Javoblar
1. О‘zbekiston Markaziy Osiyoning о‘rta va shimoliy qismida joylashgan.
Shimoli – sharqda Qirg‘iziston, shimoliy va shimoliy – g‘arbda
Qozog‘iston Respublikalari, janubi – g‘arbda Turkmaniston, janubi –
sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg‘oniston
bilan chegaradosh. О‘zbekistonning eng shimoliy chekka nuqtasi
shimoli – sharqda – Ustyurt platosida Orol dengizining g‘arbiy sohilida
(45 0 36 / shimoliy kenglik), eng janubiy nuqtasi – Surxondaryo
viloyatida Termiz shahri yonida (37 0 11 / shimoliy kenglik), g‘arbiy
nuqtasi – Ustyurt platosida (56 0 sharqiy uzunlik), sharqiy nuqtasi –
Farg‘ona vodiysining janubiy – sharqida, Qirg‘iziston Respublikasi
bilan chegara joyda (33 0 10 sharqiy uzunlik). Shimoliy va janubiy
chekka nuqtalar orasidagi masofa 925 km, g‘arbiy va sharqiy nuqtalar
orasi – 1400 km. О‘zbekiston tarixiy solnomasida 1991 yilning 1
sentabri munosib о‘rin egallaydi. 1 sentabr Respublikani mustaqilliki
e’lon qilingan kun. О‘zbekiston Respublikasi maydoni 448,9 ming
kv.km. Respublika xududi janubiy – sharqdan, shimoliy – g‘arbga
chо‘zilgan va yer yuzasi ham shu yо‘nalishda yirik daryolar oqimiga
mos pasayib boradi. Mamlakatning shimoliy – g‘arbiy chekkasida
Ustyurt bilan Qizilqum oralig‘ida Orol dengizi joylashgan Respublika
maydonining qariyib 4/5 qismi tekislik, oz qismi tog‘, adir va tog‘
oldidan iborat. О‘zbekiston xududidan Markaziy Osiyoning eng katta
daryolari – Amudaryo va Sirdaryo oqib о‘tib, Orol dengiziga qо‘yiladi.
Bu ikki azim daryo orasidagi xudud Turon pasttekisligi deb ataladi. Bu
tekislikning kо‘p qismi Qizilqumdan iborat, ba’zi joylarda qirlar
uchraydi. Respublikaning sharqi va janubiy – sharqiy qismida Tyan –
shan, Oloy, Turkiston. Zarafshon va Hisor tog‘lari bor. Bu tog‘lar
orasida Farg‘ona – Zarafshon, Kitob – Shahrisabz, Surxon – Sherobod,
Chirchiq – Ohangaron kabi katta chukmalar – vodiylar
joylashgan.Vodiylar sug‘oriladigan yerlar bо‘lib, aholining asosiy qismi
shu yerlarda yashaydi. Tog‘larning chо‘qqilari muzliklar, doimiy qor
qatlamlari bilan qoplangan. Respublikaning g‘arbiy va shimoliy –
g‘arbiy qismiga borgan sari ulkan tog‘lar pasayib, tog‘ yon bag‘ri
tekisliklari gо‘zal xushmanzara vodiylarga aylanadi. Sо‘ng vodiylar
tugab, asta – sekin chо‘llar, poyonsiz qumliklar boshlanadi. Har
qanday xududiy birlikning iqtisodiy – geografik о‘rni xususiyatlari
avvalo qayerda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki О‘zbekiston
Yevrosiyo qit’asi (materigi) ning deyarli qoq markazida va Dunyo
okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash
nohiyalarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir.
Demak, О‘zbekistonning mavjud makro geografik о‘rnining barcha
ijobiy va salbiy xususiyatlari kо‘p jihatdan ana shu holatdan,
shuningdek uni qо‘shnichilik xususiyatlaridan (qanday davlatlar,
iqtisodiy nohiyalar, dunyo davlatlarining mintaqaviy guruhlariga
tutash-yaqinligi, ularning bir – birlariga iqtisodiy ta’sir etish
imkoniyatlari) kelib chiqadi. Joylardan, davlatlarning iqtisodiy –
geografik о‘rni xususiyatlarini atroflicha о‘rganish, tahlil qilish va
baholash iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hamisha muhim tadqiqot
obyekti bо‘lib kelgan. Unga yetarli baho berish respublikamizning
hozirgi mustaqil rivojlanishi pallasida alohida ahamiyat kasb etadi.
О‘zbekistonning iqtisodiy – geografik о‘rnini tahlil qilishda uning
tarixiy kategoriya ekanligini, joylarning tabiiy – geografik о‘rniga
nisbatan nihoyatda dinamik, о‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini
hisobga olish talab etiladi. Joylarning iqtisodiy – geografik о‘rni
xususiyatlari ichki va tashqi siyosiy muhitning о‘zgarishi, yirik tabiiy
boylik manbalarining topilishi va о‘zlashtirilishi, muhim transport
yо‘llarining yoki irrigasiya inshootlarining qurilishi kabilar katta ta’sir
kо‘rsatadi. Shunga kо‘ra О‘zbekistonnning iqtisodiy – geografik о‘rni
xususiyatlari qо‘yidagilardan iborat. 1. О‘zbekistonnning О‘rta
Osiyodagi mustaqil davlatlarga nisbatan tutgan iqtisodiy – geografik
о‘rni (mikrogeografik о‘rni); 2. О‘zbekistonning о‘nga yaqin davlatlar
guruhiga nisbatan tutgan iqtisodiy – geografik о‘rni (mezogeografik
о‘rni);
2. Dunyo mamlakatlarining guruhlanishi va tavsiflanishi. Har bir dunyo
mamlakatini o‘rganganda, uni tabiiy, xo‘jalik, madaniy va siyosiy
jihatlari geografik ob‘ekt nuqtai-nazaridan qaraladi. Dunyo
mamlakatlarni guruhlanishi va tavsiflanishi turli mezonlar asosida olib
boriladi. Аgar mamlakatlarning guruhlanishi miqdor ko‘rsatkichlari
asosida o‘tkazilsa, ularning tavsiflanishi esa, sifat ko‘rsatkichlari
asosida olib boriladi. Mamlakatlar hududining maydoni, aholi soni,
geografik o‘rin xususiyatlari bo‘yicha guruhlanadi. Dunyo davlatlari
soni bo‘yicha eng katta gigant–davlatlar, o‘rta, kichik va juda kichik
(mitti davlatlar) davlatlarga bo‘linadi. Bundan dunyoning eng katta
maydoni bo‘yicha gigant davlatlarga quyidagi o‘nta mamlakat kiradi
(1-jadval.) Maydoni bo‘yicha eng yirik davlatlar dunyoning quruqlik
qismini 55% tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |