2.2. Bo`limdagi Muhammad yusufning “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” she’rini o`rganish.
Yosh avlod ongida ma’naviy barkamol inson ruhini shakllantirishda boshlang`ich ta’limda yetakchi o`rinni egallagan o`qish va nutq o`stirish darslarining ahamiyati kattadir. Chunki o`qish va nutq o`stirish mashg`ulotlari orqali bolalarga faqat bilimgina emas, tarbiya ham berib boriladi. O`sib kelayotgan yosh avlodda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish har bir o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog`i lozim. Boshlang`ich sinf o`qish va nutq o`stirish materiallarining timatikasi va mazmuni o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirishni ko`zda tutadi. Binobarin, 3-sinf “O`qish kitobi” darsligining
“9-may - Xotira va qadrlash kuni” bo`limida berilgan atoqli o`zbek shoiri Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” she’ri ham shu maqsadni ko`zda tutadi. She’r ravon o`qilishi, qofiyasi o`ynoqiligi bilan ajralib turadi. Zero, she’rning o`zi ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his tuyg`uifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq sifatida ajralib turadi. Boshlang`ich sinflarda she’rni o`qiganda kichik yoshdagi o`quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetic tasviridan hayajonlanishlariga erishish muhim ahamiyatga ega.
M.Yusufning “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” she’rini o`qish darsida asosiy ish turi ifodali o`qish hisoblanadi. 3-sinf o`quvchisi oldingi sinflarda ifodali o`qish malakasini egallagan bo`ladi. Bu she’rni o`qish va tahlil qilish o`qituvchidan katta mahorat ta’lab qiladi. Agar, she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashilsa, bunday holda she’r ma’nosining satrlar, so`zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o`quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Shuningdek, sheriy ohangni his qilmaslik, matn so`zlarini to`la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg`ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi. Shuning uchun o`qituvchi she’rni o`qishdan oldin mazmuni yuzasidan suhbat uyushtiradi, uning matnidagi o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lgan so`zlarning ma’nosini doskaga yozib tushuntirib beradi. She’rni o`rganishda “shahid”, “qadoq”, “qayinbarg”, “fig`on” kabi so`zlar ma’nosiga izoh beriladi.
She’rni o`qishdan oldin ona yurtimiz, mustaqil O`zbekiston haqida, uning o`tmishdagi hayoti, istiqlol, hozirgi baxtli hayotimiz haqida suhbat o`tkaziladi. Ma’lumki O`zbekiston 1991-yilda o`zmustaqilligini e’lon qildi va 1-sentabr kuni “Mustaqillik kuni” deb e’lon qildi. Ammo istiqlol uchun necha asrlardan beri xalqimizning eng buyuk farzandlari o`z jonini fido qilmadilar. Mana shular yuzasidan o`qituvchi suhbat o`tkazadi. She’rni o`qish darsida Vatanimiz o`tmishi, buguni tasvirlangan rasmlardan, filmlardan ham foydalanish mumkin. Shundan so`ng she’r ifodali o`qiladi:
Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor.
O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim,
Ko`ngling to`la shahid o`glonlaring bor.
She’r to`rt banddan iborat. O`qituvchi har bir bandni tinish belgilar va ohangga rioya qilgan holda ifodali o`qiydi, uni o`quvchilar o`zlashtirib olishiga diqqt qiladi.
Ko`rinadiki, boshlang`ich sinflarda ko`rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o`qish hisoblanadi. She’rni ham o`quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o`qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o`quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O`qituvchi sherni shunday ifodali o`qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so`z kuchliroq ta’sir etsin. So`ngra she’rni mustaqil o`qish topshiriladi. O`qish oddiy bo`lishi kerak. O`qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandchilik, qahr-g`azab hissini qichqiriq ovoz bilan sohta ifodalashga yo`l qo`ymaslik zarur. Bolalar she’rni o`qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.
Shundan so`ng, she’r o`quvchilarga navbat bilan o`qittiriladi, uning mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o`tkaziladi. Unda quyidagicha savollar berilishi mumkin: “She’r nima haqida ekan?”, “Ona yurtning qanday armonlari bor ekan?”, “Nima uchun shoir o`tmishni o`ylab joni qiynaladi?”. O`qituvchi berilgan javoblarni to`ldirib, o`quvchilarning Vatan armoniga doir tushunchalarini boyitadi.
She’rning to`la mazmuni uch to`rt o`quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to`ldiriladi.
She’r matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo she’r mazmuni haqida o`quvchilarga ko`p savol berish tavsiya etilmaydi. O`quvchilar she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o`zi kifoya.
M.Yusufning “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” she’rni izohli o`qish darsining tuzilishi quyidagicha bo`lishi mumkin:
She’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o`qib berish (birinchi sintez);
She’rda tasvirlangan payt, hodisa haqida suhbat (analiz);
She’rni ifodali o`qishni mashq qilish (ikkinchi sintez) ;
She’rni yod aytib berishga tayyolanish.
Shu asosda « Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor » she’rini o`rganish darsi ishlanmalari quyidagicha bo`lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |