Mavzu: Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish ko’rsatkichi


Aholining turmush darajasi statistikasi



Download 28,67 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi28,67 Kb.
#911480
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish ko’rsatkichi

Aholining turmush darajasi statistikasi.

Dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tajribasidan ma'lumki, mamlakatning iqtisodiyoti uni rivojlantirishning ob'ektiv qonuniyatlari, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar, ushbu davlatda yashayotgan xalqning ơziga xos turmush tarzi, taffakkuri, milliy qadriyat va an'analari, iqtisodiy extiyojlaridan kelib chiqgan xolda puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan mamlakatimizning ijtiomiy-iqtisodiy tarraqiyotini belgilab olishda xar tomonlama tơg‟ri yo‟l tutilgani, xalqimizning xayotiy manfaatlarini chuqur va xaqqoniy aks ettirgani bajarilayotgan ishlarining natijasidir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi bơlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog‟liq. Yoshlarimizga munosib ta'lim berish, ularning ilm-fanga bơlgan intilishlarini rơyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishimiz, ơrta va oliy ơquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va ơquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.
Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, soğlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Nogironligi bơlgan shaxslar, boquvchisini yơqotganlar, yolg’iz keksalar, umuman, kơmakka muhtoj qatlamlarni qơllab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz bơlib qoladi. Ushbu kơzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun aholining ish xaqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish xamda iste'mol bozorida narxlar indeksining nomutanosib ơsishini oldini olishga doir chora-tadbirlarni qơllashimiz zarur.
Aholining daromadlari aholi uchun shaxsiy ehtiyojlarini qondirishda, muhim manba bơlib xizmat qiladi. Shu sababli statistikaning turmush tarzini tavsiflovchi kơrsatkichlar kompleksida aholi daromadlari kơrsatkichlari aloxida ơringa ga. Aholi daromadlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- mexnati uchun olgan ish xaqi va boshka tơlovlar;
- individual mexnat xamda tadbirkorlik faoli tidan daromad;
- nafaqa, stipendiya va boshqa sotsial transfertlar, mulk daromadlari, renta, divident, ijara daromadlari;
- tuqlar, vorislik,suğurta,qishloq xơjalik maxsulotlari sotishdan tushumlar va boshqalar.
Aholi turmush darajasi sifatiga ta'sir kơrsatuvchi eng asosiy omillardan biri aholining umumiy va jon boshiga tơğri keladigan daromadlari hisoblanadi.
Aholining umumiy daromadlariga pul daromadlari va natura kơrinishidagi daromadlar kiradi. Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq, umumiy daromad “birlamchi daromad” va “transfertlardan olingan daromadlardan” tashkil topadi.
Birlamchi daromad, ishlab chiqarishdan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlarga bơlinadi. Transfertlardan olingan daromadlar ơz ichiga ijtimoiy transfertlar (pensiya , stipendiya va x.k.) va boshqa joriy transfertlarni qamrab oladi.
Aholining pul daromadi uning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Daromadlar iste‟mol tovarlari va xizmatlarni xarid etish, turli to`lovlarni to`lash, jamg`arma hosil etish uchun sarflanadi. Aholi xarajatlarining obyektiv chegarasi daromad bo`lsa, uning subyektiv chegarasi daromad egasining ehtiyojlaridan tarkib topadi. Shu tufayli daromad bir xil bo`lsada, xarajatlar tarkibi turlicha bo`ladi. Daromad qanchalik ko`p bo`lsa, oziq-ovqat uchun sarflar qisqarib, sanoat mollari va xizmatlarni xarid etish xarajatlari, chunonchi, uzoq muddat xizmat qiluvchi qimmatbaho tovarlar xaridiga pul ko`proq sarflanadi. Shu jihatidan aholi turli toifalarining xarajatlari bir-biridan farqlanadi. Kam taminlangan oilalarda ovqatlanish xarajati ustivor bo`lsa, oziga to`q va boy oilalarda kiyinish, dam olish, sayohat qilish, qimmatbaho tovarlar xarid etish sarflari ustun turadi. Iqtisodiyoti rivojlangan va xalqi farovon yashaydigan mamlakatlarda aholining oziq-ovqat uchun sarflari qisqarib, minimal darajaga tushadi. Aholi xarajatlarida oziq-ovqat sarflari bilan bir qatorda, nooziq-ovqat tovarlarini xarid etish, pul jamg`arish va qimmatbaho qog`ozlarni orttirishga qaratilgan xarajatlar ham kuzatiladi.

Download 28,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish