Mavzu: Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi



Download 1,39 Mb.
bet4/6
Sana12.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#544951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5355186729001161903

maydoni 19,2 km kv, shaharda mavjud supermarketlarning soni 6 ta
bo 'lsa, har bir xizmat ко’rsat ish muassasasining xizmat ко‘rsatish
radiusini toping.

Javob: Gonolulu shahrida har bir xizmat ko’rsatish muassasining xizmat radiusi 0,73 km yoki 730 metrni tashkil qiladi.
Muassasaga ega bo'lgan aholi punktlarining ta’sir doirasiga bog’liq holda, xizmat ko’rsatish radiusi kelib chiqadi, ya’ni quyidagicha:
Bunda ma’lum hudud bo‘yicha umumiy xizmat ko'rsatish muassasasiga ega bo'lgan aholi punktlarining soni va hudud maydoni aniqlanadi. Ular o‘zaro nisbatlangach, chiqqan natijani o'rtacha xizmat radiusi - 0.56 bilan monand holda, shakllantiriladi. Natijada ma’lum areal bo‘yicha punktlaming servis radiusi kelib
chiqadi.
Masalan, Namangan viloyatini umumiy hudud deb olsak, uning
maydoni 7440 km2 ni tashkil qiladi. Viloyatdagi 11 ta qishloq
tumanlarining markazida istirohat bog ‘lari mavjud bo‘lsa,
rekreatsion xizmat kо‘rsatish nuqtai nazaridan,har bir muassasaga
ega bo’lgan aholi punktining xizmat kо‘rsatish radiusini aniqlang.
Yechish. Hisoblashni amalga oshirish natijasida har bir tuman
markazidagi muassasaning ta’sir radiusi kelib chiqadi, ya’ni quyidagicha:

Javob: Har bir markazdagi istirohat bog'ining ta’sir doirasi deyarli 4,4 km.
Muassasaga ega bo’lmagan aholi punktidan xizmat ko‘rsatish markazigacha bo’lgan o‘rtacha masofani aniqlash quyidagicha hisoblanadi:

Masalan, Namangan shahrida «Saydana» tibbiy muassasasi joylashgan bo ‘lib, bunday yirik markaz viloyatda mavjud boshqa 7 ta shaharda yo‘q. Tabiiyki, zarurat tug’ilganda ular mazkur markaz xizmatidan foydalanadi.
Demak, muassasaga ega bo‘lmagan aholi punktlaridan xizmat kо 'rsatish markazigacha bo ‘lgan о ‘rtacha masofa qanchani tashkil qiladi:

Javob: 0,25 ga teng, ya’ni hisoblashni koeffitsiyentdan kilometr qiymatiga o'tkazsak, 25 km chiqadi.
Demak, Namangan viloyatidagi 7 ta muassasaga ega bo‘lmagan aholi punktlaridan Namangan shahrigacha o‘rtacha masofa 25 km.ni tashkil qiladi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish masalasida XX asrning 30-40 yillarida nemis olimlari Volter Kristaller (1893-1969) va Avgust Lyoshlar (1906-1945) tomonidan mashhur «Markaziy o‘rinlar» nazariyasi yaratildi. Unga ko‘ra xizmat ko‘rsatishning hududiy tashkil etilishi talab va taklif asosida aniqlanadi hamda xizmat ko‘rsatish pog‘onali (iyerarxik) tarzda tashkil etiladi. Bunda, xizmat ko‘rsatish markazlarining roli juda katta. Ular tarmoq (tibbiy, savdo va va h.k) hamda kompleks xizmat ko’rsatishga bo’linadi.
Aholiga xizmat ko‘rsatishni hududiy tashkil etilishi shahar va qishloq joylarda turlichadir. Shaharlarda xizmat ko‘rsatish muassasasi va korxonalarini joylashuvi, avvalo, shahaming katta - kichikligiga, shakliga, binolaming zichligi, va shuningdek, yirik korxonalarning joylashuviga bog’liq.Qishloq joylarida esa, xizmat ko’rsatishni hududiy tashkil etilishi avvalo, aholi joylashuviga, transport tizimlarini rivojlanganlik darajasiga hamda yirik xizmat ko'rsatish markazlari sifatida shaharlarning yaqin joylashuvi va boshqa larga bog’liqdir.
Shunday qilib, xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi, ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi bilan yonma-yon rivojlangan muhim tarmoqlaridan biridir. Uning ijtimoiy natijasi jamiyat rivojlanishiniig muhim jabxasi bo’lgan xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o‘rganishi bilan belgilanadi.
Avvalambor, xizmat - bu muayyan bir xizmat oluvchining (aholi, shaxs) xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini bevosita qondirishga qaratilgan mehnat natijasidir. Ular o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda «ishlab chiqarmaydigan» ya’ni «toza ko‘rinishidagi (masalan, huquqshunos, shifokor qabuli, kutubxonachi, sotuvchi, ofitsiant xizmati) va «ishlab chiqarish shaklidagi xizmat» yoki «narsa» ko‘rinishidagi xizmatlar (masalan, shaxsiy buyurtma asosida kiyim, poyabzal tikish, mebel tayyorlash va h.k.)ga ajratiladi.
Bir qator mualliflar va xususan, B.A.Manakning aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ajratgan tasnifini ko‘pchilik mutaxassislar ham tarafdori bo‘lishgan .
(9-jadval).

Ilmiy adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohalarining muassasalari va korxonalarining yig'indisi ijtimoiy infrastruktura deb ham yuritiladiki, ularni ma’nodosh sifatida tushunish katta xato bo’lmaydi.
Moddiy ish lab chiqarishga bevosita bog’liq bo‘ Imagan, ammo, ishlab chiqarish jarayonining normal kechishini ta’minlovchi shart - sharoitlar yigvindisiga ishlab chiqarish infrastrukturasi (transport, aloqa, energiya va suv ta’minoti va boshqalar) deyilsa, aholining kundalik turmush sharoitlarini ta’minlab turuvchi shart - sharoitlar yig‘indisi esa, ijtimoiy infrastruktura (sog’liqni saqlash, maorif,madaniy, maishiy xizmatlar va boshqalar) deb yuritiladi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish