Sana. 20-sentabr
Mavzu: 9+2,9+3, 8+3 ko'rinishidagi misollarni yechish. O'rganilgan turdagi misol va masalalarni yechish
Maqsad
Ta'limiy: 9+2,9+3, 8+3 ko'rinishidagi misollarni yechish usuli bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: a) o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib borish;
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Metod: Evristik, muammoli izlanish metodlardan foydalanish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar.
I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.Uy vazifasini tekshirish. 7-masala, 8-misol. Matematik diktant.
74 bilan 26 ning yig'indisini toping. Javob: 100;
36 bilan 30 ning ayirmasini toping. Javob: 6;
96 bilan 44 ning ayirmasini toping. Javob: 52;
9 bilan 2 ning yig'indisini toping. Javob: 11.
Dam olish daqiqasida sonli maqollardan ayttirish.
1. Bilagi zo'r birni yiqar, 2. Ilmsiz bir yashar,
Bilimi zo'r mingni yiqar. Ilmli ming yashar.
3. Sanamay sakkiz dema, 4. Hiylagar uchun bahona
O'ylamay o'ttiz. mingta.
Do'stlaringiz bilan baham: |