10.1 – rasm. ISO ning tarkibiy strukturasi.
ISO da prezident, vitse – prezident, g‘aznachi va bosh sekretar
lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya – ISO ning Oliy Rahbari bo‘lib,
ISO ning yig‘ilishi uch yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident
uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi
mutaxassislar
ishtirokida
xalqaro
standartlashtirishning
muhim
muammolari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati,
xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop
etilishi, kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qumitalarning
raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi.
ISO tashkilotining kengashiga quyidagi byuro va komitetlar
buysunadi.
1. PLAKO – texnik byuro;
2. STAKO – standartlashning ilmiy tamoyillarini o‘rganuvchi komitet;
3. KASKO – muvofiqlikni baholash komiteti;
4. INKO – ilmiy texnikavii axborot komiteti;
110
5. DEVKO – rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatuvchi
tashkilot;
6. KOPOLKO – iste’molchilar manfaatlarini himoya qiluvchi komitet;
7. REMKO – standart namunalari boyicha komitet.
ISO tashkilotining rasmiy tillari – ingliz, rus, fransuz tillari
hisoblanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng erishgan muhim
yutuqlaridan biri – bu uning 1994 yil 1 yanvardan ushbu nufuzli xalqaro
tashkilotga a’zo sifatida qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi
ISO ning teng xuquqli a’zolaridan biri hisoblanadi.
10.2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr
boyicha birinchi Xalqaro kongressning o‘tkazilishidan boshlangan edi.
1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus
idora – xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to‘g‘risida bir
fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va
parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
XEK (ko’pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha
“Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so’zlarining bosh
harflaridan olingan) nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari
elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi
muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.
ISO va XEK faoliyatlari boyicha farqlanadi, XEK elektrotexnika,
elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari boyicha shug‘ullansa, ISO
esa qolgan boshqa hamma sohalar boyicha standartlashtirish bilan
shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qumitalar XEKning a’zolari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi
ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu
asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir.
XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi.
XEK ning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda
mamlakatlarning hamma milliy qumitalari taqdim etilgan. Unda eng
yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan
tashqari vitse – prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor.
XEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi
masalalarni hal qiladi.
111
1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar
tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa XEK va ISO larning
tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |