Mavzu №3.Polyarografiya tahlil usullari to`g’risida umumiy tushunchalar. Potentsiometriya elektromiqdoriy tahlil usullari to`g’risida umumiy tushunchalar
Reja:
1. Polyarografiya tahlil usullari to`g’risida umumiy tushunchalar
2. Potentsiometriya elektromiqdoriy tahlil usullari to`g’risida umumiy tushunchalar
Polyarografiya usuli. Polyarografik tahlil usuli 1922 yilda chex olimi YA. Geyrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan va bu kashfiyoti uchun u Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Polyarografiya usulida tekshirilayotgan eritmadagi aniqlanishi lozim bo‘lgan element (ion)ning miqdori tekshirilayotgan eritmani polyarograf deb ataladigan maxsus asbobda elektroliz qilish natijasida hosil bo‘lgan volt-amper egri chizig‘i(polyarogramma)ning tuzilishiga qarab aniqlanadi. Polyarografiyaning rivojlanishiga rus olimi A. N. Frumkin katta hissa qo‘shdi, u elektrod jarayonlari va qo‘sh elektr qavat nazariyasining asosiy qoidalarini ishlab chikdi.Polyarografik tahlil usuli maxsus asboblarda-polyarograflarda amalga oshiriladi.
2-rasm, Oddiy polyarografning tuzilishi:
1- polyarografik yacheyka; 2- tomchi mikroelektrod;3- simobli rezervuar; 4- voltmetr; 5 - reostat; 6- akkumulyator; 7- mikroampermetr; 8- simob elektrod.
Eng oddiy polyarograf polyarografiya yacheykasi 1, potensial-kuchlanish bilan ta’minlovchi qurilma-akkumulyator 6, reostat 5, voltmetr 4 va mikroampermetr 7 dan tashkil topgan (2-rasm). Polyarografik yacheyka tarkibida eritilgan modda bor elektrolit eritmasi (fon eritma) quyilgan shisha idishdan iborat. YAcheykaga tomchi simob elektrod 2 joylashtirilgan bo‘ladi. Tomchi simob elektrod kapillyardan iborat bo‘lib, u rezina naycha orqali simob solingan balloncha 3 bilan tutashtirilgan bo‘ladi. Kapillyardan chiqadigan simob diametri 1 mm li osilib turuvchi tomchilar hosil qiladi va ular vaqt-vaqti bilan kapillyardan uzilib turadi. Simob tomchilari almashinib turishi natijasida elektrod yuzasi doimo yangilanib turadi, bu esa elektrod yuzasining tozaligini va qaytarilgan ionlar bilan ifloslanmasligini ta’minlaydi. Simob tomchi elektrodning yuzasi kichik bo‘lib, elektrokimyoviy qaytarilishda u orqali katta toklar o‘tadi. SHu sababli tomchi simob elektrodning potensiali elektrokimyoviy reaksiyani o‘tkazish uchun zaruriy muvozanat potensialidan farq kiladi. Bu xodisa elektrodning qutblanishi deyiladi va tahlil usulining nomi-polyarografiya (qutblanishga asoslangan yozish usuli) ana shundan kelib chikqan. Bu usul voltampermetriyausuli deb ham ataladi.
Katod sifatida tomuvchi simob elektrod, anod sifatida deyarli qutblanmaydigan kalomel elektrod ishlatiladigan sistemadagi elektrolizni ko‘rib chiqamiz. Bunday sistemada tashqari EYUKning o‘zgarishi batamom katod potensialini o‘zgartirish sarflanadi. Agar eritmada elektr toki ta’sirida qaytariladigan moddalar bo‘lmasa, tok kuchi Iberilgan kuchlanishga E mutanosib bo‘ladi (Om konuni):
I = E/R
bu erda R - karshilik.
Polyarografik to‘lqin 3-rasmda ifodalangan. Potensial qiymati kichik (AV qismi) ishchi mikroelektrodda elektr-kimyoviy reaksiyani sodir qilish uchun etarli bo‘lmaganida yacheyka orqali juda kichik tok o‘tadi, bu tok avvalo qo‘sh elektr qavatning zaryadlanish toki va eritmada analiz qilinayotgan moddaga nisbatan elektr kimyoviy faolroq aralashmalar mavjudligi tufayli hosil bo‘ladi.
Potensial oshganida depolyarizator deb ataluvchi elektr-kimyoviy faol modda elektrodda elektr-kimyoviy reaksiyaga kirishadi va buning natijasida tok keskin oshadi (VS kismi). Bu tok Faradey diffuziya toki deyiladi. Potensial yanada ko‘payganida tok eng yuqori (chegara) qiymatgacha oshadi va so‘ngra o‘zgarmay (SD qism). CHegara tok potensiallarning ushbu sohasida yaqinidagi qatlamda depolyarizatorning hammasi elektr-kimyoviy reaksiya natijasida sarflanib bo‘lgani tufayli vujudga keladi; depolyarizator kamaygan qatlamga esa eritma hajmidan depolyarizator diffuziyalanib o‘tadi. Bundaysharoitda diffuziya tezligi umumiy elekr-kimyoviy jarayonning tezligini belgilaydi. Bunday tok diffuziya chegara toki deyiladi. Depolyarizatorning elektrodlar maydonida elektrostatik siljishini yo‘qotish va yachekadagi qarshilikni kamaytirish uchun o‘lchashlar fon deb ataluivchi kuchli elektrolitning mo‘l miqdori ishtirokida olib borilali.
Do'stlaringiz bilan baham: |