Aeroport XTH ini rejasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
−
texnologik
jarayonlarni aniq tashkil etish va qurilishlarni hudud
bo‘ylab ohilona taqsimlash;
−
Aeroportda ishlovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish
akustik holatlarni hisobga olgan holda atrof muhitni muxofaza qilish;
−
passajirlar yo‘lini, bagaj, yuklar olgan holda atrof muhitni muhofaza
qilish;
−
passajirlar yo‘lini, yuklar va
pochta yuklarini tashish yo‘lini iloji
boricha kamaytirish; passajirlar, Aeroport xodimlari va maxsus
transport vositalari xavfsiz harakat qilishini ta’minlash;
−
ayrim binolar va inshootlarni rivojlantirish imkonini ta’minlash (zahira
er uchastkalari tomon kengaytirish yoki qayta qurish);
−
er uchastkalaridan tejamli foydalanish va kapital mablag‘larning eng
katta samarasini ta’minlash.
Bu talablarni amalda bajarish uchun XTHning bosh rejasida quyidagilar ko‘zda tutiladi:
−
bino va inshootlar bo‘yicha qabul qilingan loyiqa echimlarining Aeroport ishi texnologiyasiga,
quvvati va o‘tkazish qobiliyatiga mosligini dalillash va asosiy xarajatlarni iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish;
−
binolar va inshootlarning ixtisoslashganligi, ularning texnologik va transport aloqasi, sanitariya-
gigiena va yonqin xafvsizligi talablari, qurilish navbati asoslarida aerodrom hududini zonalarga
ajratish;
−
XTH ichida ishlab chiqarish bilan boqliq, transport va muhandislik aloqalari oqilona bo‘lishini
ta’minlash; bunda yondosh aqoli punkti va XTH ning aloqa yo‘llari, Aeroport va aqoli punktining
kelajakdagi rivoji e’tiborga olinadi;
−
inshootlar oraliqida bo‘sh masofa me’yorlariga rioya qilish, hudud maydonidan oqilona
foydalanish;
−
qurilish uchastkasini obodonlashtirish va shovqin darajasi me’yordan oshmasligini ta’minlash;
−
Havodagi harakatni boshqaruv (HHB), radionavigatsiya va qo‘ndirish vositalarini joylash-tirish;
bunda xizmat qiluvchi xodimlar va maqalliy aqolini yuqori chastotali nurlanishdan muqofaza
qilishni ta’minlash;
−
muqandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini trassalash, optimal yotqizishni kompleks qal qilish;
−
bino va inshootlar qurilishini va ekspluatatsiyaga ishga tushirilishini komplekslar va navbatlar
bilan amalga oshirish imkoniyati;
−
atrof-muqit muxofazasi bo‘yicha kompleks talablarga rioya qilish.
Aeroportning bosh rejasini loyihalashda inshootlarni joylashtirish bo‘yicha
loyihaviy yechimlarni joyning vaziyatlari elementlari: aholi punktlari, sanoat
korxonalari, transport va muhandislik kommunikatsiyalari, relef va boshqa
omillar bilan moslashtirish lozim.
Shuningdek, aerodrom tashqarisiga olib chiqilgan radionavigatsiya va
qo‘ndirish inshootlarining aeroportda tutashuvchi transport yo‘llari va
muhandislik tarmoqlarining aeroportga bog’lanish masalalarini ham hal qilish
kerak. Bu maqsadlarda bosh reja kompleksida vaziyatlar rejasi ishlab chiqiladi.
U kartografiya qoidalari bilan 1:25000 – 1:100000 masshtablarda tuziladi.
3 – rasm. Aeroportning
vaziyatlar rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |