Mavzu: Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish ko’rsatkichi



Download 28,67 Kb.
bet1/5
Sana15.02.2023
Hajmi28,67 Kb.
#911480
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish ko’rsatkichi


Mavzu: Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish ko’rsatkichi

Reja:


Kirish

  1. Aholining turmush darajasi statistikasi

  2. Aholining moddiy ne’matlar iste’moli ko’rsatkichi

  3. Aholining uy-joy sharoitlari va maishiy xizmatlardan foydalanish ko’rsatkichi

Xulosa

Kirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida mamlakatimizda 10-15 foiz aholi kambagʻallikda yashashi haqida gapirib oʻtdi hamda aholini kambagʻalchilikdan chiqarish boʻyicha vazifalar belgilab qoʻyildi. Shu oʻrinda bitta savol tugʻiladi? Kambagʻalchilik qanday oʻlchanadi va uning biron bir mezonlari bormi? Kim kambagʻal? Ishsiz aholimi, uy-joyi yoʻq yoki tomorqasi boʻla turib, daromad ololmayotgan fuqaromi? Xoʻsh, aholining turmush darajasi qanday oʻlchanadi? Aholi turmush darajasi va sifati iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning, aholi daromadlari va xarajatlarini tartibga solish boʻyicha siyosat natijasi koʻrsatkichidir. Turmush darajasini aniqlash uchun “Isteʼmol savati”dan, yaʼni muayyan isteʼmol darajasini taʼminlovchi tovarlar va xizmatlar majmuidan foydalaniladi. Isteʼmolning minimal va ratsional darajasi mavjud. Isteʼmolning minimal darajasi isteʼmolchining mavjud boʻlgan normal sharoitlarni taʼminlash chegarasidan tashqariga chiqaradi, yaʼni u kambagʻallar toifasiga aylanadi. Isteʼmolning ratsional darajasi bu individ uchun eng maqbul isteʼmol miqdori va tarkibidir. Ratsional isteʼmol byudjetida xarajatning asosiy qismini nooziq-ovqat tovarlar: maishiy va madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan narsalar, minimal isteʼmol byudjet esa inson tanasining normal ishlashi uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan. Isteʼmolning minimal darajasi qashshoqlik chegarasini belgilaydi. “Qashshoqlik chegarasidan” pastda yashovchi aholi ulushi mamlakatda turmush darajasini tavsiflovchi eng muhim koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, kambagʻallik mezonini aniqlash uchun avvalo isteʼmol savatchasining huquqiy asoslarini belgilab olish lozim boʻladi.
2020-yil 3-iyun kungi muhtaram Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga joriy yil 1-oktyabriga qadar tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal isteʼmol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yashash minimumi eng kichik miqdorining tarkibi turli davlatlarda turlicha qilib belgilangan. Masalan, AQSHda “isteʼmol savatchasi”ga 300 nomdagi, Germaniyada 475 nomdagi, Angliyada 350 nomdagi, Rossiyada 156 nomdagi tovar va xizmatlar kiritilgan.
Isteʼmol savatchasi uchta asosiy tarkibiy qismga: oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlarga ajratish mumkin. Isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqatlar miqdori ulushi aholining turmush darajasini qay darajada ekanligini belgilaydi. Oʻzbekiston aholisining aksariyat qismining “isteʼmol savatchasi”da oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi ziyod. Xuddi shuni bartaraf etish va isteʼmol savatchasida nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlari miqdorini oshirish maqsadida Prezident tomonidan ijro hokimiyati oldiga bir qator vazifalarni belgilab berildi. Bunda asosiy eʼtibor, aholini tadbirkorlikka oʻrgatish, bor imkoniyatdan samarali foydalanishga qaratildi.
Maʼlumki, aholimizning koʻp qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularda tomorqa yerlari mavjud. Mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi kam taʼminlanganlar roʻyxatida turuvchi aholining aksariyatining tomorqasi boʻlib, ularni toʻgʻri yoʻnaltirish, tomorqasidan daromad olishni oʻrgatish bugungi iqtisodiyotimizning asosiy maqsadidir.
Isteʼmol savatchasining huquqiy asosini yaratish orqali aholi kambagʻallikdan qutulib qolmaydi, balki ularning soniga aniqlik kiritiladi, xolos. Xuddi shu maqsadda aholi daromadini oshirishning eng samarali yoʻli bu fuqarolarni boqimanda kayfiyatdan chiqarish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yoʻnaltirishdan iborat boʻlishi lozim.



  1. Download 28,67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish