Kurs ishining obyekti: 3-sinf “O`qish kitobi” darsligida berilgan “9-may- xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallarini o`rganish yo`llarni hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: 3-sinf “O`qish kitobi” darsligida berilgan “9-may- xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallari.
Kurs ishining metodlari: analiz va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, pedagogik kuzatish va mavzuga doir mavjud adabiyotlarni tahlil qilish.
Tadqiqotning metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Boshlang`ich ta’lim konsepsiyasi”, “Boashlang`ich ta’lim DTS va o`quv dasturi”, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi”, Prezidentimizning asarlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari, mavzuga doir ilmiy-metodik adabiyotlar.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, II bob, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I bob. 3-sinf “ O`qish va nutq o`stirish” dasturining mazmun mundarijasi va 3-sinf o`quvchilari o`zlashtirishi zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar.
1.1. 3-sinf “O`qish va nutq o`stirish” dasturi va undagi o`quvchilar o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar.
Bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishning birdan bir yo`li ta’lim standart tizimini tinmay takomillashtirish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zero, ilm olish yo`lidagi izlanish insonning e’tiqodi va dunyoqarashini shakllantiradi, ma’naviy-ahloqiy kamolot sari yetaklaydi.
“Ta’lim to`g`risida” gi qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi Davlat ta’lim satandartlari doirasida hammaning bilim olish imkoniyatlarini yaratilishi bilan belgilanishi bejiz emas.
Boshlang`ich ta’lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tili o`qitish asosiy o`rin egallaydi. Bunda ayniqsa, o`qish darslarining juda katta ahamiyati bor. 1-sinfda savod o`rgatish yakunlangach, o`qish darslari boshlanadi va 2-4 sinflarda izchil davom ettiriladi.
Sinfda va sinfdan tashqari o`qish dasturining mazmuni kichik yoshdagi o`quvchilarda ona-vatanga muhabbat uyg`otish maqsadlariga hizmat qiladi. O`qish bolalarning nutq boyligini o`stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o`rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang`ich ta’lim tizimida muhim o`quv predmeti ta’lim berish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi.
O`qishga o`rgatishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
boshlang`ich o`quv malakalarini (to`g`ri va ifodali o`qishni) takomillashtirish;
bolalarni o`qigan asarlarining adabiy estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarning mohiyatini anglash va undan muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;
bolalarda yuksak axloqiy qarashlar va nafosat tuyg`usini tarbiyalash;
o`quvchilarni matn ustida ishlashga o`rgatish;
o`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.
Bu vazifalar dasturda berilgan badiiy, adabiy asarlar, jumladan, xalq ogzaki ijodi na’munalari asosida amalgam oshiriladi. Har bir sinf o`qish dasturi quyidagi bilimlarni o`z ichiga oladi:
o`qish mavzulari va yod olish uchun asarlar;
o`qish ko`nikmasi va malakalari;
matn va bog`lanishli og`zaki nutq ustida ishlash;
sinfdan tashqari o`qish;
O`qish dasturini ytuzishda g`oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o`quv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo`lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o`z ichiga oladi. O`quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o`qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O`tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o`qish orqali o`quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi.
Ona yurt daxlsizligi yo`lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalaydi.
3-sinf o`quv dasturidan o`rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o`quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’daniy-ma’rifiy, hayotiy va xalqimizning bun yodkorlik yo`lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag`ishlangan mavzularini o`rganish o`quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg`ularini tarbiyalashda alohida o`rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g`urur tuyg`ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.
1-sinfning o`quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarini o`qiydilar.
2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo`lmagan vatan , ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.
3 va 4-sinflarda o`qish dasturida mavzular ko`lami ancha kengayadi. Bu sinflarda o`qish darslarining kattagina qismi asarni o`qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o`qishlar, o`qilgan matnlar mazmuni bilan uzviy bog`langan bo`lishi, mavzuga qiziqish uyg`otishi, o`quvchilarni his-hayajon bilan o`qishga tayyorlashi va asarlarni to`g`ri tushunishiga yordam berishi zarur.
Darsda o`quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo`lib o`qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og`zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3-sinf o`qish darslari oldiga qo`yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog`liq bo`lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o`zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o`zaro bog`liq bo`lishi lozim.
Bolalarni o`qishga o`rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko`riladi. Buning uchun o`quvchi madaniy-maishiy va boshqa sohadagi turli korxonalarga sayohatlar uyishtiradi, tabiat hodisalari yuzasidan kuzatishlarni tashkil etadi.
O`qish darslarini boshlarida go`zallikka muhabbat uyg`otadigan, poklik tuyg`ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o`tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o`stiradigan musiqiy va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog`langan bo`lishi kerak. O`qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o`zaro bog`lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to`g`ri tushunish va qadrlash ko`nikmalarini o`stiradi, o`quvchilarning shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
O`qish mashg`ulotlarini o`tkazish jarayonida o`quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko`rinishi bo`lgan ko`nikmalari matn va kitob ustida ishlash, o`quvchilarning bog`lanishli nutqini rivojlantirish nazarda tutiladi.
3-sinfning o`qish darslarida to`g`ri, tez o`qish, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini o`stirish va takomillashtirish zarur. Bunga asarni va uning qismlarini o`quvchilarga bir necha marta qayta o`qitish bilangina erishish mumkin. Bolalar o`qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o`rganadilar. Matn ustida ishlash o`qituvchi rahbarligida olib boriladi.
3-sinfda so`zlarni butunicha sidirg`a o`qish ko`nikmasi to`la shakllanadi. Bu esa o`quvchilarda ongli va ifodali o`qishga qo`yilgan talablarni o`stirish imkoniyatini beradi.
O`qish darslarida bolalarning matn mazmunini o`zlashtirish ustida mustaqil izlanishlari, hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashlariga, o`zaro bog`lanish sabab-natijalarini aniqlashlariga alohida ahamiyat beriladi. Matnning badiiy xususiyatlarini, tasviriy vositalarni aniqlash ustida ishlash davom ettiriladi. O`quvchilarni o`z nutqlarida maqollardan, hikmatli so`z va iboralardan foydalanishga, so`zlarni to`g`ri tanlashga, gap qurilishidan ( so`zlarning bir-biriga bog`lanishidan) to`g`ri foydalanishga o`rgatish talab etiladi. O`qish darslarida o`quvchilarning so`zlarni adabiy qoidalarga muvofiq etishlari talab etiladi.
3-sinfda ta’lim mazmunini belgilovchi ko`rsatkichlar boshlang`ich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi o`qish mazmuning negizi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
mavzu doirasi: Vatan, vatan o`tmishli hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari, hayoti, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat, mavsumiy o`zgarishlar;
janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez aytish, she’r, latifa ,lof;
kitob bilan ishlash;
so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish, bo`g`inlab o`qishdan ongli, sidirg`asiga(tekis) tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga erishish;
o`zbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini o`qish;
yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida to`laroq tushuncha hosil qilish;
badiiy asrlarni sharhli, ifodali o`qish;
asar mazmuni va voqealari o`rtasidagi bog`lanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;
o`qigan asrlari yuzasidan o`z fikr mulohazalarini og`zaki va yozma tarzda izchil ifodalash;
so`z boyligini oshira borish va nutqida faol qo`llash;
o`qigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;
nasriy asar mazmunini to`liq, qisqartirib, shaxsini o`zgartirib hikoyalash;
badiiy asarlarini o`zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.
3-sinf o`quvchilarining o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar quyidagilardir.
O`quv yili yakunida 3-sinf o`quvchisining tayyorgarlik darjasiga qo`yiladigan talablar:
Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, rivoyat, hikoyat, masal, ibora, afsonani janriga ko`ra farqlay olish;
badiiy asar mazmuniga munosabat bildira olish;
Ko`nikma:
matndagi so`zlarning ma’nolarini izohlay olish;
maktab kutubxonasidagi kitoblardan unumli foydalana bilish;
asardagi qahramonlar haqida kichik hikoya tuza olish;
bolalar yozuvchilaring turli janrdagi asarlarini mustaqil ravishda tanlab o`qiy olish
Malaka:
ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qo`shiqlari, qissalardan parchalarni to`g`ri, ongli, ifodali, sidirg`a o`qish;
o`qilgan badiiy asarga reja tuzish;
asar mazmunini qayta hikoyalashda o`xshatish;
asar mazmunini qisqartirib, qayta hikoyalash;
o`qigan asari yuzasidan o`z fikr-mukohazalarini erkin bildirish;
bir daqiqada 60-70 ta so`z o`qish;
o`quv yili yakunida 15 ta she’rni yoddan ifodali aytib berish;
mustaqil o`qish uchun bir mavzu doirasida bir nechta asar tanlay bilish va ifodali o`qish;
o`qilgan asar asosida kichik sahnalar qo`yish.
Ko`rinadiki, 3-sinf “O`qish va nutq o`stirish” dasturi DTSdan kelib chiqqan holda tuzilgan. U o`quvchilarni har tomonlama rivojlanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |