18.2. Elektr yoyli pech va qurilmalarni tasniflash
Elektr yoyli pechlar va qurilmalar (EYOQ) metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatni qator boshqa sohalarida keng foydalaniladi. Ular quyidagicha tavsiflanadi: Elektr yoyli pechlar va qurilmalar bevosita, bilvosita va aralash qizitishli bo‘ladi (18.3 - rasm).
Bevosita qizitish yoyli pechlarda yoy elektrodlar va eritilayotgan metall orasida yonadi. Qizitish yoyni tayanch dog‘larda energiya ajralib chiqishi hisobiga, eritmadan oqayotgan tok hamda yoy plazmasi nurlanish hisobiga, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik hisobiga paydo bo‘ladi.
Po‘lat erituvchi (YOPEP), vakuumli (VYOP) va plazmali (PYOP) pechlar qizitishning shu turiga kiradilar.
Bilvosita qizitish yoyli pechlarda yoy elektrodlar orasida yonadi, qizitilayotgan metallga issiqlik yoydan asosan nurlanish orqali o‘tadi. Ular rangli metallar va qotishmalarni qayta eritish uchun qo‘llaniladi (quvvati 500-600 kVA).
Aralash qizitish pechlarda (yoki yoyli qarshilik pechlarda) yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi va issiqlik yoyda hamda shixtaning elektr qarshiligida ajralib chiqadi. Bu pechlarni, shuningdek ruda termik yoki tiklovchi (RTP) deb ataladi va ular ferro qotishmalar, kalsiy karbidi, fosfor va h.k., olish uchun mo‘ljallangan. Elektroshlakli qayta eritish (ESHP) pechlarni ham shunga kiritish mumkin. Elektron-nurli qurilmalar (ENQ) ham elektr yoylilarga kiradi, chunki ularda qiyin eriydigan metallar va qotishmalar sifati VYOPdagidan yuqoriroq bo‘ladi.
3 - rasm. Yoyli pechlar va qurilmalarning tasnifi:
PYOP – plazmali yoyli pechlar; VYOP-vakuumli yoyli pechlar; LTQ-lazerli texnologik qurilmalar; ENQ-elektron nurli qurilmalar; YOPEP- yoyli po‘lat erituvchi elektr pechlar; RTP-ruda termik pechlar; ESHQEP-elektr shlakli qayta eritish pechlari.
18.3. SHixtali materiallar
Shixtalarning asosiy tarkibini metall temir-tersak tashkil qiladi. Temir-tersakda nodir metallar bo‘lmasligi kerak va juda kam miqdorda nikel va misga ega bo‘lishi mumkin; iloji boricha, temir-tersakda fosfor miqdori 0,05% dan oshmasin, fosfor miqdori koʻp bo‘lganida eritish vaqt davomiyligi ortadi. Temir-tersak koʻp zanglamagan bo‘lishi kerak, chunki zanglash metallga koʻp vodorodni kiritadi. Shixtani bir marta yuklashini ta’minlash uchun, temir-tersak og‘ir bo‘lishi kerak. Temir-tersak yengil bo‘lganida birinchi shixtani yuklashni chala eritilib qayta pechni ochishga toʻg‘ri keladi va shixtani yuklashga to‘g‘ri keladi, bu eritish vaqt davomiyligini ortirib yuboradi.
Ular Fe 85-93% tashkil qiladi, asosiy qoʻshimcha bo‘lib temir oksidlari, SiO2 va Al2O3 hisoblanadi. Bu xomashyoning asosiy farq qiladigan xususiyati uglerodning ulushi 0,2-0,5 dan 2% gacha va sera, fosfor, nikel, mis va boshqa qo‘shimchalarning eng kam ulushiga ega bo‘ladi. Bu yuqori tozalikka ega bo‘lgan qo‘shimchalarsiz po‘lat eritish imkonini yaratadi
Nazorat savollari:
Elektr yoy pechlarining ish rejimini tushutirib bering.
Yoyli qizdirish sxemalari?
Bevosita ta’sir etuvchi yoyli pechlarning vazifasi va ish rejimi?
Shixtali materiallar nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |