Mavzu: 22-sonli bhms va uni amaliyotga qo'llash muammolari Reja: Kirish


Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalashtirish



Download 113,08 Kb.
bet6/7
Sana24.11.2022
Hajmi113,08 Kb.
#871664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22-Bhms

Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalashtirish
Hisobot sanasidan keyin 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar faqat quyidagi shartlarda joriy bo‘lmagan majburiyatlar sifatida tasnif etilishi kerak:
Dastlabki muddat 12 oydan uzoqroq bo‘lsa;
Sub’ekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa;
Bu niyat moliyaviy hisobot ma’qullangunga qadar to‘ldiriladigan qayta moliyalashtirishga yoki to‘lovlar tarkibiy jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan bitim bilan qo‘llab-quvvatlansa,.
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim etishni qo‘llab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda yoritib berilishi kerak.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning turli jihat rekvizitlarini aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi kerak. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy elementlari hisoblanadi:
1. Moddiy aktivlar;
2. Nomoddiy aktivlar;
3. Moliyaviy aktivlar;
4. Zaxiralar;
5. Debitorlik qarzi;
6. Pul mablag‘i va pul ekvivalentlari;
7. Kreditorlik qarzi;
8. Ajratmalar;
9. Foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
10. Xususiy kapital va zaxiralar.
Mazkur standartda buxgalteriya balansini taqdim etish zarur bo‘lgan tartib yoki shakl ko‘rsatilmaydi. Buxgalteriya balansining shakli alohida BHMS «Buxgalteriya balansi»da keltirilgan.77-banddagi majburiy talablar zaxiralarni aks ettirish uchun alohida satrlarni o‘z ichiga oladi.9
Taxminiy baholashdan ko‘proq darajada foydalanish orqali baholanishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Sub’ektni va kredit bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qo‘shimcha muhofaza qilishni ta’minlash uchun qonun hujjatlari yoki ustavda zaxiralarni tashkil etish ko‘zda tutiladi.
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar
Sub’ekt tushuntirishlarda quyidagilarni yoritib berishga majbur:
1. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasi bo‘yicha:

  • E’lon qilingan aksiyalar soni;

  • Chiqarilgan, haqi to‘la to‘langan, chiqarilgan, lekin haqi to‘la to‘lanmagan aksiyalar soni;

  • Aksiyalarning nominal qiymati;

  • Yilning boshida va oxirida haqi to‘lanmagan aksiyalar sonining kamayishi;

  • Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qoplashga doir cheklash;

  • Jamiyatning o‘ziga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qarashli sho‘ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar;

  • Opsion va savdo kontrakti bo‘yicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari.

Xususiy kapitaldagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
Majburiyatlarda aksiyadorlar (ta’sischilar, ishtirokchilar) yig‘ilishida rasman ma’qullanmagan dividendlarni (daromad) to‘lash uchun summalarning mavjudligi.Sub’ekt xususiy kapitaldagi o‘zgarishlarni aks ettirishi lozim va bunda quyidagilarni alohida ko‘rsatishi zarur:
Davr boshida va hisobot sanasida jamg‘arilgan foyda yoki zararlarning qoldig‘i hamda shu davrda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, jumladan davr uchun sof foyda va aksiyadorlar (ta’sischilar, ishtirokchilar) har bir toifasiga taqsimlanashi;
Xususiy kapital va rezervlarni har bir toifasining joriy summasini davrning boshi va oxirida o‘zgarishlarning miqdori.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini tavsiflaydi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usul bilan ko‘rsatadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilishi kerak bo‘lgan axborotlar
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi majburiy elementlar bo‘lishi lozim:

  • Tushum;

  • Operatsion faoliyatining natijalari;

  • Moliyaviy faoliyat natijalari;

  • Favqulodda foydalar va zararlar;

Davrdagi sof foyda yoki zarar. Qo‘shimcha satrlar, sarlavhalar va yakunlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning yuz tomonida BHMSga muvofiq ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari bo‘yicha tasniflash yo‘li bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak.Xarajatlarni faoliyat turlari bo‘yicha tasniflaydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xarajatlarning turlari bo‘yicha qo‘shimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni, xom ashyo va xalq iste’moli tovarlaridan foydalanish xarajatlari bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarni yoritib berishga majbur.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt pul oqimlari haqidagi hisobotni BHMS «Pul oqimlari haqidagi hisobot» ga muvofiq taqdim etishga majbur.BHMS «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» pul oqimlari haqidagi hisobotni taqdim etish va unga tegishli tushuntirishlarni taqdim etish bo‘yicha talablarni belgilaydi. Mavjud oqim haqidagi axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘ini va pul ekvivalentlarini xo‘jalik sub’ektining ehtiyojlariga yo‘llash qobiliyatini baholash imkoniyatini taqdim etishda foydalidir.Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda xususiy kapitalning harakati, rezervlarni shakllantirish, to‘lash uchun hisoblangan dividendlar to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tuzishda va hisob siyosatida tanlab olingan va qo‘llanilayotgan asos to‘g‘risidagi axborot taqdim etishi;

  • BHMS talab qiluvchi, moliyaviy hisobotning hech bir joyida ko‘rsatilmagan axborotni yoritib berishi;

  • Moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va haqqoniy tasavvur etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tahliliy axborotni taqdim etishi.

Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar tizimli ravishda tushuntirish xati ko‘rinishida taqdim bo‘lishi kerak.Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga havola etilgan holda taqdim etilishi lozim.Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq tushunishga va ularni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi:

  • Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiqligi haqidagi hisobot;

  • O‘lchov asosi va buxgalteriya hisobida qo‘llanilayotgan siyosat to‘g‘risidagi hisobot;

  • Moliyaviy hisobotlarda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot;

  • Quyidagilarni o‘z ichiga olgan boshqa yoritib berishlar:

  • Shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy yoritib berishlar;

  • Moliya bilan bog‘liq bo‘lmagan yoritib berishlar.

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldidan alohida hisobot ko‘rinishida taqdim etilishi kerak.Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatidagi hisob siyosati to‘g‘risidagi bo‘lim quyidagilarni bayon qilib berishi kerak:
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qo‘llanilgan (qo‘llanilayotgan) baholash asosi (asoslari);
Moliyaviy hisobotlarni aniq tasavvur etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hisob siyosatining har bir maxsus qismi;
Hisob siyosatida biror o‘zgarish sodir bo‘lganda tuziladigan tushuntirish hisoboti.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan maxsus hisob siyosatiga qo‘shimcha ravishda hisobotdan foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda qo‘llaniladigan baholash (boshlang‘ich qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymat va balans qiymati) asosini (asoslarini) anglash juda muhimdir. Bu prinsiplar ko‘p jihatdan uzluksizlik va hisoblash prinsiplariga o‘xshash bo‘lib, ular moliyaviy hisobotni tuzishning asosini shakllantiradi. Ular ana shu prinsiplardan ba’zi holatlarda baholash asoslarini tanlab olish imkoniyati mavjudligi bilan farq qiladi.Agar moliyaviy hisobotlarda baholashning bittadan ortiq asosi qo‘llanilsa, masalan, asosiy vositalarning muayyan turini baholashda bitta asos qo‘llanilsa, o‘lchashning alohida asosi qo‘llanilgan aktivlar va majburiyatlar toifasi aks ettirilishini ko‘rsatish zarur.
Hisobotdan foydalanuvchi uchun hisob siyosatining o‘ziga xos jihatlarini yoritib berishning ustuvorligini ko‘rib chiqishda rahbarlar u xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xatarlarini va kelgusidagi pul mablag‘i oqimini baholashga imkon berishini e’tiborga olishi kerak. Hisob siyosatini yoritib berish quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:
1. Foydani aks ettirish:
2. Konsolidatsiyalash prinsiplari;
3. Faoliyat turlarini uyg‘unlashtirish;
4. Birgalikdagi faoliyat;
5. Moddiy va nomoddiy aktivlarning aks etishi va eskirishi (amortizatsiyasi);
6. Jalb etilgan mablag‘lar qiymatining kapitalizatsiya qilinishi va boshqa xarajatlar;
7. Kapital quyilmalar;
8. Investitsiya mulki;
9. Moliyaviy instrumentlar va investitsiyalar;
10. Ijara;
11. Tadqiqot va taraqqiyot bilan bog‘liq xarajatlar;
12. Tovar-moddiy zaxiralar;
13. Soliqlar, jumladan kechiktirilgan soliqlar;
14. Zaxiralar;
15. Xodimlarni saqlab turish;
16. Xorijiy valyutani o‘tkazish;
17. Faoliyat turlarini, jug‘rofiy segmentlarni va xarajatlarni segmentlar o‘rtasida taqsimlash usulini belgilash;
18. Inflyatsiyani hisobga olish;
19. Hukumat subsidiyalari.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, agar boshqa moliyaviy hisobotlarda yoritilmay qolgan bo‘lsa, quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning huquqiy shakli, ta’sis etilgan mamlakat va ro‘yxatga olingan idoraning yuridik manzili (yoki amaliy faoliyat aniq joyi, agar amaliy faoliyatning manzili ro‘yxatga olingan idora manzilidan farq qilsa);
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy faoliyati xo‘jalik muomalalari mohiyatining tavsifi;
Bosh kompaniya yoki guruh bosh kompaniyasining nomi;
Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni.
Xulosa
Xulosa ornida shuni ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ta’lim tizimida juda katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kun ta’lim tizimining bosh maqsadi har tomonlama yetuk kadrlarni yetkazishdir. Buning uchun ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlari yangicha shaklda olib borilmoqda. Ilgargi an’anaviy usullardan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o’tilmoqda. Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning bir bo’lagi modellashtiruvchi metod avvalambor talabalarning mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Bu jarayonda barcha talabalar o’qituvchi boshchiligida darsga qatnashishadi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviyintellektual rag’batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o’zgarishlar kiritadi. O’quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. Talabalarga mutaxasisslikbo’yicha bilimlardan tashqari boshqaruv jarayonini ham o’rgatish lozim. Buni ham biz yuqoridagi metod orqali qo’llay olamiz albbat.
Ushbu kursishini yozish jarayonida shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi faoliyatning bosh bo’g’ini desak yanglishmaymiz albatta. Chunki, bu hisob tizimi orqali biz sub’yektlar faoliyatini qay darajada olib borilayotganini bemalol baholay olamiz. Buning uchun esa biz buxgalteriya hisobining registrlari va shakllarini to’g’ri farqlay olishimiz kerak. Buning uchun bizga qonunchilik tizimidan ham yetarli bilimlar bo’lishi shart. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish bosh masala ekan, shuning uchun na’lim tizimiga e’tiborni kuchaytirish kerak.
Mavzu bo’yicha quyidagi metodik tavsiyalarni bildirishimiz mumkin:

  • Modellashtirish o’yinlarining mazmun-mohiyatini, maqsad vazifalarini tushuntirish talabalarning kasbiy malaka-ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berishi lozim;

  • Modellashtiruvchi o’yin metodida motivatsiya va tasavvurni

shakllantirishga alohida e’tibor berish;

  • Modellashtirish o’yinlarini rejalashtirish va tayyorlashni muvofaqqiyatli amalga oshirish iqtisodiy ta’lim tarbiyaning muhim sharti hisoblanadi;

  • Modellashtiruvchi o’yin metodini o’tkazish jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushuntirish;

  • Modellashtiruvchi o’yin metodini oldindan tushuntirish ta’lim sifati va samaradorligi kafolati ekanligini inobatga olish;

  • Modellashtiruvchi o’yin metodini o’tkazishdan oldin uning didaktik va tarbiyaviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratish lozim.



Download 113,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish