8
“qizil qon” ning klassik parametrlari (N, eritrositlar. Rang ko’rsatkich)dan tashqari
amaliyotda boshqa ko’rsatkichlardan xam foydalaniladi (anemiyaning turini aniqlashda
yordam beradi).
Eritrositlar ko’rsatkichlari
Ko’rsatkich
qisqartma
Xisoblash
Norma
Eritrositlarning
o’rtacha xajmi
MCV
(mean
cell
volume)
Gematokrit,
eritrositlar
YAngi
tug’ilgan
chaqaloqlar
102—116
femtolitr
1oylikda 93 -
115 femtolitr
6oy 82 —
100 femtolitr
1 yosh 81 —
95 femtolitr
3 yoshdan
keyin 80 — 95
femtolitr
Birta eritrositda N
ning
o’rtacha
miqdori
MSN (mean
corpuscular
hemoglobin)
N, eritrositlar
27—31
pikogramm
Eritrositda N, ning
o’rtacha
konsentrasiyasi
MCHC (mean
corpuscular
hemoglobin
concentration))
N, gematokrit
33-37 gG’dl
Eritrositlarning cho’kish tezligi (EChT).
Eritrositlar cho’kish tezligi kapillyarning yuqori qismida plazmaning
(millimetrlarda) bir soat davomida hosil qilgan ustuniga qarab belgilanadi. Bu uchun
bemor qoni shisha kapillyarga olinib, tik qo’yiladi, eritrositlar vazni og’irligi tufayli
pastga cho’kadi.
Erkaklarda EChT o’rtacha 5-9 mmG’soatga, ayollarda esa 8-10 mmG’ soatiga.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda bu ko’rsatkich kattalarga nisbatan kamroq.
YAngi tug’ilgan chaqaloq qoni
Chaqaloqlik davrida qizil suyak ko’migining funksional labilligi xarakterli
bo’lib, tezda sarflanishi mumkin. Organizmga tashqi muxitning nojo’ya ta’sirlari ostida
(infeksiya, og’ir anemiya va xok.) erta yoshdagi bolalarda qon hosil bo’lishi embrional
tipdagi gemopoezga qaytishi mumkin.
9
Qonning xajmi quyidagicha:
– YAngi tug’ilgan chaqaloqlarda — 14,7% tana vaznini, ya’ni 140—150 mlG’kg;
– Kattalarda — 5,0—5,6% tana vaznini, ya’ni 50—70 mlG’kg ni tashkil etadi.
YAngi tug’ilgan sog’lom chaqaloq periferik qonida ba’zi bir ko’rsatkichlar
kattalarnikiga nisbatan yuqori:
– N konsentrasiyasi (180-240 gG’l);
– Eritrositlar miqdori (5-7 x-1012G’l);
– Rang ko’rsatkichi ( 1,1 gacha).
Bu ko’rsatkichlar intensiv eritropoezdan dalolat beradi — homila ichi va tug’ruq
paytida homilaning to’liq kislorod bilan ta’minlana olmasligi natijasida. Tug’ruqdan
keyin tashqi nafas faoliyati tiklangandan so’ng gipoksiya giperoksiya bilan o’rin
almashadi. Bu o’z o’rnida eritropoetinlar ishlab chiqishini kamaytiradi, eritropoezni
so’ndirib, natijada eritrositlar miqdori va N konsentrasiyasining pasayishiga olib
keladi. Bundan tashqari HbF saqlagan eritrositlar yashash davri qisqa (12 kun)
bo’lganligi sababli gemolizga tez uchraydi.Eritrositlar parchalanishi tranzitor sariqlik
ko’rinishida kechib, bola xayotining 3 kunidan boshlab namoyon bo’ladi va fiziologik
norma xisoblanadi.YAngi tug’ilgan chaqaloqlar eritrositlari polixromatofilli bo’lib, xar
xil kattalikka ega (anizositoz) makrositlar ustunligi bilan.
Bola xayotining birinchi soatlarida retikulositoz 2,2—4,2% ni tashkil etadi,
kattalar va bir oydan katta bolalarda retikulositlar miqdori 0,6-0,8% bo’lishi kuzatiladi.
Normada qonda eritrositlarning yadroli formalari- normoblastlar aylanib yurishi
mumkin. YAngi tug’ilgan chaqaloqlarda leykositar formula o’zining xususiyatlariga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: