Mavzu: Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi



Download 1,39 Mb.
bet2/6
Sana12.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#544951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5355186729001161903

II. Asosiy qism
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi - bu iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar va shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalarini tabiiy ijtimoiy, iqtisodiy, demografik hamda turlicha aholi joylashuvi shakllarida hududiy tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi.
Xizmat ko‘rsatish areali - ma’lum turdagi xizmat ko‘rsatishning ta’sir doirasidagi hudud bo’lib, uning holati servisning sifatiga bog‘liq.
Xizmat - mijozlaming ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi bo'yicha bajariladigan tadqiqotlarni ikki yo‘nalishga ajmtish mumkin:
1)birinchi yo‘nalish - xizmat ko‘rsatish sohalarining alohida olingan holda o‘rganilishi. Masalan, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish geografiyasi;
2) ikkinchi yo‘nalish - mintaqaviy majmuali. ya’ni bunda xizmat ko‘rsatish sohalarining bir butun holda va ma’lum bir hududda o‘rganilishi va h.k.
Muayyan bir hududning tabiiy, iqtisodiy, demografik va aholi joylashuvi shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, xizmat ko'rsatish sohalarining joylashuvi va zamonaviy holatini tavsiflash va baholash, shuningdek, xizmatlar majmuasi va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, eng avvalo, geograflaming vazifasidir. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi ta’rifidan ma’lum bo’ladiki, bu sohada bajariladigan tadqiqotlarda aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlariga, xizmat ko‘rsatishning darajasiga,xizmat ko‘rsatishning hududiy tashkil etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning aholi va aholi manzilgohlari geografiyasi bilan chambarchas bogiiq. Jumladan, aholining xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari va ularning qondirilish darajasi (ya’ni, xizmat ko‘rsatishning faktik darajasi) bevosita aholi geografiyasi. aniqrog‘i, aholining turmush tarzi geografiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tashkil etilishi esa, aholi geografiyasining aholi joylashuvi yoki aholi manzilgohlari geografiyasi bilan uzviy aloqadorlikka ega.
Xizmat ko‘rsatish sohalarini ma'lum tizim asosida tarmoqlarga ajratgan holda tashkil etish va xizmat ko‘rsatish samarali va unumli hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida aholiga bir qator xizmat turlarini qamrab olgan xizmatlar majmui zarur bo’ladi. Xizmatlar turli-tuman va turlicha shakl - shamoyilga ega. Bu esa, ularni turlarga ajratish, guruhlash va tarkibiy tuzilishini aniqlashni talab qiladi. Ammo, Sobiq Jttifoq davridan to hozirga qadar aholiga xizmat ko'rsatislining tarkibi xususida olimlar o‘rtasida yagona to‘xtamga kelinmagan. Maxsus adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohalari va turlari xususidagi o’zaro farqlanuvchi ayrim tarkiblar berilgan holos. Shu sababdan bo’lsa kerak, davlat statistika tashkilotlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari bo’yicha e’lon qilinadigan ma’lumotlarni xo‘jalikning boshqa ishlab chiqarish (masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi) tarmoqlaridagi singari to‘la-tokkis deb bo‘lmaydi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishida aholining xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari muhim ahamiyatga ega. Ularning shakllanishiga esa, tabiiy - geografik, demografik, ijtimoiy - iqtisodiy o’lillar ta’sir ko'rsatadi.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini geografik o'rganishda ularning hududiy tashkil etilishi masalalariga asosiy e’tiborni qaratish lozim.
Xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish bu, eng avvalo, xizmat ko‘rsatish muassasalari, markazlari va majmualarini muayyan shart - sharo’ltlarga
bog‘liq holda joylashuvi va hududiy pog‘onalashuvidan iborat.
Xizmat ko‘rsatish muassasalarining ma’lum bir vaqt va hududdagi holati,yig‘indisi muassasalar to‘rini hosil qiladi. Muassasalar to‘rini o‘z navbatida, tarmoqlar to‘ri va majmuali (integral) qismlarga ajratish mumkin. Tarmoqlar to‘ri, bu masalan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalaridan iborat bo’lsa, xizmat ko‘rsatish majmuasi esa, eng avvalo xizmat ko’rsatish markazlarini o‘z ichiga oladi. Bunday markazlar tarkibida turg‘un (statsionar) tipda xizmat ko‘rsatuvchi muassasa yoki ularni yig‘indisi mavjud. Muassasalar esa o‘zlarining xizmat ko‘rsatish zonalariga (arealiga) ega.
Xizmat ko’rsatish muassasalari o‘zining ta’sir zonasi bilan birgalikda-xizmat ko‘rsatishning hududiy tizimlarini tashkil etadi. Ular esa, muayyan xizmat turini do’lmiy iste’mol qiluvchi barcha aholi manzilgohlari va shu xizmat turining uncha katta bo’lmagan muassasalarini o'z ichiga oladi.
Aholiga xizmat kocrsatish sohalari geografiyasi ta’rifidan ma’lum bo’ladiki, bu sohada bajariladigan tadqiqotlarda aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlariga, xizmat ko‘rsatishning darajasiga, xizmat ko‘rsatishning hududiy tashkil etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuni alohida ta’kidlash jo’lzki, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning aholi va aholi manzilgohlari geografiyasi bilan chambarchas bogiiq. Jumladan, aholining xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari va ularning qondirilish darajasi (ya’ni, xizmat ko‘rsatishning faktik darajasi) bevosita aholi geografiyasi, aniqrog‘i, aholining turmush tarzi geografiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tashkil etilishi esa, aholi geografiyasining aholi joylashuvi yoki aholi manzilgohlari geografiyasi bilan uzviy aloqadorlikka ega.
Xizmat ko‘rsatish sohalarini ma'lum tizim asosida tarmoqlarga ajratgan holda tashkil etish va xizmat ko‘rsatish samarali va unumli hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida aholiga bir qator xizmat turlarini qamrab olgan xizmatlar majmui zarur bo’ladi.
Xizmatlar turli-tuman va turlicha shakl - shamoyilga ega. Bu esa,ularni turlarga ajratish, guruhlash va tarkibiy tuzilishini aniqlashni talab qiladi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalarini joylashtirishda quyidagi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi:
• aholi uchun qulayligi (xizmatni olishda kam vaqt sarflash va uning sifati);
• iste'molchi va xizmat ko‘rsatuvchining mavjudligi;
• aholi manzilgohlari va ularning katta-kichikligi;
• xizmatlarga bo‘lgan aholining ehtiyoj lari;
• xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining majmualiligi va ixtisoslashuvi;
• xizmat ko‘rsatishning davriyligi;
• mintaqa aholi punktlarining rivojlanish istiqbollari;
Zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimining muassasalari xizmat ko‘rsatishning tashkiliy shakllariga ko‘ra masofa va vaqtni hisobga olinadi .Jumladan:
a)epizodik (yil davomida bir necha marta foydalanish mumkin bo’lgan va bir-ikki soatlik transport qulayligiga ega bo‘lgan;
b)davriy (oyda bir necha marta foydalanish mumkin hamda 30 - 40 minutlik transport qulayligi mavjud);
c)kundalik foydalanishdagi (iste’molchining yashash joyiga mumkin qadar qulay joylashtirilgan) xizmat ko‘rsatish muassasalariga ajratiladi. Bu esa xizmat ko'rsatish tizimini ma’lum bir hududda pog‘onali qurilishini belgilab beradi.
Xizmat ko'rsatishning pog‘onalashuvi, avvalo, aholi manzilgoxlarining katta-kichikligi, funksiyalari bilan chambarchas bog‘liq. Aholi manzilgoxlarining kattalashib borishi bilan ulardagi xizmatlar turi va muassasalari ham ko‘payib boradi va shunday qilib, ushbu aholi manzilgoxlarining region xizmat ko‘rsatish tizimida tutgan mavqeyi oshib boradi.
Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari joylanishi belgilariga ko‘ra:
❖ lokal (bunday muassasalar aholining xizmatlarga bo’lgan
ehtiyojlarini bevosita ishlab chiqarishda yoki o‘qish, dam olish
davrida qondirishga xizmat qiladi - oshxona, tibbiy manzilgoh,
profilaktoriya va b.);
❖ umumiy (ushbu guruhga mansub xizmat ko’rsatish
muassasalari tarkibida aholining kundalik ehtiyojlariga xizmat
ko‘rsatuvchi muassasalar ko‘pchilikni tashkil qiladi hamda ular
aholi manzilgohlarining infrastruktura tizimiga kiradi);
❖ rayon (bunday muassasalar rayon ahamiyatiga molik
vazifalarni bajaradi o’quv yurtlari, madaniyat muassasalari);
❖ rayonlararo (bunda muassasalar yanada kengroq
vazifalarni bajaradi, ya’ni avtoservis maxsus xizmatlari, maishiy
texnika remonti markazlari va boshq.);
❖ respublika (bunday xizmat turlari respublika ahamiyatiga
ega va mamlakat mehnat taqsimotida ishtirok etadi: kurortlar,
turistik markazlar, tor profilli klinikalar va h.k.) tiplariga bo‘linadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish