Mavzu: Afrika xalqlari



Download 18,27 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi18,27 Kb.
#613268
Bog'liq
afrika xalqlari


Mavzu:Afrika xalqlari
R e j a :
1.Afrika qit'asi axolisining tarixiy-etnografik joylashishi.
2. Etnogenezi, tili va irqi.
3.Yevropaliklar mustamlakachiligining etnik – madaniy oqibatlari
Afrika (“qora qit'a”) qit'asi maydonning kattaligi jixatidan Osiyodan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning xududi 30, 3 mln. kv.km bo'lib, Yevropadan 3 marta katta. Axolisi soni taxminan 700 mln. kishi. Bu yerda ko'p millionli millatlar (misrliklar, jazoirliklar, marokashlar, amxara va x.k.), katta xalq va elatlar (xausa, fulbe kabilar) bilan birga mayda terib termachilik va ovchilik bilan kun kechiruvchi daydi ibtidoiy qabilalar xam yashaydi. Xozirda Afrikada taxminan 200-250 xalq mavjud. Shulardan 83 tasi 1 milliondan ortiq axoliga ega bo'lib, butun qit'a axolisining 86 % ini tashkil qiladi.
Qit'ani to'rt tomondan Tinch va Atlantika okeanlari xamda O'rta va Qizil dengiz suvlari o'rab turadi. Uni Yevropadan Gibraltar bo'g'ozi ( eni 14 km), Osiyodan Suvaysh kanali ajratib turadi.Qit'ani ekvator chizigi deyarli teng o'rtasidan kesib o'tib, uning janubiy va shimoliy qismida subtropik iqlimli, serunum, yashash uchun qulay joylardir. Relyefi katta yassi tog shaklida bolib, atroflarida biror toglar mavjud. Uning shimolida Atlas, sharqida Abissin va Sharqiy Afrika yassi tog tizmalari joylashgan. Qit'aning 30% xududi baland bo'yli o'tlar va savanna bo'lib, qolgani changalzor, o'rmon va bepoyon saxrodir.Eng katta daryolardan Nil, Niger, Kongo, Zambezi mavjud. Eng katta qullariqit'a sharqida joylashgan bo'lib, ular – Viktoriya, Tangonika, Nyasa, Mveru va Markaziy Afrikadagi Chad ko'lidir.Eng katta saxrolardan Saxroi Kabir, Kalaxari va Namib cho'llari.
O'simlik dunyosi juda boy. Banan, yer yongogi, xurmo, kofe va kauchuk daraxtining vatanidir. Chorvachilikka qulay, yem-xashakka boy savannada molning ashaddiy dushmani sese pashshasini nixoyatda ko'pligi tufayli bu soxa ham rivojlangan. Ammo xayvonot dunyosi juda boy, fil, karkidon, oxu, tuyakush, yo'lbars, arslon, maymun, ilon, timsox kabi xayvonlar juda ko'p. Afrika eng ko'p olmos,oltin, platina, uran, temir rudasi, mis, alyumin, fosforit, neft, ko'mir kabi foydali qazilmalarga boy.
Tabiati singari axolisining etnik qiyofasi joylanishi va zichligi xam turli-tumandir. Qit'aning etnik tuzilishida qadimdan uzoq davr mobaynida shakllanib kelgan xalqlar muxim o'rin egallaydi.
Antropologik jixatdan Afrika axolisi uchta yirik irq, o'rta va aralash tiplardan iborat. Qit'aning shimoliyda Saxroi Kabirning janubigacha yevropoid irqiga oid qora ko'z, to'lqinsimon qorasoch, bugdoy rang tanli, uzunchoq yuzli, bir oz burgutsimon burunli arablar, barbarlar yashaydi. Afrikaning asosiy axolisi xisoblangan kop sonli asl negroidlar katta xududda tarqalgan. Ular qop-qora tani, qora ko'zi va burama sochlari, qalin labi, keng va puchuk burni kabi belgilari bilan ajralib turadi. Katta negroid irqi ichida uzun bo'yli va tanasi nixoyatda qora nilodlar tipi Nil daryosi yuqori oqimlarida va Buyuk ko'llar atrofida yashaydi. Kongo voxasining tropik o'monlarida past bo'yli (o'rtacha 141-142 sm), bir oz qoramtir tanli, sersoqolli, puchuq keng burunli pigmentlar yashaydi. Jismoniy tuzilishi jixatidan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va gottentotlar maxsus antropologik tipni tashkil qiladilar. Madagaskar axolisi xam negroid va mongoloid irqlari aralashmasidan paydo bo'lgan maxsus tiplardan iborat. So'nggi tasniflashga binoan Afrika tillari to'rtta katta til oilasini tashkil qiladi:
1.Semit-xamit (Afroosiyo).
2.Niger-kordofa.
3.Nil-saxara.
4.Koyson tillari.
O'z navbatida ular xam katta-kichik turkum va guruxlarga bo'linadi. Xamit til oilasiga kirgan arab tilida so'zlashadigan axoli (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar, liviyaliklar) VII-VIII asrlarda Arabiston yarim oroliga ko'chib kelib, maxalliy tub elat va xalqlar bilan aralashib ketishi natijasida paydo bo'lgan. Eng qadimgi tub axoli avlodlaridan barbarlar faqat Magrib toglarida va Saxroi Kabirda saqlanib qolgan.Ammo ularning kopchiligi ( qabillar, tuareglar, rif va boshqalar) xozirda dastlabki tillarini yuqotib arab tiliga o'tganlar. Semit guruxiga kirgan eng yirik xalqlardan amxara, tigrai va tigri xozirgi efiopiya millatining negizini xosil qiladi.
Niger-kordofa til oilasidagi xalqlar beshta turkum – benue-kongo, kva,monde, garb-atlantika va voltadan iborat.
Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruxga – songai, saxara va shari-nilga bo'linadi. Mazkur oilaga uchta o'ziga xos tilga ega elatlar – maba, fur va koma kiradi.
Koyson til oilasiga bushmenlar, gottentotlar va toglik damaralar kiradi. Ular o'tmishda Janubiy Afrikaning juda keng xududini egallagan. Shuningdek, koyson tillariga Sharkiy Afrikadagi sandave va xatsa elatlari xam kiradi.
Madagaskar orolidagi malgashlar tili, antropologik tuzilishi va madaniyati bilan qit'a axolisidan ancha ajralib turadi. Ularning tili avtroneziya til oilasiga oid, antropologik jixatdan esa janubiy mongoloidlarga yaqin.
Qit'ada yashovchi yevropaliklar butun axolining 2-3 % ini tashkil qiladi. Ular asosan inglizlar, burlar, fransuzlar, ispanlar, italyanlar, portugallardan iborat bo'lib ozchilikni tashkil qilsada, O'z iqtisodiyoti va siyosiy tuzumiga egadirlar.
Xozirgi afrika xalqlarining etnik qiyofasini o'rganish uchun avvalo uning tarixini bilish zarur. So'nggi o'n yilliklarda olib borilgan arxeologik izlanishlar Afrika tarixining uzoq o'tmishiga oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Janubiy va Sharqiy Afrikada avstrolopiteklar yashaganligini xam, qit'a eng qadimgi odamlar vatani ekanligi tasdiqlandi. Bu yerda 4 million yil muqaddam gominidlar, ya'ni odamsimon mavjudotlar yashaganligi, odamzot esa 2,5-3 million yillar muqaddam paydo bo'lganligi aniqlandi. Ilk paleolit davriga oid ibtidoiy manzilgohlar Tanzaniyaning Olduvay darasidan topilgan. Neolit davriga kelib, Shimoliy va Markaziy Misrda, Sudan va boshqa voxalarda dehqonchilik va chorvachilik shakllanib, axolining o'troq xayot tarziga o'tishi ro'y bergan. Mezolit va Neolit davrlarida xozirgi antropolik tiplar shakllanib bo'lgan, neolit davriga kelib xozirgi tillar xam shakllanib tugagan. Misrliklar qo'shni elatlar haqida muxim yozma manbalar qoldirgan. Ularda oq tanli Liviya qabilalari, jigarrang tanli kushetlar, qora tanli nilodlar va boshqa xalqlar haqida turli xil ma'lumotlar saqlangan. Er.av. 3-2 ming yillikda Saxroi Kabirda qirgoqchilik bo'lgan, ko'plab elat va xalqlarni ko'chishga majbur qilgan. Oqibatda Saxroi Kabirning janubida oziga xos yangi nok madaniyati shakllangan. Ular temir va boshqa metallarni ishlab chiqarishni bilgan va foydalanishgan. Eramizning VIII-IX asrlariga kelib tropik Afrikada ekspluatasiya va sinfiy tuzum munosabatlariga asoslangan bir necha yirik davlatlar shakllanib, XVI asrgacha rivojlanib kelgan. Ulardan Gana, Mali, Songayi, Dagomeya, Xausan shaxar-davlatlari, Sudandagi Kanem-Bornu, Benin, Gvineya soxilidagi Yoruba davlati, qadimgi Kongo va Efiopiya davlatlari va boshqalarni eslash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab chiqarish kuchlariga ega bo'lgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar.
Afrika qit'asida mustamlaka XV asr oxiridan boshlandi. Bu davrda kelgindi yevropaliklar bilan maxalliy axoli orasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. XVI asr boshlaridan avj olgan pul savdosi Afrika xalqlarining tarixiy taraqqiyotini toxtatibgina qolmay, balki bir necha asrlarga orqaga tashlagan. Avval portugaliyaliklar, keyin ingliz, golland va fransuz mustamlakachilari qit'ani ochiqdan-ochiq talaganlar, barcha boyliklarni yuk qilganlar, ogir soliklar solganlar va minglab kishilarni zo'rlab olib ketib qul qilib sotganlar. Vaxshiy quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib ketilgan kishilarning soni 100 milliondan ortiq bo'lgan. Qit'adagi ozodlik uchun urushlar, ichki ziddiyat va kurashlar xam minglab Afrikaliklarni yostigini quritgan va qadimiy davlatlarning inqirozini kuchaytirgan. Mazkur voqealar axolining madaniy jixatdan Yevropadan orqada qolishining asosiy sababidir.
XIX asr o'rtalarida qul savdosi tugatilib, ullar ozod deb e'lon qilingan edi. Ammo o'sha davrdan boshlab bosqinchi yirik davlatlar Afrikani qaytadan bo'lib olishga kirishdilar. Qit'a Angliya, Fransiya va Germaniya o'rtasida talashib bo'ysundirilgan, Kongoni Belgiya egallagan. Birinchi jaxon urushida Germaniya maglubiyatga uchragandan keyin uning mustamlaka qismini golib chiqqan Angliya va Fransiya o'zaro bo'lib olishgan. XX asr boshlarida tropik Afrikaning 90,4 % i mustamlaka qilingan edi. Uzoq davom etgan ozodlik kurashi natijasida qit'aning kopchilik qismida mustaqil va ozod davlatlar qaror topdi.
Afrika qit'asining etnik tuzilishini quyidagi tarixiy etnografik viloyatlarga bo'lib o'rganish mumkin:
Shimoliy Afrika xalqlari.
Garbiy va Markaziy Afrika xalqlari.
Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlari.
Ular keng xududda joylashgan bo'lib, umumiy birlikka ega bo'lgan regionlar xisoblanadi. Butun qit'a axolisining tabiiy sharoiti etnik qiyofasi tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jixatidan yuqoridagi tarixiy etnografik viloyatlarga bo'lib o'rganamiz.
Download 18,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish