Mavzu: agrosanoat majmuasi potensiali



Download 206 Kb.
bet2/11
Sana15.02.2023
Hajmi206 Kb.
#911520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu agrosanoat majmuasi potensiali reja Kirish(1)

Kurs ishining obekti O`zbekistonda agrosanoat tizimi va uning rivojlanishi konsepsiyasi hisoblanadi
Kurs ishining predmeti mamalakatimizda yuzaga kelayotgan tashqi iqtisodiy potensiali darajasi , kelib chiqish sabablari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida Agrosanoatning iqtisodiy potensialni o`rganib , uni har tomonlama rivojlantirishdan va maxsus amaliy choralarning hozirgi va pirovard natijalarni tahlil qilishda iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib quydagilar vazifa etib belgilandi:
- agrosanoatning kelib chiqish sabablarini o`rganish
- mamlakatimiz imkoniyatidan kelib chiqqan holda agrosanoatni rivojlantirish usullarini o`rganish
- O`zbekistonda amaliy chora tadbirlar orqali agrosanoat bo`g`inlarini jipslashtirish.
I-bob. Qishloq xo’jaligi agrosanoatining o`ziga xos xususiyatlari

    1. Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga xos tamoyillari

Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini qishloq xo`jaligi tashkil etadi. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlar aynan qishloq xo`jaligi bilan bog`langan. Ularning ayrimlari qishloq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarib, yetkazib bersa, boshqalari qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydi, ularni qayta ishlaydi va tayyor mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazib beradi. Ko`plab sohalar esa shu tarmoqlarning bir me`yorda ishlashi uchun xizmatlar ko`rsatadilar.
Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo`jaligi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo`jaligini farqlab turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o`z talablarini qo`yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo`jaligi tabiiy omillarning ta`siri katta. Ular ishlab chiqarishning mavsumiyligidan kelib chiqaradi. Bu esa, ishlab chiqarishni tashkil etishda mavjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni hisobga olishni talab etadi. Qish oylarida aholining vaqtinchalik bekor qolishi ayrim ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalalar olimlar, mutaxassis va ishbilarmonlar oldiga qator vazifalarni qo`yadi.
2. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o`z navbvatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko`p jixatdan o`simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bog`liq.
3. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi.
4. Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natjasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o`rtasida farq katta. Boshqacha qilib aytganda, yil davomida faqat xarajatlar qilinadi. Chunki yerni ekishga tayyorlash, urug`lik, o`g`itlar, yoqilg`i-moylash materiallari xarid qilish va sarflash, mehnatga haq to`lab borish kabi xarajatlar har oyda qilinadi. Ekin turlari hosili esa ma`lum davrlada pishadi. Yetishtirilgan hosil sotiladi va undan keyin pul darmodlari kelib tushadi. Albatta, amaliyatda shartnomalar asosida qishloq xo`jalik korxonalariga avanslar berish, kreditlardan foydalanish yoki ayrim xizmatlarni tashkil etish natijasida ma`lum miqdoridagi pul tushumlari bo`lishi mumkin. Lekin, umuman olganda, yil davomida xarajat sarflanishi, daromadlarning esa ayrim davrlardagina tushishi o`ziga xos obyektiv talablarni keltirib chiqaradi. Agrar siyosat bu xususiyatni hisobga olgan holda yuritilish zarur.
5. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. Bu, o`z navbatida, ishlab chiqarishni, aholi punktlarini joylashtirishda ma`lum talablarni keltirib chiqaradi, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini shakllantirishda hisobga olishni talab qiladi.
6. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismni o`zi urug`lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte`mol qiladi.
7. Qishloq xo`jaligi maxulotlarining ko`p turlarini uzoq saqlash mumkin emas. Bu muammo qishloq xo`jaligi mahsulotlarning deyarli bir davrda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu, o`z navbatida, yetishtirilgan mahsulotni tayrlovchi, qayta ishlovchi tashkilotlarning bir me`yorda tinmasdan ishlashini, bk esa ayrim davrlarda juda katta quvvatlarning bo`lishini talab qiladi. Yilning qolgan darvlarida esa bu quvvatlarning nisbatan bo`sh qolishi kuzatiladi. Bu xolat qayta ishlash tarmoqlarining katta omborxonalari bo`lishini talab etadi. Bunday holat, o`z navbatida, mahsulotning tannarxiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu kabi o`zga xosliklarni, albatta, chuqur o`rganish va doimo hisobga olgan holda ishlab chiqarishni tashkil etish qishloq xo`jaligining samarali ishlashini ta`minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi ko’p jihatdan boshqa tarmoqlar ishlab chiqarish faoliyatiga chambarchas bog’liq. Sababi, bir tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab chiqarish vositasi yoki xom-ashyosi bo’lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta ishlash yoki mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish xizmatini vujudga keltiradi.
Qishloq xo’jaligi bir tomondan, texnika, qishloq xo’jaligi mashinalari, yoqilg’i moylash materialllari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, qurilish materiallari va transport vositalari yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog’langan.
Bundan tashqari, qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalanuvchi, sanoatning oziq-ovqat, yengil, to’qimachilik kabi tarmoqlari bilan ham mustahkam aloqa mavjud.
Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida bunday aloqadorlik ular bazasida, organik jihatdan aloqador bo’lgan va yagona pirovard maqsadga qaratilgan agrosanoat majmui shakllanishuvini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, agrosanoat majmui qishloq xo’jaligini rivojlantirish bilan, uning ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’langan iqtisodiyot tarmoqlarining to’plamidan iboratdir. Uning faoliyati minimal xarajatlar hisobiga mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan to’laroq qondirishga qaratilgan.
Agrosanoat majmuining asosiy ijtimoiy – iqtisodiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo’lgan iste’molni ilmiy asoslangan me’yorlarga yaqinlashtirish;

  • Aholini qishloq xo’jaligi xom–ashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat bo’lmagan tovarlarga bo’lgan talabini qondirish;

  • Agrosanoat majmui korxonalarini rivojlantirishning intensiv shakliga o’tkazish va shu asosda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni o’stirishni ta’minlash;

  • Barcha tarmoq va korxonalarda mavjud resurslar salohiyati(potensiali)dan foydalanishni yaxshilash va shu asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • Tashqi savdo oboroti strukturasini, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq chetga chiqarish hisobiga o’zgartirish.

Agrosanoat majmui o’z ichiga uchta sohani qamrab oladi:

Download 206 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish