Mavzu №5 Web texnologiyalarga asoslangan test topshiriqlarini yaratish va test natijalarini monitoring qilish metodikasi



Download 40 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi40 Kb.
#527319
Bog'liq
Web texnologiyalarga asoslangan test topshiriqlarini yaratish va test natijalarini monitoring qilish metodikasi


Mavzu № 5 Web texnologiyalarga asoslangan test topshiriqlarini yaratish va test natijalarini monitoring qilish metodikasi

Test (inglizcha – test – tajriba, sinov) diagnostika metodi bo‘lib, standart savollar beriladi.


Test sistemasi o‘quvchilarni baholashning boshqa ko‘rilgan metodlariga qaraganda qanday afzallikka ega? Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savollarga jabov beramiz.





  1. Barcha o‘quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).

  2. Ma’lum vaqt ichida ham o‘quvchilarning keng doirasini, ham mavzuning to‘liq mazmunini qamrab olish mumkin.

  3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining xolisligini ta’minlaydi.

  4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o‘rtasida subektiv fikrni yo‘qqa chiqaradi.

  5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.

  6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.



4– rasm. Testlarning turlari.
Testlarni bir qancha turlari mavjud: eslash va to‘ldirish uchun testlar; tanlov testlari. Tanlov testlari o‘z navbatida alternativ, ko‘p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo‘linadi.
Birinchi turdagi testlar o‘quvchilarga gapdagi yoki bog‘lovchi matndagi bo‘shliqlarni to‘ldirish vazifasini qo‘yadi. Masalan:
1-test. Qolib ketgan so‘zni qo‘ying.
Belgili o‘zgaruvchanlik -- bu .... ga olingan belgilar ketma-ketligi.
A). Qo‘shtirnoq.
В). Qavs.
С). Figurali qavs.
D). apostrof
Muqobil test - bu o‘quvchi ikkita “ha yoki yo‘q” javoblarini tanlash kerak bo‘lgan vazifalar.
2-test. 1 Bayt 8 bitdan iboratmi?
A). Ha
В).Yo‘q

Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo‘lib, bu vazifalar bajarilgandan so‘ng o‘quvchi olgan natijalar va taxmin qilingan natijalar o‘rtasida muvofiqni tekshiradi.


3-test. Har bir son uchun Paskal tilida yozuv toping.
a) 7 1) 3.E -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.E 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
d) 0,00000000003 5) 6.0
ye) 4 *1027 6) 9.91.E-12
j) 2,34455628921 7) 1.2E-4
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko‘p tanlov testlari vazifa va javoblar to‘plamidan (javoblardan biri to‘g‘ri) iborat. O‘quvchi ushbu to‘plamdan uning fikriga to‘g‘ri hisoblangan javobini tanlash kerak.
4-test. Beysik-bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikqilangan kod tili.
Hozirgi vaqtda bir necha xil ARM “Test” lari mavjud. Ularning har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Ammo kompyuterda test olish ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchi ishida yengillik yaratadi.
1.Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.


  1. Informatika fanining bitta mvzusi bо‘yicha о‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun har xil turdagi testlardan 5 tadan tuzilsin.

  2. Kompyuterdan test olish usullarining ijobiy tomonlarini aniqlang.



Savollar


  1. Informatika fanidan о‘quvchilar bilimini nazorat qilishning maqsad va vazifalari qanday?

  2. Siz informatika fani bо‘yicha о‘quvchilar bilimini nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang.

  3. Test deganda nimani tushunasiz?

  4. Testlarning qanday turlari mavjud?

  5. Qanday qilib testni tо‘g‘ri tuzish mumkin? Misol keltiring.

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish