MAVZU №18
ELEKTR YOY PECHLARINING TASNIFI. BEVOSITA TA’SIR ETUVCHI YOYLI PECHLAR
Reja:
18.1. Elektr yoy pechlarining tasnifi.
18.2. Elektr yoyli pech va qurilmalarni tasniflash.
18.3. SHixtali materiallar.
18.1. Elektr yoy pechlarining tasnifi
Elektr maydon ta’sirida gazda elektr tokining o‘tishi elektr zaryadsizlanish deb ataladi. Elektr texnologik qurilmalarda tojli (koronali), uchqunli (iskrali) va yoyli (dugali) zaryadsizlanishlardan keng foydalaniladi.
Elektr yoy gazlardagi yoki bug‘lardagi elektr zaryadsizlanishning ko‘rinishlaridan biridir. “Zaryadsizlanish” («Razryad») atamasi galvanik elementlar yoki kondensatorlar batareyalarning gazlar va vakuumdan o‘tayotganda zaryadning yo‘qotish qoidasini tavsiflash uchun paydo bo‘lgan. V.V.Petrov 1802 yilda «elektr yoy» atamani elektrodlar orasida havoda zaryadsizlanishni tavsiflashda bunda yuqori haroratli gaz egilib yoy yoki ravoq shaklini olishini ta’riflagan. Yoy energiya o‘zgarishining yuqori tezligi bilan ajralib turadi. Yoyning xususiyatlari va o‘zgarish holatlari ko‘p omillarga bog‘liq. Yoyning ETQlarda toklarning katta miqdori minglab va o‘n minglab amperga teng bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatga ega. 18.1 – rasm.
Yoyli qizdirish qurilmalarining belgilanish sxemalari keltirilgan. Ionizatsiya jarayoni bilan bir vaqtda– musbat va manfiy zarrachalar va ularning ionizatsiyalangan chegarada tashqaridagi gaz hajmida deionizatsiya sodir bo‘ladi.
x2/1-x2 p = 2,4 10-4 T2,5 e-eo Ui/(kI) = 2,4 10-4T2,5 e-11600Ui/T,
bu yerda, p - bosim; T - harorat; e0Ui - ionizatsiyaning ishlashi, Dj; k - Bolsman doimiysi, Dj/K.
Saxa teglamasidan ko‘rinib turibdi, termik ionizatsiya 2000-3000K haroratlarda sezilarli va 10000-30000K da 100%ga yaqinlashadi. Ionizatsiya darajasi ayniqsa gazli muhitda ishqorli metallar bug‘lari yuqori bo‘ladi.
Ayrim elektr termik jarayonlarda, ko‘p miqdordagi elektr energiyani yutib yuboruvchilarda, elektr yoyli razryad qo‘llaniladi, u har xil muhitda, yoqilg‘i yoqishda erishib bo‘lmaydigan, yuqori haroratlarga qadar qizdirish imkonini beradi.
18.1 – rasm. Yoyli qizdirish sxemalari:
a - bevosita; b – bilvosita; d – aralash; e – yoyli plazmotron; f – vakuum-yoyli;
g – optik-yoyli:1 – elektrod; 2 – elektr yoyi; 3 – eritilgan metall; 4 – futerovka;
5 –pechlar tanasi; 6 – gazli muhit; 7 –shixtalar qatlami; 9 –metallning quymasi; 10 – vakuum tuzimi; 11 – optik tuzim; 12 – qizdiriladigan jism; 13 – yoyli kamera;
14 – texnologik kamera; 15 – plazmaning sachratmasi; 16 – korpus plazmotronning tanasi (anod); 17 – elektr izolyatsiyalangan tugun; 18 –gazni kiritishuziqsiz strelkada issiqlikni nur orqali uzatilishi koʻrsatilgan; Punktir bilan –gazning oqimi.
|
Elektr yoyi elektr tokining gaz orqali o‘tishining bir ko‘rinishidir, bug‘larda yoki vakuumda. Oddiy sharoitda gazlar elektr tokini o‘tkazmaydi. O‘tkazuvchanlik faqat qachon gazlida yoki boshqa muhitda molekula va atomlardan tashqari erkin zaryadlangan zarrachalar elektronlar, musbat va manfiy ionlar va manfiy ionlar va gaz plazmaga aylansa o‘tkazuvchanlik sodir bo‘ladi.
Elektr pechlarda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokning yoylaridan foydalanish mumkin. O‘zgarmas tokning yoyi uch qismdan iborat: yoy ustuni, katodli va anodli sohalari. Katodli va anodli mintaqalari kichik bo‘lgani uchun yoyning uzunligini ustun uzunligiga teng deb olishadi.
18.2 – rasm. Yoyli qizdirish sxemalari:
1- tag, 2- to’kiladigan jumrak, 3- shixta, 4- po’lat qoplama, o’tga chidamli material, pech qopqog’i, egiluvchi kabellar, elektrodni ushlagich, grafitli elektrodlar, ish darchasi, engashtirish mexanizmi, tag qismi.
Elektrodlar orasidagi yoy ustuni o‘zidan cho‘g‘dek qizdirilgan gazli plazmani ifodalaydi. Plazma bug‘ va gazlarni xolis zarralardan, elektronlar va musbat zaryadlangan ionlardan iborat. Ustundagi tok sof elektronli tok, chunki elektronlar tezligi ionlar tezligidan ancha yuqoridir.
Yoy ustunida ionlanish bilan bir vaqtda ionsizlanish bo‘ladi. Ionsizlanish musbat va manfiy zarralar ular bir-biri bilan to‘qnashganda neytrallanish hisobiga yoki yoy ustunidan zaryadlangan zarralar diffuziyalanish natijasida yuz beradi. Turg‘un yonayotgan o‘zgarmas tok yoyida ionlanish va ionsizlanish jarayonlar orasida muvozanat paydo bo‘ladi.
Yoyning kuchlanishi va toki orasidagi bog‘lanishini volt-amperli tavsifi (VAT) deb ataladi. Kichik toklarda kuchlanish pasayadigan tabiatiga ega (yoy qarshiligi tok ko‘paygan sari tezroq kamayadi, 18.3-rasm). I- qismda VAT Ayriton tenglamasi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |