Ogahiy she’riyatida ko‘p qo‘llangan san’atlardan biri tajrid hisoblanadi. Tajrid “ajratish, yakkalash” degan ma’noni anglatib, she’rda shoirning o‘z-o‘ziga yoki ko‘ngil, dil so‘zlari vositasida murojaat, xitob qilinishi yoki o‘z nomini, taxallusini boshqa bir kishidek ifodalanishini nazarda tutadi. Jumladan: Qilibsan, Ogahiy, tashbih ul oy ruxsorini kunga, G‘alat erkan sani man usru donishvar xayol ettim (225-bet). Yuz qo‘ysa ne tong qulliqima, Ogahiy, shahlar – Kim, qulluq etib dargahi sultonima etdim (226-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |