Mavzu: Aholi farovonligini oshirishda tijorat banklarining roli


Tijorat banklarining aholiga koʻrsatadigan zamonaviy xizmatlari



Download 102,31 Kb.
bet5/8
Sana20.04.2022
Hajmi102,31 Kb.
#566729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholi farovonligini oshirishda tijorat banklarining roli.

Tijorat banklarining aholiga koʻrsatadigan zamonaviy xizmatlari.

Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish barcha davrlarda ham va hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. Zero, tijorat banklarining kreditlashdan maqsadi bankning biznes rejasiga muvofiq mavjud resurslarni iqtisodiyotning real sektorini moliyalash va ularga tenglashtirilgan jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta'minlash, xatarlarni diversifikatsiyalash va ularni kamaytirish vositalaridan foydalanish, kredit portfeli sifatini oshirish, amaldagi qonunchilik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki me'yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi.


Albatta, sohani takomillashtirish zamirida avvalo undagi mavjud muammolarni aniqlash va puhta o‘rganish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun dastlab tijorat banklarimiz kreditlash amaliyotidagi bir qator kamchiliklar va muammolarga nazar tashlasak, demak, hozirda quyidagi muammolar mavjud:

      1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotining takomillashma gani.

Malakaviy amaliyot o‘tash davomida va olib borilgan ishlar asosida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti tahlil etildi. Shuningdek, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq quyidagi muammolarni alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:

  • aholi ayrim toifasining to‘lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi;

  • olingan kreditlarning ko‘pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;

  • tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo‘yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;

  • banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;

  • iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining sun’iy ravishda oshirilishi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining asosiy qismi bank kreditlarini olib foydalanish uchun etarli daromadga ega emas. Respublikamizda aholi daromadlari yildan-yilga oshirilib borilmoqda, ammo shunga qaramay aholi real daromadlari darajasi bank kreditlaridan foydalanish darajasiga salbiy ta’sir qiladi.Ushbu muammolar tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotiga salbiy ta’sirini yuzaga keltirmoqda.


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iste’mol kreditiga mamlakat iqtisodiyotidagi ham ijtimoiy ham iqtisodiy muhim vosita deb qarash mumkin. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan YaIMning yuqori sur’atda o‘sishi, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar realizatsiyasi hajmining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Iste’mol krediti iqtisodiyotda naqd pul aylanishini qisqartirish hisobiga naqdsiz to‘lovlar salmog‘ini oshiradi. Ushbu natijalar mamlakatda inflyatsiya darajasini jilovlash, ishsizlikni oldini olish va yashirin iqtisodiyotning qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bank kreditlari tarkibida istemol krediti o‘ziga xos daromadli va risk darajasi bo‘yicha past riskli aktiv hisoblanadi. Chunki iste’mol kreditida iste’mol omonatining rasmiylashtirilishi kredit riski darajasini pasaytiradi.

      1. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash amaliyotida kredit shakllaridan to‘laqonli foydalanilmayotganligi. Tijorat banklari faoliyatida kreditlash shakllaridan optimal foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, kreditlash shaklining to‘g‘ri tanlanishi kreditlash samaradorligini oshiradi, mijoz va bankning kreditlardan ma’lum darajada naf ko‘rishini ta’minlaydi.

Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan kreditlash shakllaridan mamlakatimiz bank amaliyotida foydalanish maqsadga muvofiq. Xususan, kreditlashning kontokorrent, overdraft, forfeyting va faktoring kabi shakllaridan keng miqyosda foydalanilmayapti. Bu esa tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatini pasaytirib, ularning iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
Respublikamiz tijorat banlarik amaliyotida mijozlar faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar bazasining to‘la shakllanmaganligi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida mijozlarni kreditga layoqatligini baholash va ularni kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillar bo‘yicha informatsion baza shakllantirilmagan. Bu esa, banklarning kreditlash amaliyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, kreditlash samaradorligini pasaytiradi va bank kreditlarining muammoli aktivlarga aylanishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004 yil 23 apreldagi 197-sonli Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Kredit axborotlari milliy instituti tashkil qilindi. Bunga asosan banklarni kreditlash amaliyotida kredit tarixini hisobga olish va kredit riskini belgilash zarur.

      1. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimining takomillashmaganligi.

Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda kamchiliklarning mavjudligi kreditlashning samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Mijozlar toifalari bo‘yicha, ya’ni jismoniy va yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash bilan bog‘liq quyidagi kamchiliklar mavjud:
Tijorat banklarida yuridik mijozlarning kreditga layoqatligini baholashda 3 ta asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bunda korxonaning faoliyat turi, ixtisoslashuvi va uning oboroti hisobga olinmaydi, ya’ni fermer xo‘jaligi, savdo korxonasi, to‘qimachilik va oziq-ovqat korxonasi yoki og‘ir sanoat korxonalarining kreditga layoqatligi bir xil usul asosida baholanadi. Fikrimizcha, bunday yondashuv mijozlarning kredit to‘loviga layoqatligini etarli darajada baholash imkonini bermaydi. Shu bilan birga, yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini pul oqimi tahlili asosida baholashning tartibi mavjud emasligi, tijorat banklarida
kredit ta’minlanganligining ikkilamchi manbalariga suyanib qolishiga sabab bo‘lmoqda, bundan tashqari kreditlash amaliyotiga tijorat banklari xodimlarining
kredit oluvchi xo‘jalik sub'yektlari moliyaviy hisobotini to‘g‘ri va haqqoniy tahlil etish uchun malaka va tajribasining yetishmasligi ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu shubhasiz, muammoli kreditlarni va kredit mablag‘larini o‘z vaqtida unmaslik holatini vujudga keltiruvchi bosh omillardan biridir. Chunki xo‘jalik sub'yektlari bilan amaliy ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan bank xodimi tomonidan tayyorlangan kredit yig‘ma jildi doimo qo‘shimcha nazoratni talab etadi. Lekin banklarda xizmat turlarining ko‘pligi va eng asosiysi, xo‘jalik sub'yektlari bilan ishlashda amaliy tajribasi bo‘lmagan xodimlarga murabbiylik qiluvchi ustoz xodimlarning yetishmasligi natijasida malaka va tajribasiz xodimlar xulosasi asosida moliyaviy ahvoli nochor bo‘lgan korxonalarga kredit berish holatlari yuzaga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik sub'yektlari bilan ishlashda malaka va tajribasi bo‘lmaganxodimlar kredit oluvchining hisobotlarini tahlil etishda ko‘proq kompyuterga joylashtirilgan dasturlardan foydalanadilar. Bu esa, ularning o‘z malakalarini oshirishdan manfaatdorligiga putur yetkazadi
Mijozlar tomonidan ko‘pincha o‘zlarining kredit to‘loviga layoqatlilik darajasini yuqori qilib ko‘rsatish maqsadida hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni asossiz o‘zgartirib taqdim etish hollari ham uchramoqda. Kompyuter bank xodimlari ishini ancha yengillashtirdi. Lekin kompyuter inson mehnatining mahsuli ekanligini unutmasligimiz kerak. Chunki kompyuterdagi dasturlardan ongli ravishda foydalanilgan taqdirdagina ish unumli bo‘ladi. Bank xodimlari korxonaning balans hisobotlari to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaganlaridan so‘nggina kompyuter dasturidan foydalanishlari zarur. Lekin bank xodimlari balans hisobotlaridagi ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini, aktiv va passiv qismdagi qiymatlarning o‘zaro bog‘lanish asoslarini tekshirmay turib, kompyuter dasturlari orqali korxonaning to‘lov qobiliyatini, kredit to‘loviga layoqatliligini aniqlaydilar. Natijada, korxona tomonidan ko‘rsatkichlari haqqoniy bo‘lmagan hisobotlarning taqdim etilishi mijozlarni kredit to‘loviga layoqatlilikning asossiz ravishda birinchi yoki ikkinchi sinf toifasiga kiritilishiga olib kelmoqda. Bank xodimi esa, kompyuter dasturida aniqlangan natijalar asosida kredit qo‘mitasiga ijobiy xulosa beradi.
Kredit qo‘mitasi ham bank kredit nozirining mazkur xulosasiga tayangan holda kredit berish yuzasidan ijobiy qaror qabul qiladi. Natijada, bank krediti aslida moliyaviy ahvoli qoniqarsiz yoki nochor bo‘lgan xo‘jalik sub'yektiga «ishonch» asosida yoki nolikvid ta'minot asosida beriladi. Demak, berilayotgan kredit mijozga rasmiylashtirilayotgan davridayoq muammoli kredit mazmuniga ega bo‘ladi. Tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.

      1. Byurokratiya ya’ni qog‘ozbozlik hujjatbozlik ishlarining ko‘p ekanligi Tijorat banklari faoliyatida mijozlarni kredit olishdan qaytaradigan jihatlardan biri ham aynan shu byurokratiyaning ko‘pligidir. Hozirgi vaqtda banklar garovga olinayotgan mulklarni rasmiylashtirish uchun xaddan ziyod ko‘p hujjatlar taqdim etilishini talab qilmoqda. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan ko‘pgina norozilik va ovoragarchiliklarga olib kelmoqda. Xozirda mamlakatimiz banklari garovni tanlab olish va baholash bo‘yicha ikki xil usulni qo‘llashmoqda:

  1. usul bu - ko‘pgina tijorat banklari tomonidan garov ob'yektini xususiy baxolash kompaniyalari tomonidan baholanishini talab etmoqda va kompaniya tomonidan baholangan obyekt hisoboti asosida garov mulki summasini aniqlamoqda.

  2. usul bu - xususiy banklarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan usul bo‘lib, bunda bankning o‘zining garovga olish bo‘yicha mutaxassisi tomonidan baholanib va uning xulosasi asosida ish qo‘llamoqda. Bu o‘z navbatida mijozga ko‘pgina qulayliklar yaratmoqda.

      1. Mamlakatimizda tijorat veksellari muomalasining mavjud emasligi. Mamlakatimizda tijorat veksellarining muomalasi 1997 – yilda tugatilgan edi ammo undan keyin mana qariyb 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi hamki qayta

tiklanmadi. Tijorat veksellari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga pul mablag‘larisiz ham o‘z faoliyatini amalga oshirish, tovar va xom-ashyolar sotib olish yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi va o‘tkazma veksellar, ya’ni trattalar ularga asoslangan kreditlash shakli forfeytingning amaliyotda vujudga kelishiga va faktoringning kengayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari jahon amaliyotida markaziy banklarning asosiy stavkalaridan biri hisob stavkasining ham amalda qo‘llanilishiga imkon yaratadi va veksellarni qayta hisobga olish yo‘li bilan tijorat banklariga Markaziy bankning kredit berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi, buning natijasida esa tijorat banklarining likvidliligi oshishi mumkin.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda ularning kreditlash salohiyatini oshirish yo‘llarini takomillashtirish ijobiy natijalarga olib keladi hamda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan real sektorni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlarida ularning ishtirokining faollashuviga olib keladi




  1. Download 102,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish