I.Darsni tashkil qilish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash: O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Chaqqon bilimdonlar» didaktik o'yinidan foydalanish.
O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. Doskaning ikki tomoniga ikki ustun misol yozilgan bo'ladi. Ikki o'quvchi doskaga chiqarilib,o`ng tomondagi misollarning javobini bir o'quvchi, chap tomonda yozib qo`yilgan misollarning javobini ikkinchi o'quvchi topib, yozishi kerak.
Kim birinchi bo'lib misollarning javobini yechib bo'lsa, o'sha o'quvchi g`olib deb hisoblanadi. Misollarning javobini topishga qiynalgan o`quvchilarga sinfdagi o'rtoqlari yordam berishi murnkin. Agar sinfda o`tirgan o'quvchilardan misolni birinchi bo'lib bajarsa, o'sha o`quvchini baholab rag'batlantiriladi. Bunday o'yinlar o'quvchilarni chaqqonlikka, hozirjavoblikka, topqir bo'lishga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |