Mavzu: abu nasr farobiyning pedagogik qarashlari


  Farobiyning inson kamoloti haqidagi qarashlari



Download 301,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana03.04.2021
Hajmi301,21 Kb.
#62584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abu nasr farobiyning pedagogik qarashlari

1.2.  Farobiyning inson kamoloti haqidagi qarashlari 

Farobiy  yosh  avlodni  kamolga   yetkazishda  u  yashayotgan  

jamiyatdagi   muhit,  hayotiy  tajriba,  talim-tarbiyaning   ta`siri  va  bu  

ta`sir   natijasida  ular  o`zlaridagi   ijobiy  yoki   salbiy  xislat-fazilatlarni 

namoyon  qilishlarini  aytadi.  “Insonlar   tug`ilganda   kamolotli   bo`lib 

tug`imaydi,  ularni  orasida  aslida  farq  ham   bo`lmaydi,  ularning  xulqi, 

faoliyati,  hayoti  o`xshash  bo`ladi,  keyinchalik  esa  o`zgaradi,  ya`ni 

ijtimoiylashuv  jarayonida  jamiyatda  odamlar  ming  yillardan  beri  amal 

qilib   kelayotgan   qadiriyatlarni  va  me`yorlarni  qabul  qiladilar.  Ularga  

moslashadilar   voqealar   va  muhit   ta`sirida   yaxshi   yoki   yomon  

odatlarni  o`rganadilar,  shu  bois  odamlardagi  xato  va   kamchilik,   yutuq 

va  muvaffaqiyatlar   ularda   jamiyatda  keyinchalik  shakllanadi.  Inson 

jamiyatdagi  qarama  –qarshiliklarni   o`ziga  singdira  boshlaydi,  har  xil   

mushkulotlarga  duch  keladi. Inson   faoliyatining   adolatga   yaqinligi  

yoki   uzoqligi   uning   aqliga,  xulqiga,  yashagan   jamiyatiga   bog`liq. 

Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo`lsa, adolatga   yaqin bo`ladi, agar 

ko`proq   bo`lsa  adolatdan,   insofdan  uzoqroq  bo`ladi.  Xulq   albatta  

insonning  yaxshi   yoki   yomon   xislatlarining   nisbatiga   bog`liqdir”. 

Jamiyatda  adolat   asosiy  mezon  bo`lsa,  uning  a`zolari  ham   insof  va 

diyonatli,  mehr-oqibatli   bo`ladilar.  Inson  jamoasi   to`g`risidagi  




 

ta`limotning  asosini kishilarning  ongli  harakatini   ,xulq-odatlari, tabiy 



–mayillari,  istak  va  malakalarini,  faoliyatlari  va   turmush   darajalarini 

o`rganish   masalalari   tashkil  etadi.  Mutafakkirning   fikricha  fozil 

jamoaning  har  bir   a`zosi  fozil  ya`ni   haqiqiy  inson  bo`lishi  kerak. 

Farobiy 


o`z 

qarashlarida 

insonning  

aqliy 


va  

axloqiy  

jihatlariga  alohida  e`tiborini qaratadi va u “Fozil odamlar shahri asarida 

o`n  ikki  tug`ma  xislatni   birlashtirgan  kishigina   axloqli   inson  bo`la 

olishini  ta`kidlaydi.  Bular  quyidagilar:  “Birinchidan  bunday  odamning  

barcha 


a`zolari 

mukammal 

taraqqiy 

etgan, 


sog`lom 

bo`lish 


lozim;ikkinchidan,  tez  fahm  so`zlovchining   maqsadini   tez   payqay 

oladigan  bo`lsin;  uchinchidan,  xotirasi   juda   kuchli  va  mustahkam 

bo`lsin;   to`rtinchidan,  zehni  tez   va  o`tkir  bo`lsin;  beshinchidan   nutqi  

ravon  ,fikri  teran   mulohazalarini   yorqin  bayon  eta  olsin;   oltinchidan, 

bilish  va  o`rganishga   ishtiyoqi   baland  bo`lib,  bilimlarini   charchashni  

sezmasdan   o`zlashtira  olsin;  yettinchidan  nafsini   tiya  oladigan,  qimor 

o`yinlaridan  jirkanadigan  bo`lsin;  sakkizinchidan  haqiqatni  sevadigan 

bo`lsin;  to`qqizinchidan g`ururli va  vijdonli bo`lsin, oliyjanob ishlarga 

intilsin;  o`ninchidan  mol-dunyo  yig`ishga  berilmasin;  o`n  birinchidan  

adolatli  bo`lsin,  odamlarni  adolatga  targ`ib  etadigan  bo`lsin;   o`n 

ikkinchidan   adolatli  bo`lsin,  ammo  qaysar  bo`lmasin,  adolat  oldida  

qaysarlik  qilib,  o`zbilarmonlikka  berilmasin,  lekin   har  qanday  

adolatsizlik,  pastkashlik   oldida   lafzli  bo`lsin,  o`zi   zarur  deb  bilgan  

narsasini amalga oshirishda  qat`iylik ko`rsatsin, qo`rqmas, jasur bo`lsin, 

qo`rqish  va  ojizlikni   bilmasin”.  Olimning   fikricha  “fozil”   inson  

barkamlol   shaxs   bo`lishi   uchun    ma`naviy-  axloqiy   illatlardan   xoli, 

ruhan, ma`nan va jismonan  so`glom  bo`lishi lozim. Haqiqiy inson aql  

idrok   tufayli   barcha   ne`matlarga   ega   bo`ladi  va  adolatli   ijtimoiy  

hamkorlikka  

asoslangan  

fozil  

jamiyat  

barpo  

etadi. Demak  

jamiyatning   taraqqiyoti,   moddiy  va   ma`naviy   ma`daniyatning  

rivojlanishi,   undagi   fuqoro-odamlarning  baxt-saodatga,  ozodlik  va 

erkinlikka   erishishi  shu  jamiyat   a`zolari  bo`lmish   insonlarning   aqli, 

xulqi   hamda  ijtimoiy  muhitnining ta`siriga bog`liq. Alloma odamlarni 

avval  o`rganish  lozimligini   ta`kidlaydi,  buning  natijasida  u  insonlarni 

johil  va  fozil  kishilarga  ajratadi.”Har  bir  inson  boshdan  komil  emas, 

ammo  tug`ma  ravishda  o`ziga  xos  bo`lgan  ichki  shuur  ila  bosqichma-

bosqich  komillikka  jiddu  jahd  bilan  intiladi”.    Shuning  uchun  uni 

o`rganib  kamolot  sari  yo`naltirish  adolatli  jamiyatning  asosiy 

maqsadidir. Yosh avlodni komil va fozil inson,yuksak insoniy fazilatlar 

sohibi,  har  tomonlama  yetuk,  barkamol  shaxs  sifatida  kamol  toptirish 

bugungi  kunda  taraqqiy  etib  borayotgan  jamiyatimizda  davlat  siyosati 




 

darajasidagi  masala  sifatida  e`tiborga  olingan.  Bu  borada  jamiyatimiz 



o`qituvchi  va  pedagoglar  zimmasiga  g`oyat  ma`suliyatli  vazifalarni 

yuklaydi.  Farobiyning  fikricha  jamiyatdagi  muhit,  tinchlik  va  ravnaq 

birinchi 

navbatda 

ziyolilar 

ya`ni 


ma`naviyat 

va 


ma`rifat 

tarqatuvchilarning  faoliyatiga,  jamiyatda  kishilar  o`rtasida  olib 

boriladigan ta`lim tarbiya jarayoniga bog`liq. 

O`rta  asr  ijtimoiy  –  falsafiy  fikr  taraqqiyoti  mutafakkir  Abu  Nasr 

Farobiy  nomi  bilan  bog`liq  bo`lib,  uning  inson  kamoloti  haqidagi 

ta`imoti ta`lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon 

faydasufi  Arastudan  keyin  Sharqda  o`z  bilimi,  fikr  doirasining  kengligi 

bilan  nom  chiqargan  Forobiyni  yirik  mutafakkir  –  «Muallimiy  soniy»  - 

«Ikkinchi muallim» deb ataydilar. 

Abu  Nasr  Farobiy  (to`liq  nomi  Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Muhammad 

ibn  Uzaliq  ibn  Tarxon  al-Farobiy)  hijriy  260  yil  (milodiy  873  yil)da 

Shosh – Toshkentga yaqin Forob (O`tror) degan joyda harbiy hizmatchi 

oilasida  tug`ilgan.  Forobda  boshlang`ich  ta`limni  olgach,  Shoshda, 

Buxoroda,  Samarqanda  ta`lim  olganligi  haqida  ma`lumotlar  bor.  Lekin 

arab  xalifaligining  yirik  madaniy  markazi  Bag`dodga  xalifalikning  turli 

tomonlaridan  kelgan  olimlar  yig`ilganligi,  uning  yirik  ilmiy  markazga 

aylanganligi  tuyfayli  Forobiy  ham  ilm  olish  istagida  Bag`dodga 

jo`naydi.  Bag`dodda  Farobiy  o`rta  asr  fanini,  turli  fan  sohalarini 

o`rganadi.  Masalan,  unga  Yunon  tilida  Abu  Bashar  Matta  (Matta  ibn 

Yunus),  tibbiyot  va  mantiqdan  Yuxanna  ibn  Haylon  (Jilon)  ta`lim 

bergan. Umuman, Farobiy Bog`doda matematika,  mantiq, tibbiyot, ilmi 

nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug`ullandi, 

turli tillarni o`rgandi. 

Ba`zi manbalarda Farobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. 

Abu  nasr  Farobiy  qomusiy  olim  hisoblanadi.Tadqiqotchilar  uning  160 

dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. 

Farobiy  taxminan  941  yillardan  boshlab  Damashqda  yashaydi.  Shahar 

chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, 

ilmiy  ish  bilan  shug`ullanadi.  943-967  yillarda  esa  Halabda  yashaydi. 

949-950  yillarida  Misrda  ham  bo`lgan.  So`ng  yana  Damashqga  qaytib, 

shu  yerda  950  yilda  vafot  etgan.  Damashqdagi  «Bob  as  –  sag`ir» 

qabristoniga  dafn  qilingan.  Rivoyatlarga  ko`ra  Abu  Nasrning  hikmat 

falsafani  o`qishiga  bir  kishi  sabab  bo`lgan  ekan.  O`sha  kishi  unga 

Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman 

deb  qo`yib  ketgani  sabab  bo`lgan,  deyishadi.  Ittifoqo,  kitoblarga  ko`zi 

tushib,  ularning  Abu  Nasrning  ko`ngliga  ma`qul  bo`lib  qoladi  va 

o`qishga  kirishadi  natijada  yetuk  faylusufga  aylanadi.  Haqiqatdan  ham 



 

Abu  Nasr  Farobiy  o`rta  asr  davri  ilm  –  fani  taraqqiyotiga  katta  hissa 



qo`shgan  olim,  Farobiy  tabiiy,  ilmiy  va  ijtimoiy  bilimlarning  barcha 

sohalarida  ilmiy  ish  olib  borgan.  Farobiy  o`zidan  keyin  juda  boy  ilmiy 

meros  qoldirgan.  Falsafa,  musiqa,  filologiya  va  boshqa  tabiiy,  ilmiy 

bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Farobiy inson baxt 

–  saodatga  erishuvi  uchun  ularni  baxtli  –  saodatli  qila  oladigan  jamoa 

rahbari  bo`lishi  kerak  deydi.  U  fozil  shaharni  boshqaradigan  Hokim 

tabiatdan:  1  –  sog`  –  salomat  bo`lib,  o`z  vazifasini  bajarishda  hech 

qanday  qiyinchilik  sezmaligi;  2  –  tabiati  nozik,  farosatli;  3  –  xotirasi 

mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 

–  bilim-ma`rifatga  havasli,  7  –  taom  yeyishda,  ichimlikda,  ayollarga 

yaqinlik  qilishda  ochofat  emas,  aksincha,  o`zini  tiya  oladiga  bo`lishi 

(qimor yoki boshqa o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8  - 

haq  va  haqiqatni,  odil  va  haqgo`y  odamlarni  sevadigan,  yolg`onni  va 

yolg`onchilarni  yomon  ko`radigan,  9  –  o`z  qadrini  biluvchi  va  oriyatli 

bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – 

qat`iyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy 

bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi. 

Farobiy  o`zining  fozil  jamoasida  odamlarni  turli  belgilarga  qarab 

guruhlarga  bo`ladi.  Bunda  u,  kishilarning  diniy  mashabiga,  millatiga, 

irqiga  qarab  emas,  balki  tabiiy  hususiyatlariga,  qobiliyatlariga,  aqliy 

iqtidoriga, bilim ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning 

«Baxt  saodatga  erishuv  yo`llar  haqida  risola»  asarida  «Davlatning 

vazifasi insonlarni baxt  – saodatga olib borishdir,  - deb yozadi. U,  - bu 

esa  ilm  va  yaxshi  axloq  yordamida  qo`lga  kiritadi».  Farobiy  davlatni 

yetuk  shaxs  boshqarishi  lozim  deydi;  ya`ni  jamoani  idora  etuvchi 

adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, 

kelgusini  oldindan  ko`ra  bilishi,  boshqalarga  g`amxo`r  bo`lishi  lozim 

deydi.  



Download 301,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish