib o'tilgan tovarlar byudjet tashkilotlari buyurtmalari asosida, biroq byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirilmagan xolatda keltiriladigan bo'lsa, shuningdek yuqorida ko'rsatib o'tilgan tovarlar buyurtmachi xisoblanmagan shaxslarga sotilsa, qo'shilgan qiymat solig'i umumiy tartibda xisoblanadi, Ya’ni soliq solish obyekti jami aylanmadan kelib chiqib xisoblanadi;
g) korxonalar o'rtasida bo'lish balansi bo'yicha va (yoki) ushbu korxonalarning mulkdori bo'lgan yuqori tashkilotning buyrug'iga ko'ra bir tizimning ichida bepul berilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlarining (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) qiymati;
d) asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish obyektlari (tugallanmagan qurilishni xisobga oluvchi xisobvaraqlarda xisobga olinadigan) va nomoddiy aktivlarni korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida berish bo'yicha aylanmalar. Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ushbu muddat doirasida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining xisobga olinishi yoki qaytarilishi xaridorlarning xisob-kitob hujjatlariga dastlabki xaq to'lashi va soliqning byudjetga tushish muddatidan qatxi nazar amalga oshiriladi.
Soliq imtiyozlari
Qo'shilgan qiymat solig'idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sug'urta qilish va qayta sug'urta qilishga doir operasiyalar, shu jumladan sug'urta bo'yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan bunday operasiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
2) ssudalar berish va o'tkazish bo'yicha operasiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
3) pul omonatlari, joriy xisobvaraqlar, to'lovlar, o'tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog'ozlarga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar;
4) qonuniy to'lov vositalari bo'lgan pullar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar, numizmatik maqsadlarda foydalaniladiganlaridan tashqari;
5) qimmatli qog'ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog'liq xizmatlar, ularning tayyorlanishi va saqlanishiga doir operatsiyalardan tashqari;
6) maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig'imlar undiriladigan xatti-xarakatlar;
7) bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlanishi, kasallar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn qilish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk obyektlarini xarid qilish huquqi uchun patent bojlari, ro'yxat yig'imlari va ruxsatnoma to'lovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protez qo'yish xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning maxsulotlari, davolash muassasalari xuzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari maxsulotlari;
12) pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markalangan otkritkalar va konvertlarning sotilishi;
13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalarni to'lash bo'yicha xizmatlari;
14) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ilmiy-texnika taraqo'iyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari bo'yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
15) shaxar yo'lovchi transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yo'nalishlar oralig'ida qatnaydigan taksidan tashqari), shuningdek umumiy yo'nalishdagi temir yo'l va avtomobilg' transportida (taksi, shu jumladan yo'nalishlar oralig'ida qatnaydigan taksidan tashqari) shaxar atrofiga yo'lovchilarni tashishga doir xizmatlar;
16) axoliga ko'rsatiladigan uy-joy-kommunal va foydalanishga doir xizmatlari (bundan suv, issiqlik va gaz ta’minoti bo'yicha xizmatlar mustasno);
17) xalq taxlimi soxasidagi o'quv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq xizmatlar, shuningdek oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlaridagi taxlim uchun xaq;
Taxlim muassasalari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganida, shu jumladan, mol-mulkni ijaraga berganda qo'shilgan qiymat solig'i umumiy belgilangan tartibda to'lanadi;
18) saqlash uchun vakolatli davlat organiga qimmatbaxo metallarni sotishdan olingan aylanmalari;
19) diniy tashkilotlar va birlashmalarning udum va marosimlarni o'tkazishga doir tadbirlari.
Ko'rsatilgan birlashmalarning marosimlar uchun va diniy maqsaddagi buyumlarni tayyorlashi va sotishi xam qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadi;
20) tibbiy, sanatoriy-kurort va sog'lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalari, bolalar dam olish lagerlarining asosiy faoliyatiga doir xizmatlari;
21) xususiylashtiriladigan davlat mol-mulki qiymati;
22) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
23) geologiya va topografiya ishlari;
24) nashriyotlar, gazeta va jurnallar taxririyatlari, matbaa va kitob savdosi korxonalari, teleradiokompaniya, O'zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatga doir maxsulotlari va xizmatlari;
25) vakolatli davlat tashkilotlari o'tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
26) davlat tilini o'qitishga va davlat tilida ish yuritishni qaratishga oid xizmatlar;
29) eksport qilinadigan tovarlarni tashish, ortish, tushirish, qayta ortish bo'yicha xizmatlar.
O'zbekiston Respublikasidan tashqariga eksport qilinadigan yuklarni tashish va xizmat ko'rsatishga doir xizmatlarga ularni xalqaro tashish hujjatlarida rasmiylashtirishda tashish, ekspeditsiya qilish, ortish, tushirish va qayta yuklash bo'yicha xizmatlar kiradi;
30) ishlovchilar umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va "O'zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulkida bo'lgan, tovarlarni (chetdan keltiriladigan va aksizlanadiganlari bundan mustasno) ishlarni va xizmatlarni (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov bundan mustasno) ishlab chiqadigan va sotadigan yuridik shaxslar;
31) ichki ishlar organlari xuzuridagi qo'riqlash bo'linmalari xizmatlari;
32) faoliyatning ushbu turi bilan shug'ullanish huquqiga litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan gastrolg'-kontsert faoliyati;
33) kitob maxsulotlarini, o'quvchilar o'quv qurollari va ko'rgazmali o'quv qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji sotuvchilar;
34) mol-mulkni lizingga berishdan lizing to'lovlari;
SQQS = Say x S / 100; (1),
bunda: SQQS - iste’mol chilardan undiriladigan soliq summasi;
Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo'shilgan qiymat solig'ini o'z ichiga olgan narxlar va tariflar bo'yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
SQQS = Tq x S / (S + 100); (2),
bunda: Tq - qo'shilgan qiymat solig'i xam xisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.
Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan yoki qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotadigan korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo'shilgan qiymat solig'i summasini qo'shmaydilar. Shunga o'xshash tartib amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan xam qo'llaniladi. Nol darajali stavka bo'yicha soliq solish, quyidagilar nol darajali stavka bo'yicha soliqqa tortiladi:
1) erkin almashtiriladigan valyutaga tovarlar hamda O'zbekiston Respublikasi xududidan tashqarida bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) eksporti, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi mamlakatlariga etkazib berishlar, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo'lsa. Bevosita O'zbekiston Respublikasi aeroportlari va xavo makonida xorijiy xavo kemalariga xizmat ko'rsatish, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar, agar ularga erkin almashtiriladigan valyutada xaq to'lansa, eksport xizmatlariga tenglashtiriladi va ularga nol stavkasi bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi;
3) Chet el diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek, mazkur vakolatxonalarning diplomatiya va ma’muriy-texnik xodimlarining, ular bilan birga yashovchi oila a’zolarining, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lib xisoblanmasalar va respublikada doimiy yashamasalar, chet el tarafi tomonidan o'zaro muvofiqlik tamoyilining qo'llanilishi sharti bilan shaxsiy foydalanish uchun sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
4) bojxona xududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo'yicha erkin almashtiriladigan valyutaga bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar).
5) O'zbekiston Respublikasi xududi orqali chet mamlakatlarning yuklarini tashish (tranzit tashishlar) bo'yicha xizmatlar.Chet mamlakatlar yuklarini tranzit tashishlarga yuklarning tranzitini amalga oshirish uchun xorijiy shaxslar bilan bevosita shartnomalar yoki xalqaro transport bitimlari va bojxona organlarining ko'rsatilgan tranzit yuklarning amalda olib kelingani va olib chiqib ketilishi haqidagi belgilari mavjud bo'lganida O'zbekiston Respublikasi xududi orqali chet mamlakatlar tranzit yuklarining tashilishi va xizmat ko'rsatishga doir xizmatlar kiradi.
6) suv, issiqlik, gaz ta’minoti bo'yicha axoliga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar. Korxonalar nol darajali stavka bo'yicha soliqqa tortiladigan maxsulotlarga qo'shilgan qiymat solig'ini "0" stavkasi bo'yicha xisoblaydilar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy resurslar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasini xisobga olish uchun qabul qiladilar.Byudjetga to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i summasini belgilash tartibi Ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan, sotib olinadigan moddiy resurslarga, shuningdek, chetdagi tashkilotlar bajaradigan ishlar (xizmatlar)ga qo'shilgan qiymat solig'i ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga kiritilmaydi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bundan mustasnodir.
Byudjetga to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i soliq solinadigan aylanmalar bo'yicha xisoblangan soliq summasi bilan xisobga kiritiladigan soliq summalari o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mazkur tartib qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi xisoblanadigan xamma korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.O'z extiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xisobda sotib olish qiymati bo'yicha, to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasi xam qo'shilgan xolda aks ettiriladi. Xisobga kiritiladigan qo'shilgan qiymat solig'i summasi va xisobga olish tartibi xisobga kiritiladigan qo'shilgan qiymat solig'i summasi bo'lib, xisobot davri mobaynida xaqiqatda kelib tushgan, shu jumladan, import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun nol stavkasi bo'yicha aylanma bilan birgalikdagi soliq solinadigan aylanma uchun foydalaniladigan olingan xisobvaraq-fakturalar bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi xisoblanadi. Quyidagilar bo'yicha soliq summasi xisobga olinmaydi:
a) qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, shuningdek, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha;
b) soliq to'lovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha;
v) xarid qilingan, xisobda dastlabki qiymati bo'yicha aks ettiriladigan asosiy vositalar (shu jumladan etkazib berish va montaj qilish, o'rnatish, foydalanishga topshirish hamda undan vazifasiga ko'ra foydalanish uchun aktivni ishlash xolatiga keltirish bilan bevosita bog'langan xar qanday boshqa xizmatlar) va o'z extiyojlari uchun foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo'yicha;
g) korxonaning ustav jamg'armasiga ulush sifatida kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va moddiy resurslar bo'yicha, ular keyinchalik sotilganida, soliqqa tortiladigan va tortilmaydigan aylanmalar bo'yicha va tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan faoliyatda ishlatilishida.Bunda korxonaning ustav jamg'armasiga ulush sifatida kiritilgan import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasi ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) keyinchalik sotilganda yoki soliqqa tortiladigan aylanmalar bo'yicha ishlatilganda umumiy belgilangan tartibda xisobga olinadi. Agar xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasi xisobot oyida xisobga kiritilgan bo'lsa, keyingi davrlarda esa ushbu moddiy resurslar tadbirkorlik faoliyatida va soliq to'lovchining soliq solinadigan etkazib berishlari uchun xam foydalanilmagan bo'lsa, u xolda ushbu (keyingi) davrlarda soliq solinadigan aylanma ko'rsatilgan xisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari tuzatilishi amalga oshiriladi. Ushbu qoida yagona soliq (kichik korxonalar), yagona yer solig'i, yalpi tushumdan yagona soliq to'lovchi yuridik shaxslarga xam tatbiq etiladi.
Bunda aytilgan soliqlarni to'lashga o'tgunga qadar qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha manfiy salg'dosi bor, yuqorida aytilgan yuridik shaxslar, qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha oxirgi xisob-kitob 1-bandida bu summaga tuzatish qiladilar va uni ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga, savdo, ta’minot-sotish va taerlash korxonalari bo'yicha - xarid qilingan qiymatga xisobdan chiqaradilar. Korxona qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan va bunday soliqdan ozod qilingan aylanmalarga ega bo'lganida, qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan etkazib berishlarga (nol darajali stavka bo'yicha soliq solish kirgan xolda) to'g'ri keladigan bunday soliq summasi qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha xisobga olish uchun qabul qilinadi.
Bunday tartibdan istisno tariqasida, kommunal xo'jalik korxonalari axoliga ko'rsatilgan kommunal xizmatlarni ko'rsatishda foydalanilgan moddiy resurslar uchun etkazib beruvchilarga to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasini ishlab chiqarish xarajatlariga kiritmaydi, balki xisobga olish uchun qabul qiladi. Bunda kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari qo'shilgan qiymat solig'ini faqat musbat salg'do mavjud bo'lganida, Ya’ni ko'rsatilgan xizmatlar uchun olingan qo'shilgan qiymat solig'i tushumlari umuman barcha faoliyatlar bo'yicha foydalanilgan moddiy resurslar uchun etkazib beruvchilarga to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasidan ortiq bo'lganida to'laydilar. Qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan va tortilmaydigan tovarlarni sotuvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalar, shuningdek, qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega korxonalar ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni oladigan shaxsga ko'rsatilgan shaklga ko'ra bajarilgan xisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Xisobvaraq-fakturalarni, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar xam yozadilar. Bunda mazkur korxonalar xisobvaraq-fakturada qo'shilgan qiymat solig'i summasini ko'rsatishmaydi va "qo'shilgan qiymat solig'isiz" degan belgili muxr qo'yadi (yoki yozuvni yozib qo'yadi). Xisobvaraq-faktura O'zbekiston Respublikasi pul birligi - so'mda yoziladi. Tuzilgan shartnomalar shartlariga ko'ra tovarlari, xizmatlari narxi (tariflar) xorijiy valyutaga ekvivalentlikda belgilanadigan xo'jalik yurituvchi subyektlar xisobvaraq-fakturalarni xorijiy valyutaga ekvivalentlikda yozib, O'zbekiston Respublikasi pul birligi - xisobvaraq-faktura yozilgan sanada O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha qayta xisoblangan so'mlarda aks ettiradilar. Xisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo'natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko'rsatilishi sanasidan kechiktirilmasdan yoziladi. Bunda xisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo'natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko'rsatilishi uchun oldindan xaq to'lanishiga yozilmaydi. Xisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona (pudratchi, ijrochi) tomonidan xaridor korxona (buyurtmachi) nomiga kamida ikki nusxada yoziladi, ularning bir nusxasi tovarlarning yuklab jo'natilishi (ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko'rsatilishi) sanasidan kechiktirmasdan etkazib beruvchi tomonidan xaridorga taqdim qilinadi va xaridorga qo'shilgan qiymat solig'i summasini ushbu tartibda xisobga olish (qoplash) uchun huquq beradi. Xisob varaq-fakturaning ikkinchi nusxasi yetkazib beruvchida qoladi. Xisobvaraq-fakturalar xisobvaraqlarning kelib tushishi va taqdim etilishi ro'yxatdan o'tkaziladigan daftarda majburiy tartibda xisobga olinishi lozim.Banklar uchun, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda, xisobvaraq-faktura bo'lib mijoz shaxsiy xisobvarag'idan ko'chirma xisoblanadi. Lizing operatsiyalari bo'yicha lizing beruvchilar uchun xisobvaraq-faktura bo'lib lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi xisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi xisoblanadigan lizing to'lovlari jadvali; xisobvaraq; lizing to'lovlarini to'lash bo'yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va xokazo) bilan rasmiylashtiriladigan xar bir lizing to'loviga qo'shimcha xisobvaraq-faktura yozilmaydi. Agar lizing shartnomasi lizing beruvchi tomonidan qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda xisobvaraq-faktura yoziladi. qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan sug'urta xizmatlarini ko'rsatishda, xisobvaraq-faktura qrniga birlamchi hujjat bo'lib quyidagi hujjatlar:
sug'urta korxonalari uchun - sug'urta polisi;
sug'urta agentlari uchun - sug'urta polisi va shartnoma topshirig'i (agentlik bitimi);
sug'urta brokerlari uchun - sug'urta polisi va shartnoma topshirig'i xisoblanadi. Ishlar (qurilish, taxmirlash-qurilish, loyixa-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko'rsatish bilan shug'ullanadigan korxonalar xam xisobvaraq-faktura yozishi kerak.
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to'g'risidagi ma’lumotnoma - xisobvaraq-fakturada yoki hujjatda xisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qqs to'lovchilari uchun QQS summasi ko'rsatilgan yoki qqs to'lovchisi bo'lmaganlar uchun "QQSsiz" yozuvi (shtampi) qo'yilgan xolda mavjud bo'lsa, bunda mazkur hujjatlar xisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo'shimcha ravishda xisobvaraq-faktura yozmasligi kerak. Soliqni to'lash va xisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari Korxonalar qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha xisob-kitoblarni tasdiqlangan shakl bo'yicha o'sib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan ro'yxatdan o'tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga xisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga, (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar uchun chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo'yicha yillik moliyaviy xisobotni topshirish muddatida) taqdim etadi. Korxonalar soliqni qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha xisob-kitoblarni taqdim etish uchun belgilangan kungacha, tegishli davr (oy) uchun sotishga doir amaldagi aylanma asosida to'laydi. Soliq to'lovchilarning javobgarligi va soliq organlarining nazoratiKorxonalar qo'shilgan qiymat solig'ining to'g'ri xisoblanishi va o'z vaqtida to'lanishi uchun O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Soliqlar to'g'risidagi qonunlarning to'g'ri qo'llanilishi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Aksiz solig'i bilvosita soliq ko'rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo'shilgan qiymat solig'i solish bazasida xisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir. Aksiz solig'i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qo'mitasi tomonidan etkaziladi.Aksiz solig'i to'lovchilari Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qatxi nazar, yuridik shaxslar aksiz solig'i to'lovchilari xisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor bosh-qaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida korxonalar xam tushuniladi.
Soliq solish obyekti
Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish obyekti bo'lib quyidagilar xisoblanadi:
aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan alkogolli maxsulot, tamaki maxsulotlari, qsimlik (paxta) yog'i, etil spirti, pivo, vino materiallari bo'yicha - sotilgan maxsulot xajmi natura ifodasida; boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini xisobga olmasdan, yuklab jo'natilgan tovarning shartnomaviy narxlar bo'yicha qiymati (o'z ichiga aksiz solig'i summasini oladi). Tekinga beriladigan aksizlanadigan maxsulot bo'yicha quyidagilar soliq solish obyekti bo'lib xisoblanadi:
aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan alkogolli maxsulot, tamaki maxsulotlari, qsimlik (paxta) yog'i, etil spirti, pivo, vino materiallari bo'yicha - sotilgan maxsulot xajmi natura ifodasida;
boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha soliq to'lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib xisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo'yicha xaqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo'lmagan qiymat.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan maxsulotga aksiz solig'ini xisoblash chog'ida aksiz solig'i solinadigan maxsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha tayyor maxsulotning fizik xajmidan kelib chiqib;
boshqa maxsulotlar bo'yicha tayyor maxsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib.
Aksiz solig'i summasi quyidagi formulalar bo'yicha aniqlanadi:
Suvsiz etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha maxsulot birligiga alkogolli maxsulot (kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari)
(F x A) / 100, bunda:
F - tayyor maxsulot tarkibidagi spirt (o'tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qatxi nazar);
A - aksiz solig'ining Qat’iy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda.
Tayyor maxsulot birligiga aksiz solig'ining Qat’iy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, vino materiallari, etil spirti, pivo, qsimlik (paxta) yog'i va tamaki maxsulotlari)
S x A, bunda:
S - tegishli qlchov birliklarida sotilgan maxsulotning fizik xajmi;
A - aksiz solig'ining Qat’iy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda.
Boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha
(O x A) / 100, bunda:
O - o'z ichiga aksiz solig'ini oladigan narx, QQSsiz;
A - aksiz solig'i stavkasi, foizlarda.
Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo'yicha aksiz solig'i belgilangan tartibda xisoblab chiqiladi.
Bunda aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig'ini to'lash xisobiga kiritilmaydi. Aksiz solig'ini xisoblab chiqishning xususiyatlari Alkogolli maxsulot bo'yichaAlkogolli maxsulot bo'yicha belgilangan tartibga muvofiq byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasi belgilangan stavkalar bo'yicha xisoblab yozilgan soliq summasi bilan "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus xisobvarag'iga o'tkaziladigan soliq summasi o'rtasidagi ayirma sifatida belgilanadi.
"O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori, shuningdek mazkur tartib tatbiq etiladigan alkogolli maxsulotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Alkogolli maxsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan, belgilangan stavka bo'yicha xisoblab chiqilgan aksiz solig'ini to'lashga doir maxsus xisobvaraq ochadilar, bu soliq korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.

"O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga tegishli bo'lgan aksiz solig'i summasi, basharti korxona alkogolli maxsulotga doir aksiz solig'i bo'yicha to'lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko'rsatilgan soliq turi bo'yicha boqimandalar mavjud bo'lmasa, kompaniyaning maxsus xisobvarag'iga yo'naltiriladi. Maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.Tozalangan qsimlik (paxta) yog'i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ini to'lash bo'yicha aloxida xisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.Davlat soliq xizmati tuman organlarining raxbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan xamkorlikda, ular bo'lmagan taqdirda esa tuman (shaxar) xokimiyatlarining moliya bo'limlari raxbarlari bilan xamkorlikda xisobot oyining yakunlari bo'yicha, xisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig'i bo'yicha boqimanda yoki ortiqcha to'lov summasini aniq ko'rsatgan xolda prognoz ko'rsatkichlarining bajarilganligi to'g'risida dalolatnoma tuzadilar. Aksiz solig'i bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo'lmagan taqdirda korxonaning maxsus xisobvarag'ida to'plangan summa dalolatnoma asosida xisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi. Belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz solig'i bo'yicha boqimanda bo'lmagan taqdirda etishmayotgan summa dalolatnoma asosida korxona xisobvarag'ida to'plangan summa xisobiga byudjetga undiriladi, to'plangan summaning qolgan qismi esa maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi. O'simlik (paxta) yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus xisobvaraqlarida to'plangan pul mablag'lari Qat’iyan maqsadga ko'ra ishlatiladi, Ya’ni maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi. Soliq solishdan bo'shatib olingan mablag'lardan maqsadga ko'ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Xar oyda, xisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, maxsus xisobvaraqda to'plangan mablag'lar konvertatsiyaga yo'naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag'lar ikki bank kuni mobaynida xukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni so'ndirishga yo'naltirilishi kerak. Soliq solishdan bo'shatib olingan mablag'lardan maqsadga ko'ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi. Xar chorakda, xisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ining kelib tushishi va ko'rsatilgan mablag'larni kreditlarni so'ndirishga yo'naltirish to'g'risida xisobot taqdim etiladi. Aksiz solig'ini o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shaxar moliya boshqarmalarining boshliqlari, Davlat soliq xizmati xududiy organlarining raxbarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qsimlik yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari zimmasiga yuklanadi. Aksiz solig'ini xisobga olish unga doir aksiz solig'i O'zbekiston Respublikasi xududida to'langan xom ashyodan (maxsulotdan) aksizlanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, xom ashyo (maxsulot) bo'yicha to'langan aksiz solig'i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi, balki tayyor maxsulotning sotilgan xajmi bo'yicha byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasini aniqlash chog'ida xisobga olinishi kerak. Xisobga olinadigan aksiz solig'i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) yetkazib beruvchilar xisobvaraq-fakturalarda yuklab jo'natilgan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasini ajratib ko'rsatishlari kerak. Agar xarid qilinayotgan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasi xisobvaraq-fakturada ajratib ko'rsatilmagan bo'lsa, u xisob-kitob yo'li bilan xisoblab chiqarilmaydi va tayyor maxsulot bo'yicha xisobga olinmaydi. Keyinchalik xisobga olinadigan, xarid qilinadigan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasi aloxida ochiladigan "Xarid qilinadigan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i" xisobvarag'ida xisobga olinadi va byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni xisobga olish xisobvarag'ining debetiga sotilgan maxsulot (soliq solinadigan aylanma) xajmiga to'g'ri keladigan xissada xisobdan chiqariladi. Tayyor maxsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, xisobot davri mobaynida xaqiqatda kelib tushgan vino materiallari uchun olingan xisobvaraq-fakturalarda ko'rsatilgan aksiz solig'i summasi xarid qilinadigan vino materiali bo'yicha mazkur tartibdan istisno tarzida xisobga kiritiladigan soliq summasi bo'lib xisoblanadi.
Keyslar.

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish