Aksiz so`zi Fransuz tilidan kelib chiqqan bo`lib, kesib tashlash degan ma’noni anglatadi. Aksiz solig`i tovarlar narxi ustiga qo`yiladi va sotilganda shu qismi kesib olinib, byudjetga o`tkaziladi. Mazkur soliq tovarlar narxi ustiga qo`yiladigan bilvosita soliqlardan biri bo`lib, davlat byudjetini to`ldirishda muhim rol o`ynaydi. U byudjet tushumlarining 14 foizini tashkil etadi
Aksiz solig`ining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
1.Aksiz solig`i tovarlar narxi ustiga qo`shimcha ravishda qo`yiladi va mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi va samaradorligiga bog`liq ham emas, ta’sir ham etmaydi.
2.Aksiz ko`pincha ayrim tovarlarga talab ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori va barqaror bo`lgan hollarda paydo bo`ladi. Natijada ishlab chiqarish va sotish sharoitlari ancha qulay bo`lgan tovarlar ortiqcha daromad keltiradi. Ana shu ortiqcha yoki qo`shimcha daromad aksiz solig`i sifatida byudjetga olinadi. Bunday qilinmaganda korxonalar bu qo`shimcha daromadni unga hech qanday sarf-xarajat qilmasdan olishlari mumkin bo`ladi.
3.Aksiz solig`i jamiyat uchun iste’mol qilish zarur bo`lmagan tovarlarga ko`proq qo`yoiladi-alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari. Bundan asosiy maqsad mazkur tovarlar iste’molini kamaytirish hisoblanadi.
4.Aksiz solig`i ham boshqa bilvosita soliqlar singari birinchi navbatda o`zining fiskal funktsiyasini to`liq bajaradi va davlat byudjetini to`ldirishda katta rol o`ynaydi. U joriy etilgan paytlarda faqat qimmatbaho buyumlar, yoki katta daromad keltiradigan tovarlarga qo`llanilgan bo`lsa, keyinchalik boshqa tovarlarga ham qo`yila boshladi.
5.Aksiz tabiiy monopoliyalarda ham narx belgilashda keng qo`llaniladi va
ular olishi mumkin bo`lgan ortiqcha foyda aksiz sifatida davlat byudjetiga olinadi. Aksiz solig`i narxda hisobga olinadigan sof daromadning byudjetga undiriladigan qismidir.
6.Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar aksiz markalari bilan majburiy tartibda markalanadi.
O`zbekistonda aksiz solig’i 1992 yilda qo`shilgan qiymat solig’i bilan birgalikda oborot solig’i va sotuvdan olinadigan soliqlar o`rniga joriy qilingan. Aksiz solig’i individual xarakterga ega bo`lib, faqat aksiz osti tovarlarga va ayrim xizmatlarga nisbatan qo`llaniladi. Aksiz solig’i Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o`rin egallaydi.
Aksiz solig`i to`lovchilar.
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar.
4) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar.
5)telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari)
6)O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
8.2. Soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Акциз солиғи
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 06.10.2021 й. ПФ-6319-сонли Фармонига мувофиқ 2021 йил 1 октябрдан бошлаб табиий газни экспортга реализация қилишда акциз солиғи ставкаси ноль фоиз (амалда 20%) қўлланлиши белгиланган эди.
Шу боис, Солиқ кодексининг 284-моддаси иккинчи қисми 1-бандига киритилган ўзгартиришларга мувофиқ, акциз тўланадиган товарларнинг айрим турлари акциз солиғи бўйича солиқ солиш объектидан чиқариб ташланмоқда.