15.1-Rasm. Jamiyat ijtimoiy tuzilmasining о‘zgarishi, mln.kishi
2
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining
takror ishlab
chiqishi, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi, uning malakaviy va kasbiy tarkibini
о‘z ichiga qamrab oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini
uning jins va yosh
bо‘yicha tarkibi, tug‘ilishi va о‘lishi, aholining hududiy joylanishi bо‘yicha ma’lumotlar
asosida kо‘rib chiqiladi. Demografik prognozi
oilaning kutilajak soni, uning о‘rtacha
miqdori, aholininng migratsion oqimining yо‘nalishi
va intensivligi,
faol mehnat
faoliyatining
davomiyligi, mehnat faoliyatining
boshlanishi va yakunlanishi,
nafaqaga
chiqish о‘rtacha yoshi, о‘rtacha hayot kechirish tо‘g‘risida prognoz axborotini olishga imkon
beradi.
Demografik prognoz asosida aholining ijtimoiy ehtiyojlarining hajmi va tarkibi, shaxsiy
iste’mol
buyumlarni ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash rivojlanishini va h.k
rejalashtiriladi. Demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish
prognozlari va turmush
darajasini oshirish bilan uzviy bog‘liq bо‘ladi.
2
Иқтисодий тадқиқотлар ва БМТТД ҳисоб-китоблари