Mavzu: 22-sonli bhms va uni amaliyotga qo'llash muammolari Reja: Kirish


Offsetting (moddalarning o‘zaro hisobga olinishi)



Download 113,08 Kb.
bet5/7
Sana24.11.2022
Hajmi113,08 Kb.
#871664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22-Bhms

Offsetting (moddalarning o‘zaro hisobga olinishi)

Har bir sub’ekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida ko‘rsatishni (yoki ko‘rsatmaslikni) belgilab olishi kerak. Mazkur standartning 69 — 71-bandlari ana shunday cheklash amalga oshirilganda qo‘llaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni to‘lash muddatlari bo‘yicha axborotlar baribir yoritib berilishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aniq belgilanadigan operatsion siklidan foydalanib tovarlar va xizmatlarni yetkazib berganda, balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif etilishi aylanma mablag‘ sifatida doimo murojaat qilinadigan sof aktivlar bilan sub’ektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar o‘rtasidagi tafovutni farqlash yo‘li bilan juda foydali axborot bo‘ladi. Shuningdek u joriy operatsion sikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni ham ta’kidlab ko‘rsatadi. Sub’ekt joriy va uzoq muddatli aktivlari hamda majburiyatlarini alohida-alohida ko‘rsatsa, bunday hollarda ular 69 — 76-bandlarga muvofiq tasnif etiladi.
Aktivlar quyidagi hollarda joriy aktiv sifatida tasnif etilishi kerak, agar:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt operatsion faoliyatining bir qismi bo‘lsa va sub’ektning bir normal o‘tayotgan operatsion siklida uni olish yoki iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa;
Asosan qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda saqlab turilgan bo‘lsa va undan hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo‘lsa. Boshqa barcha aktivlar joriy bo‘lmagan aktivlar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tasnif etilishi kerak.Joriy aktivlarning ikki turi mavjud. Birinchi turi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aylanma kapitalining bir qismi sifatida namoyon bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning normal operatsion sikli davomida olingan yoki iste’mol qilingan bo‘ladi. Ikkinchi turi operatsion aktivlar hisoblanmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida sotish kutilayotgan joriy aktivlar sifatida namoyon bo‘ladi. Joriy aktivlarga hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida olinadigan yoki iste’mol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari kiritiladi.8
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning operatsion sikli — bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlikcha pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlar hisobiga sotish o‘rtasidagi o‘rtacha vaqtdir. Operatsion aktivlarni uzoq muddatli va joriy operatsion sikl o‘rtasida tasnif etish maqsadida bir yil hisoblanadi, agar faqat shu tarmoq yoki faoliyat turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa.
67-bandda talab qilingan tasniflash usuliga asoslanib, sub’ektning joriy bo‘lmagan aktivlari quyidagi aktivlardan iborat bo‘ladi:
Sub’ekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan sub’ektning mulki, binolari va uskunalari, nomoddiy aktivlari, taraqqiyot xarajatlari va gudvill;
Investitsiya maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida sotilishi mumkin bo‘lmagan aktivlar.
Quyidagilar joriy majburiyat hisoblanadi, agar:
Hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida ular bo‘yicha hisob-kitob qilinsa;
Majburiyatlarning qolgan moddalari joriy emas.Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga o‘xshash. Kreditorlik qarzi, ish haqi, soliqlar va boshqa operatsion xarajatlar bo‘yicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki sub’ektning odatdagi operatsion siklida foydalaniladigan aylanma kapitalni tashkil etuvchi moddalar bo‘yicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsion moddalar hatto hisobot sanasidan boshlab 12 oydan ortiq davr mobaynida hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lsada, joriy majburiyatlar ko‘rinishida tasnif qilinadi.
Joriy majburiyatlarga hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida hisob-kitobni talab etsada, operatsion sikli nuqtai nazaridan ularni joriy hisoblanishini aniqlash qiyin bo‘lgan quyidagilar ham kiradi: bank overdraftlari, to‘lanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa kreditorlik qarzlari, foizlarni to‘lashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi.
Uzoq muddatli asosda aylanma kapitalni pul bilan ta’minlanadigan, foizni to‘lashni talab qiluvchi va 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar uzoq muddatli (joriy bo‘lmagan) majburiyatlar hisoblanadi.

Download 113,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish