Mavzu: Aholi farovonligini oshirishda tijorat banklarining roli


Tijorat banklari haqida tushuncha va uning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati



Download 102,31 Kb.
bet2/8
Sana20.04.2022
Hajmi102,31 Kb.
#566729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholi farovonligini oshirishda tijorat banklarining roli.

Tijorat banklari haqida tushuncha va uning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtiso- diyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkam- lashning asosiy yo‘llaridan biri ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i energiya va boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini ta’minlash va oshirish avvalambor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditlar o‘z kapitaliga, mustaqil balansiga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga beriladi. Bundan tashqari kreditlar yuridik maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun ham ajratiladi. Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, shartnoma. asosida qisqa (12 oygacha beriladigan kreditlar) va uzoq (1 yildan oshiq muddatga beriladigan kreditlar) muddatli kreditlar beradilar. Kreditlar asosan mijozning asosiy hisob-kitob hisobvarag‘i joylashgan tijorat banki tomonidan beriladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy beqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank krediti, ya’ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning obyektlari va subyektlari bo‘lishi lozim. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib, banklar hamda xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, kreditlash jarayonida kredit munosabatlarining subyektlari bir tomondan kredit beruvchi va ikkinchi tomondan kredit oluvchi sifatida qatnashadilar.
Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar.
Qarz oluvchi − o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan mablag‘lar bilan ishlashi bilan bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji borlarga qayta taqsimlash orqali banklar kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va kollektiv mulkchiligiga asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishiga huquqiy asoslar yaratildi. Shu bilan birgalikda, aralash mulkchilikka asoslangan korxonalar ham ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi.
Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni xususiylashtirish va banklar faoliyatini erkinlashtirish sharoitida kredit munosabatlari subyektlarining ko‘lami oshib bormoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash tarkibini quyidagicha tasvirlash mumkin:



Kreditlash tartibi


  1. Download 102,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish