Birinchi tur elektrodlar – elektrodpotensiali eritmadagi potensial hosil qiluvchi ionning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan elektrodlar. Bu elektrodlar eritmada o‘z ionlariga nisbatan qaytar ishlaydigan, eritmaga tushirilgan metall plastinkalardir. Birinchi tur elektrodlarga misollar:
Kumush elektrodi AgNO3 eritmasiga tushirilgan Ag plastinkasi (Ag/AgNO3); Mis elektrodi CuSO4eritmasiga tushirilgan Cu plastinkasi (Cu/CuSO4); vodorod elektrodi, xingidron elektrodi, shisha elektrodi va hokazolar. Bu elektrodlar ishlatilish maqsadiga ko‘ra indikator elektrodlar deyiladi. SHu elektrodlardan ayrimlari bilan yaqindan tanishib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |