Mavzu: 22-sonli bhms va uni amaliyotga qo'llash muammolari Reja: Kirish


Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish



Download 113,08 Kb.
bet3/7
Sana24.11.2022
Hajmi113,08 Kb.
#871664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22-Bhms

Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymati, buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida, so‘mda qayta hisoblanishi lozim.Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymatini so‘mda qayta hisoblash ushbu chet el valyutasining so‘mga nisbatan Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun mazkur so‘mdagi qayta hisoblash chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning sodir etish sanalari mazkur BHMCning ilovasida keltirilgan.Buxgalteriya hisobida konsignantga nisbatan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasida, ana shu sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha vujudga keladi. Qarzdorlikning keyingi hisobi mazkur BHMSga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni chet el valyutasiga ekvivalentlikda belgilaydigan, o‘zaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta — so‘mlarda amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xizmat ko‘rsatish sanasidan boshlab to‘lov kelib tushgan sanaga qadar davr ichida Markaziy bank kursining o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan kurs farqini moliyaviy faoliyatdan daromad (xarajat) sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib boradilar.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash
Barcha xo‘jalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda o‘lchanishi — pul bilan baholanishi kerak.O‘zbekiston Respublikasida pul birligi — so‘m, uning bo‘laklari — tiyinlardir.Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi.Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutadi.
Korxonalarda buхgаltеriya hisоbini yuritishning аsоsiy mаqsаdi - хo’jаlik sub’еktlarining bаrchа хo’jаlik muоmаlаlаrini rаsmiy rаvishdа hisоbdа аks ettirish vа mа’lum bir dаvrlаrdа fоydаlаnuvchilаrgа zаruriy mа’lumоtlаrni bеrish hisоblаnаdi. Shu bilan birga, korxona xususiy kapitali harakati, o’zgarishi va tarkibini buxgalteriya hisobida hisobga olish, uni moliyaviy hisobotda aniq va to’liq aks ettirish xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun muhimdir. Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo‘lib ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitali bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi.
Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish;
Ta’sischilar tomonidan o’z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi ustidan nazorat o’rnatish;
Ustav kapitalidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish; Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag‘lar bo’yicha valyuta kurslari o’rtasidagi farqlarni to’g’ri hisobga olish;
Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo’yicha hisob-kitoblarni to’g’ri olib borish;
Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. 21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
8310 “Oddiy aksiyalar”,
8320 “Imtiyozli aksiyalar” –aksionerlik jamiyatlarida
8330 “Pay va badallar” – xususiy korxonalarda (xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho’ba korxonalarida, qaram xo’jalik jamiyatlarida). Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo’lib, ularning kreditida ustav kapitalini vujudga kelishi va ko’payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi. Debet 4610 “ Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo’yicha qarzi” Kredit 8300 “Ustav kapitali”, 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar”, 8330 “Pay va badallar”. Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarida oldingi mavjud ustav kapitali va yangi ustav kapitali o’rtasidagi farq gudvill deb atalib, nomoddiy aktiv sifatida hisobga olinadi va quyidagicha aks ettiriladi: Debet 0480 “Gudvill” Kredit 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar” Keyingi davrlarda korxonalarning ustav kapitalini ko‘payishi ta’sischilar safini kengayishi yoki oldingi ta’sischilarning hissalarini oshirilishi, aksionerlik jamiyatlarida esa yangi aksiyalarning chiqarilishi yoki oldingi aksiyalarning nominal qiymati oshirilishi evaziga yuz beradi. Ustav kapitalining bunday yo‘llar bilan ko‘payishi ham yuqorida keltirilgan birinchi yozuv bilan hisobga olinadi.
Davlat korxonalarida ustav kapitalini hisobot yilning sof foydasi evaziga ko‘payishi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)” Kredit 8300 “Ustav kapitali” Ustav kapitalining kamayishi ta’sischilarning hissalarini kamaytirilishi yoki ularni ta’sischilar safidan chiqarilishi, aksionerlik jamiyatlarida esa mavjud aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirilishi yoki aksiyalar sonini kamayishi evaziga yuz beradi. Davlat korxonalarida ustav kapitali summasi hisobot yilning qoplanmay qolingan zararlariga kamayadi. Ustav kapitalini kamayishi hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: 1) Ta’sischilarning hissalari kamaytirilganda yoki ayrim ta’sischilar o‘z hissalari bilan ta’sischilar qatoridan chiqib ketganda: Debet 8330 “Pay va badallar”. Kredit 6620 “Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo’yicha qarz” 2) Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda yoki aksiyalar soni kamaytirilganda: Debet 8310 “Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar” Kredit 6620 “Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz” 3) Davlat korxonalarida hisobot yilning zararlari qoplanganda Debet 8300 “Ustav kapitali“ Kredit 8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” Ustav kapitalining analitik hisobi korxona ta’sischilar va aksionerlari bo‘yicha yuritiladi. Aksionerlik jamiyatlari va aksiya chiqargan ma’suliyati cheklangan jamiyatlar o‘zlarining xususiy aksiyalarini qayta sotish yoki ularni bekor qilish uchun qayta sotib olishlari mumkin. Sotib olingan bunday xususiy aksiyalarning hisobi 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar” schyotlarida yuritiladi. Ushbu schyotlar mos ravishdagi 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlariga kontrpassiv schyotlar bo‘lib hisoblanadi, ya’ni ushbu schyotlarning summalari balansda alohida qatorda oldiga manfiy (-) belgini qo‘yish yoki qizil rang bilan yozish orqali aks ettiriladi. Demak, xususiy kapitalning balans qiymatini topishda hamma vaqt sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati, agar ular mavjud bo‘lsa, chegirib tashlanadi. Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olish vaqtida sotib olingan qiymatida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 «Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar» Kredit 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 6620 “Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz” . Keyingi davrlarda sotib olingan aksiyalar qayta sotilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Sotib olish qiymatidan yuqori qiymatga qayta sotilgan aksiyalarga quyidagi yozuvlar qilinadi: 1) Sotib olish qiymatiga Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti” Kredit 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar” 2) Sotib olish qiymatidan ortiq qismiga Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti” Kredit 9590 “Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar” Sotib olish qiymatidan past qiymatga qayta sotilgan aksiyalarga quyidagi yozuvlar qilinadi: 1) Sotib olish qiymatiga Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti” Kredit 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar” 2) Sotib olish qiymatidan kam qismiga Debet 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar” Kredit 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar” Nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotib olingan aksiyalar bekor qilinganda quyidagi yozuvlar qilinadi: 1) Sotib olish qiymatiga Debet 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar” Kredit 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar” 2) Sotib olish qiymatidan ortiq qismiga Debet 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar”, 8410 “Emission daromad” Kredit 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar”. Sotib olish qiymatidan past qiymatga qayta sotib olingan aksiyalar bekor qilinganda quyidagi yozuvlar qilinadi: 1) Sotib olish qiymatiga Debet 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar” Kredit 8610 “Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar” va 8620 “Sotib olingan xususiy imtiyozli aksiyalar” 2) Sotib olish qiymatidan kam qismiga Debet 8310 “Oddiy aksiyalar”, 8320 “Imtiyozli aksiyalar” Kredit 9590 “Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar” Hususiy kapitalning tarkibiy elementi bo‘lgan qo‘shilgan kapital quyidagi ikkita holatda vujudga kelishi mumkin:
Korxona aksiyalari nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotilganda. Ushbu holatda sotish va nominal qiymatlar o‘rtasida vujudga kelgan farq emissiya daromadi deb ataladi. Ushbu daromad qo‘shilgan kapitalni tashkil etadi va maxsus 8410 “Emission daromad” schyotining kreditida pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) debeti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Emission daromad korxonalarning soliqqa tortiladigan daromadiga kiritilmaydi. Kelgusida emission daromad aksiyalarni nominal qiymatidan past qiymatda sotishdan ko‘rilgan zararlarni, shuningdek sotib olingan xususiy aksiyalarini bekor qilishdan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun ishlatiladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi: Debet 8410 “ Emission daromad”, Kredit 8610 “Sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar”, 8620 “Sotib olingan imtiyozli xususiy aksiyalar”. Emission daromad sifatida to‘planib qolgan qo‘shilgan kapital faqatgina korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga qo‘shiladi va ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Bu prinsipning qo‘llanishi yashirin zaxiralarni tashkil etishga yoki ta’minotni oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko‘rsatishga huquq bermaydi.Mazkur prinsipning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini to‘g‘ri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va ko‘rsatilishi lozim.5
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari kerak.Moliyaviy hisobotda oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni yoritib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur bo‘lsa, yangilanishi kerak.
Moliyaviy hisobotning ko‘rsatkichlarini tuzatish yoki moddalarini tasnif etishda joriy bilan qiyosiylikni ta’minlash uchun qiyoslama summalar qaytadan tasnif etilishi va bir vaqtni o‘zida bunday qaytadan tasnif etishning tavsifi, summasi, sababi yoritib berilishi kerak. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qayta tasnif etish sababini va agar summalar qaytadan tasnif etilgan bo‘lsa kiritilgan o‘zgartishlarning xarakterini yoritib berishi kerak.Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan, ma’lum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning saldosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi.
Yangi standartlarni ishlab chiqish va mavjud standartlarni o‘zgartirish natijasida qiyoslanadigan axborot taqdim etishga talablar doirasi kamaytirilishi mumkin. Yangi va qayta ko‘rib chiqilgan standartlardagi o‘tish qoidalari standartdan birinchi marta foydalanilayotganda qiyoslanadigan axborot taqdim etishni talab qilmasligi ham mumkin.
Shunday holatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin bo‘lmaydigan tarzda to‘plangan bo‘lishi mumkin, bu esa axborotni o‘zgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday holatlarda qiyoslanadigan summalarga kiritilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlarning tavsifi yoritib berilishi lozim.Qiyosiylik prinsipiga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
Barcha miqdoriy axborotlarga nisbatan talablar;
Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv o‘zgarganda oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi kerak.Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etishni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, qayta tasnif etish amalga oshirilgan holda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning sabablari va tavsifi yoritib berilishi kerak.Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchliligini ta’minlash uchun u g‘arazlilikdan xoli bo‘lishi kerak.Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi.Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga ta’sir qilishi mumkin.
Agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.Moliyaviy hisobotlarda bir moddada tavsifi va vazifalari jihatidan o‘xshashlari bilan umumlashtirilishi kerak bo‘lgan yoki alohida ko‘rsatilmasligi kerak bo‘lgan summalar aks ettiriladi.Biroq, yakka tartibda ham, birgalikda ham muhim hisoblangan axborot boshqa axborot bilan to‘lig‘icha umumlashtirilmasligi kerak. Shu munosabat bilan, agar axborotning yoritib berilmasligi foydalanuvchilar moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
Muhimlilik uni o‘tkazadigan alohida aniq holatlarda ko‘rib chiqiladigan moddaning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.Moliyaviy hisobot tavsifi va vazifalari bo‘yicha guruhlarga tarkibiy birlashtirilgan xo‘jalik operatsiyalarini qayta ishlash natijasidir. Mazkur jarayonning yakunlovchi bosqichi bo‘lib moliyaviy hisobotlarda yoki modda ko‘rinishida tushuntirishlarda aks ettiriladigan, qisqa ko‘rinishda tasnif etilgan axborot taqdim etish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotda ayrim ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish yoki ularni boshqa ko‘rsatkichlar bilan bir moddaga birlashtirish ham muhimdir. Shu uchun, agar aktivlar yoki passivlarning, daromadlar yoki xarajatlarning ayrim moddalari muhim bo‘lmasa, bunday hollarda modda yoki moddalar jamining tavsifi va hajmi bir vaqtning o‘zida baholanadi. Holatga qarab moddaning tavsifi yoki hajmi belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.Agar dastlabki axborot muhim bo‘lmasa, BHMSda keltirilgan bunday axborotlarni yoritib ko‘rsatish talablarini bajarishga hojat bo‘lmaydi. Biroq, agar umumiy foydalanishga mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarda muhim axborot boshqa muhim axborot bilan bir moddada birlashtirilgan bo‘lsa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bu axborotni yoritib berish zarur.
Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan bog‘liq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chog‘ida muhimlik tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda sub’ektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida haqqoniy va beg‘araz tasavvur hosil qilishi kerak.Ishonchlilikni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot to‘liq bo‘lishi kerak.6

  1. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni baholash

Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari (bundan konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha tovarlar mustasno) va boshqa aktivlarni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob xujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) «Asosiy vositalar» (ro‘yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) va O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar»ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) muvofiq shakllanadigan, xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.Mazkur BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari;
b) to‘lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) chet el valyutasida xarid qilingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdorlari va ta’sischilari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
v) ustav kapitaliga va aksiyalarga investitsiyalar.
Yuzaga kelgan kurs farqi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xohishiga ko‘ra moliyaviy natijalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda ― to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usuli) yoki jamg‘arish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arish usuli) hisobdan chiqariladi.
Sug‘urta tashkilotlarida kurs farqlarini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usulida kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga paydo bo‘lishiga qarab olib boriladi.
19. 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamg‘arish usuli qo‘llanilmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ― ularning to‘lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
b) qolgan hollarda ― balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan kurs farqlarining o‘rtacha miqdori bo‘yicha olib borilishi mumkin.
Kurs farqini olib borishda qo‘llanayotgan usullar majburiy ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Balansning turli xildagi valyuta moddalariga kurs farqini olib borishning turli usullari qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi.Kurs farqlarini olib borishning jamg‘arish usulidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usuliga o‘tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldingi jamg‘arilgan kurs farqlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib borilgan ijobiy (salbiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatning daromadlari (xarajatlari) tarkibida hisobga olinadi.Buxgalteriya hisobida ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi, ulushni kiritish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida belgilangan va ustav kapitaliga ulushlar kiritish legitim so‘mlarda amalga oshirilgan hollarda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va ustav kapitaliga mablag‘larni haqiqatda kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasidagi vujudga keladigan kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar va majburiyatlar hisobi .Moliyaviy hisobotni tuzish uchun, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymati so‘mlarda qayta hisoblanishi lozim.Chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymatini so‘mlarda qayta hisoblash, ushbu chet el valyutasining so‘mga nisbatan Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Mazkur BHMSning 15-bandida keltirilgan va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalanadigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni so‘mda qayta hisoblash hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari qiymatini so‘mda qayta hisoblash, ushbu aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari qiymatini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish joyi — xorijiy davlatning qonun hujjatlari yoki qoidalariga muvofiq qayta baholangan qiymatini qayta hisoblash, ushbu qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishning moliyaviy natijalarini shakllantiradigan, chet el valyutasida ifodalangan daromadlar va xarajatlarni so‘mda qayta hisoblash, hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo‘lish natijasida hisoblab chiqilgan kurslarning o‘rtacha miqdoridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan aktivlari va majburiyatlarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini so‘mlarda qayta hisoblash natijasida yuzaga kelgan kurs farqi buxgalteriya hisobida mazkur BHMSning 17-bandida ko‘rsatilgan usullardan birini qo‘llagan holda aks ettiriladi.Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning moliyaviy hisobotini qayta hisoblash
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning moliyaviy hisobotlarini bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun qayta hisoblashda bosh jamiyat quyidagi tartib-taomillarni bajarishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning aktivlari va majburiyatlari hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi lozim;
b) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan sho‘ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning xususiy kapitali moddalari, bundan joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) mustasno, hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak;
v) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shu’ba (tobe) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning daromadlari va xarajatlari moddalari, shuningdek taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo‘lish natijasida hisoblab chiqarilgan kurslarning o‘rtacha miqdoridan foydalangan holda qayta hisoblanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyatning tasnifi o‘zgargan hollarda, o‘zgargan tasnifga nisbatan qo‘llanadigan qayta hisoblash tartib-taomillari ushbu o‘zgarish sanasidan boshlab foydalanilishi lozim.
Moliyaviy hisobot va unga tushuntirishlarda quyidagilar yoritib berilishi kerak:
a) xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
b) qo‘shilgan kapital sifatida tasniflanadigan kurs farqlari summasi;
v) buxgalteriya hisobining boshqa schotlariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
g) hisobot sanasidan keyin yuz bergan valyuta kurslari o‘zgarishlarining oqibati, agar ular juda muhim bo‘lsa va ularni yoritib bermaslik moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri baholashga va qarorlar qabul qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatsa;
d) kurs farqini xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarish usuli;
ye) moliyaviy hisobot tuzishning hisobot sanasidagi Markaziy bank kursi.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga


Download 113,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish