Mavzu-10. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Reja



Download 0,62 Mb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#85659
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu10


Mavzu-10. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Reja:

10.1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasini aniqlash.

10.2. Investitsion loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baxolash usullari.

10.3. Investitsion loyihalarni baholash muammolari.
10.1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasini aniqlash.
Iqtisodiyotning investitsiyaga bo‘lgan talabi, investitsiyaga yunaltiriladigan mablag‘larning etishmasligi investitsiya resurslaridan samarali foydalanishni taqazo etadi. CHunki qo‘yilgan kapital mablag‘idan samarali foydalanish natijasida ko‘proq foyda olish mumkindir.

Xalqaro kapital xarakatning iqtisodiy samarasini ko‘rsatish uchun, kapital qo‘yilmalardan olinadigan foyda turli mamlakatlarda turlicha degan tasavvurdan kelib chiqish zarur. Jahonda ikki mamlakat mavjud deb xisoblaylik. I mamlakat AK mikdorda, II mamlakat AK' mikdorda kapitalga ega. Ikkala mamlakatning umumiy kapitali KK' ga teng. S1 va S2 tugri chiziklar I va II mamlakatlarda qo‘yilgan kapital xajmiga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish xajmini o‘sishini aks ettiradi. Agar xalqaro kapital harakati mavjud emas deb faraz qilinsa I va II mamlakatlar o‘z kapital mablag‘larni mamlakat ichkarisida sarflab daromad oladi (I mamlakat KS xajmida, II mamlakat K'D xajmda). I mamlakatning o‘z kapitali yordamida ishlab chiqarish xajmi segmentlarining yig‘indisiga teng bo‘lib, bulardan kapital egalarining foydasi ga teng buladi, qolgani esa er va mehnat kabi boshka ishlab chiqarish omillari egalarining foydasidir. II mamlakatning ishlab chiqarish xajmi ga teng bo‘lib, bundan kapital egalarining foydasi , qolgani esa boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining foydasidir. KC ekanligi I mamlakatda kapital qo‘yishdan olinadigan foyda II mamlakatnikidan kam ekanligini anglatadi.

Agar ikkala mamlakat kapitalning xalqaro harakatini taqiqlovchi cheklovlarni olib tashlasa I mamlakatdagi kapitalning bir qismi (AV) II mamlakatga ko‘chadi, chunki investitsiyalardan keladigan foyda ikkala mamlakatda turlichadir. SHundan so‘ng investitsiyalardan keladigan foyda BR darajasida balanslashadi. Buning natijasida I mamlakatning uz kapitali yordamidagi ishlab chiqarish xajmi segmentlarining yigindisiga teng bo‘lib, maxsulotlar ichki investitsiyalar xisobiga, - II mamlakatga qilingan xorijiy investitsiyalar hisobga olingandir. Kapitalni bir qismini II mamlakatga investitsiyalash xisobiga yalpi ishlab chiqarish (yalpi kapital xajmi o‘zgarmagan holda) ma’lum bir hajmga (h segment hajmiga) o‘sadi. Bunda kapitaldan olingan daromad ham KS dan KE darajagacha oshadi. Kapital egalarining daromadi hajmgacha o‘sib, boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining daromadi S segment hajmida bo‘ladi, xolos.

Boshka tomondan, kapitalni I mamlakatdan II mamlakatga oqib kelishi unda kapitaldan olinadigan foydani K'D xajmidan K'F xajmgacha qisqarishiga olib keladi. SHu vaqtning uzida I mamlakatdan jalb kilingan va o‘zining ichki kapitalini ishlatish natijasida II mamlakatda ishlab chiqarish hajmi dan gacha kengayadi. Albatta, segmentlar xorijiy kapital xisobiga ishlab chiqarilgan bo‘lib, oxir natijada I mamlakat investorlariga foyda tariqasida berilish zarur. SHunday qilib II mamlakatda ichki ishlab chiqarishning sof usishi g segmentga teng buladi. II mamlakatda kapital qo‘yilishidan olinadigan foyda pasayishi natijasida kapital egalarining daromadi xajmdan k xajmgacha qisqaradi, boshka ishlab chiqarish omillari egalarining daromadi esa i dan xajmgacha o‘sadi.

Jahon xo‘jaligi mikyosida karalganda kapitalning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oqib o‘tishi natijasida yalpi ishlab chiqarish xajmi dan hajmgacha, ya’ni hajmgacha o‘sadi. Bunda h I mamlakatning kapitalini II mamlakatga investitsiyalab samaralirok foydalanish natijasida yuzaga keladi, g esa II mamlakatga tegishli bo‘lib, shu mamlakatda investitsiyalanadigan kapital hajmini o‘sganligi natijasida vujudga keladi.

SHunday qilib, kapitalning xalqaro harakati (tovarlarning xalqaro harakati kabi) ishlab chiqarish omillarini samaralirok qayta taqsimlash va ulardan foydalanish evaziga yalpi umumjahon ishlab chiqarishini o‘sishiga olib keladi. Bunda, kapitalni eksport qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadi o‘sadi va boshqa omillar (ayniqsa mehnat va er) egalari daromadi esa qisqaradi. Kapitalni import qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadlari qisqaradi va ishlab chiqarishning boshqa omillari egalarining daromadlari esa o‘sadi.

Mamlakatlarning xalqaro kapital migratsiyasi (XKM) jarayonlarida qatnashishi bir qator ko‘rsatkichlar orqali namoyon buladi. Bularga kapital eksporti (importi) hajmi, kapital eksporti-importi saldosi, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar soni, ularda band bo‘lganlar soni va boshqalar kiradi. Saldodan kelib chiqib, jahon xo‘jaligi mamlakatlarini kuyidagicha guruxlash mumkin:

-kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar (YAponiya, SHveysariya);

-kapitalni import kiluvchi mamlakatlar (AKSH, Buyuk Britaniya);

-taxminiy muvozanatdagi mamlakatlar (Germaniya, Fransiya).





Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish