Odam organizmi faoliyatini yuritishi uchun eng zaruriy shart – sharoit – bu
qonning suyuq xolatidir. qonni suyuq xolatda saqlash uchun qon ivish tizimi
(gemokoagulyatsiya) yordam berishi bilan birga uning tromb hosil bo’lishiga to’sqinlik
qiladi. Shu bilan birga gemorragiyalar hosil bo’lishi, qon ketishlarning oldini oladi.
Gemostazning tomirli xalqasi. Fiziologik sharoitlarda trombositlar tomir devorining
endotelial xujayralariga yopishmaydi. Endotelial xujayralar trombositlar faoliyatini
so’ndiruvchi prostasiklin ishlab chiqarishi bunga ko’maklashadi. Tomir devori
tashqari trombositlar 10 dan ortiq ivish jarayonida ishtirok etadigan omillarni saqlaydi
vujudga keladi, yaradan birlamchi qon ketishini cheklaydi va gemostatik moddalarni
6
Shu bilan bir vaqtda qon shikastlangan tomir devori bilan o’zaro ta’sirga kiradi.
Trombositlar zararlangan endotelial xujayralarga va bazal membranaga yopishadi
(adgeziyalanadi), keyin esa o’zaro bir – biriga yopishadi (agregasiya).
Bu paytda normada faol bo’lmagan plazma faktorlari ketma – ket faollashadi,
aktiv enzimlarga aylanadi, avval trombositar agregatlar nuqsonli tomir soxasida hosil
bo’ladi, keyin esa uning asosida qon quyqasi tromb hosil bo’ladi. Ko’p bosqichli,
murakkab, kaskadli fermentativ jarayon yuz beradi, qon quyqasi hosil bo’lishi va qon
ketishining to’xtashi bilan tugaydi. Butun jarayon 2 minut davomida davom etadi.
qon quyqasida trombositlarning fibrin tolalarini cho’zishi xususiyati xisobidan
qon quyqasining retraksiyasi yuz beradi. Buning natijasida quyqa xajmi kichrayib,
undan qon zardobi “sizilib” chiqadi.
Normada qon quyqasining retraksiyasi 0,3—0,5 (111—IV daraja) ga teng.
Fibrinolizin ta’siri ostida quyqa lizisi, tomir o’tkazuvchanligining tiklanishi va
qon aylanishi yaxshilanishi ro’y beradi.
Gemostazning trombositar xalqasini baxolashda qon ketish vaqtiga qarab
aniqlanadi (Dyuk bo’yicha). Skarifikator bilan barmoq yoki quloq yumshoq qismi
sanchiladi va chiqayotgan qon filtrli qog’oz bilan xar 15 – 30 sekundda olinadi.
Birinchi qon tomchisi paydo bo’lganidan filtrli qog’ozda uning yo’qolishi
paytidagi vaqt qon ivish vaqti xisoblanadi. (normada u 2-4 minut davom etadi). Bu
ko’rsatkichning uzayishi trombositlar miqdorining kamayishi yoki ularning
funksiyasining buzilishidan dalolat beradi.
Qon ivish vaqtining uzayishi gemostazning plazma xalqasi buzilishidan dalolat
beradi. qon ivish vaqtining ko’rsatkichlari foydalaniladigan uslubga bog’liq. qon ivish
vaqtining plazma xalqasini aniqlash uchun Moravits usulidan foydalanish mumkin.
Bunda buyum oynasiga barmoqdan yoki quloq yumshoq qismidan tomchi olinadi.
Keyin xar 30 sekund davomida shisha tayoqcha bilan ustidan yurgiziladi. Ivish
vaqtining boshlanishi birinchi fibrin tolasining ipchasi paydo bo’lishi deb belgilansa,
oxiri qon quyqasi hosil bo’lishi deb qabul qilinadi.
Qon ivish vaqtini aniqlash usuli
Do'stlaringiz bilan baham: