Bajardi:Jo’rayev ORTIQALI Tekshirdi:TULAYEV A
Achitilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo pasterizatsiyalangan sut va qaymoq hisoblanadi. Bu mahsulotlarni sanoat miq yosida ishlab chiqarishda sut kislotasi bakteriyalari tomizg’ilaridan foydalaniladi.
Achitilgan sut mahsulotlari tayyorlashda qo'llaniladigan kislota bakteriyalari morfologik ko’rsatkichlari bo’yicha sut kislotasi streptokokklari va tayoqchalariga bo`linadi. Tayoqchasimon bakteriyalarning kislota hosil qilish xususiyati streptokokklarnikiga nisbatan juda kuchli bo'ladi. Shu sababli ular sutni bijg’itganda mahsulotning nordonliligi 300°T va
undan ham yuqori bo'lishi mumkin.
Sut zavodlariga tomizg’ilar maxsus ilmiy tekshirish institutlaridan quruq yoki suyuq
holatlarda yuboriladi. Bu tomizg’ilarni to'g'ridan to’g’ri ishlatib bo’lmaydi. Undagi sutkislotasi bakteriyalari faol emasligi sababli ulardan zavodlarda laboratoriya tomizg’ilari tayyorlanadi. Shundan keyingina kerakli miqdorda mahsulot tayyorlash uchun qo'llaniladigan ishchi tomizg'ilari ishlab chiqariladi.
Achitilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarishning asl mohiyati, avvalo, sut tarkibidagi laktoza sut qandini gidrolizlab, glukoza va bijg’itish natijasida sut kislotasiga aylantirishga asoslangandir.
Achitilgan sut sifat ekspertizasi . Achitilgan sut mahsulotlari sut kislotali bijg‘ish asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlardir. Bularga prostokvasha (qatiq), atsidofil mahsulotlari, kefir, qimiz, achitilgan qaymoq (smetana), suzma va suzma mahsulotlari kiradi.
Achitilgan sut mahsulotlarining ko‘pchiligi, ayniqsa prostokvasha, kefir, qimiz, atsedofil mahsulotlari parhezlik va shifobaxshlik xususiyatiga egadir. Bu mahsulotlar tarkibida sut kislotasi va karbonat angidrid gazi (kefir, qimiz) bo‘lganligi sababli inson oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, ovqatning to‘la xazm bo‘lishiga katta yordam ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, achitilgan sut mahsulotlari iste’mol qilinganda inson organizmida kislotalik muhit yaratiladi. Bu esa chirituvchi va boshqa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun noqulay sharoitdir. SHu bilan organizmning chirituvchi bakteriyalar ishlab chiqaradigan zaharli moddalar ta’sirida emirilishining ma’lum darajada oldi olinadi. Achitilgan sut mahsulotlari tarkibidagi sut kislotasi konservantlik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham bu mahsulotlar uzoqroq saqlanish muddatiga egadir.
Achitilgan sut mahsulotlari sut kislotali bijg‘ish asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlardir. Bularga prostokvasha (qatiq), atsidofil mahsulotlari, kefir, qimiz, achitilgan qaymoq (smetana), suzma va suzma mahsulotlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |