5.9 – rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) infraqizil nurli termometr; b) quvvat
o'lchagichi OLP-15A; c) raqamli multimetr 971 А
.
Takrorlash uchun savollar:
1.
O‘lchash asboblari nimaga asosan va qanday klasslarga bo‘linadi?
2.
O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflariga nimalar kiradi?
3.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi nima?
4.
Anolog o‘lchash asboblariga kanday asboblar kiradi?
5.
Elektromagnit va elektrodinamik o‘lchash asboblarinin afzalliklari va
kamchiliklarini aytib bering.
6.
Magnitoelektrik va elektromagnit o‘lchash asboblarining farqini
ayting.
7.
O‘lchash mexanizmi nima?
8.
Raqamli o‘lchash asboblarining afzalliklari va kamchiliklari
nimalardan iborat?
9.
O‘lchash o‘zgartkichlari deb nimaga aytiladi?
10.
Raqamli o‘lchash asboblari qanday afzallik va kamchiliklarga
ega?
65
№4 – MAVZU: STANDARTLASHTIRISH, UNING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Reja:
6.1. Standartlashtirishning qisqacha tarixi.
6.2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
6.3. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalar.
6.4. Standart turlari va toifalari.
6.5. O‘zbekistonda standartlashtirishni rivojlanish sanalari.
Tayanch
iboralar:
standart,
standartlashtirish,
xalqaro
standartlashtirish, mintaqaviy standartlashtirish, milliy standartlashtirish,
xalqaro standart, mintaqaviy standart, davlatlararo standart, milliy standart,
korxona standarti, rahbariy hujjat, texnikaviy shartlar, yo‘riqnoma.
6.1. Standartlashtirishning qisqacha tarixi
Standartlishtirish sohasida xilma – xil atamalar mavjud. Turli xildagi
buyumlarni, ularning tavsiflarini, usullar va belgilashlarning sonini
qisqartirish jarayonini xar xil mamlakatda turlicha ataladi. Masalan, bu
jarayonni AQSH va Angliyada «Standardization”, Germaniyada
“Normung” va Frantsiyada “Normalisation” deb ataladi. Agarda
standartlashtirish
bilan
shug‘ullanadigan
tashkilotlarning
nomlari
taqqoslansa, u holda ko‘pchilik Yevropa tashkilotlari o‘z nomlarida
“Normlien” (Shveytsariya), “Normalisatie” (Gollandiya) va h.k. so‘zlarni
ishlatadilar. Keltirilgan barcha xorijiy atamalar ingliz tiliga “
Standartization“ atama bilan, italyan tiliga esa “Unificazione“ atama bilan
tarjima qilinadi
XX asr boshlarida Rossiyada yolg‘iz “normalizatsiya” atamasi
qo‘llanilgan va u mashinasozlik sanoatida hozirgi paytgacha ishlatilib
kelinmoqda.
Kishilik jamiyatining «qoidalarni belgilash va qo‘llash» ga bo‘lgan
ehtiyoji juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Alifbe, yil hisobi, hisob
tizimlari (sistem otscheta), pul va og‘irlik birliklari – bularning hammasi
standartlashtirishga qo‘yilgan dastlabki qadamlardir.
Tarixshunoslar
standartlashtirishga
asoslangan
muhandislik
faoliyatni Qadimgi Misrda ehromlarni barpo etish mobaynida vujudga
kelgan deb hisoblaydilar (taxminan 5000 yil avval). Qurilish uchun
ishlatilgan toshlar ma’lum bir aniq o‘lchamlarga ega bo‘lgan, busiz
66
ehromlarning to‘g‘ri geometrik shakli va ularni asrlar davomida uzoq vaqt
saqlash mumkin emas edi. Taxminan 50 asr davomida saqlanib, bizgacha
yetib kelgan bu qurilmalar juda yuqori sifat va aniqlik bilan ishlangan.
Toshlarga shunday aniqlik bilan ishlov berilganki, natijada bir – birlari
bilan yondoshganlarining orasidan ingichka ignani ham o‘tkazib
bo‘lmaydi.
Balandligi 90 metrli Vavilon minorasini (eramizdan taxminan ming
yil ilgari) qurishda ma’lum o‘lchamli 85 mln. dan ortiq pishiq g‘ishtlar
ishlatilgan edi, shu bilan birga ularni terishda bog‘lovchi material (asfalt)
qo‘llanilgan. Minoraning 15 – chi yuqori qavati sirlangan moviy g‘ishtlar
bilan qoplangan bo‘lib, ularni yasash nafaqat o‘lchamlari standart
talablariga rioya qilingan bo‘lishini, balki tayyorlash usuli qoidalari
majmuini ishlab chiqish va bu qoidalarga rioya qilishni talab qilar edi.
Qadimgi Misr harbiy texnikasida standartlashtirish qo‘llanilgan.
Masalan, bundan 4200 yil ilgari o‘sha zamondagi harbiy mashinalarni –
manjaniq (katapulta) larni loyihalashda va ishlab chiqarishda nisbiy
o‘lchamlar usuli qo‘llanilgan bo‘lib, bunda manjaniq barcha detallarining
o‘lchamlari bitta bosh parametrdan, ya’ni shu manjaniq otadigan o‘q
(strela) ning uzunligiga mos qilib olingan.
Standartlar Uyg‘onish davrida katta kemalar qurishda tadbiq etila
boshlandi (XV asr). Buning natijasida kemalar ishlab chiqarilishi
potok(oqim) usulda tashkil qilindi.
Rossiyada Ivan IV ning 1535 yildagi Farmoni standartlashtirishga
asos soldi. Bu Farmonda to‘p yadrolarining o‘lchamlarini kalibrlar bilan
nazorat qilish ko‘zda tutilgan. XIX asr o‘rtasi XX asr boshlarida temir
yo‘l transportidan keng foydalanish standartlashtirishning rivojlanishiga
turtki bo‘ldi. Bu vaqtlarda temir yo‘l relslari orasidagi masofa,
vagonlarning rangi, asosiy qurilmalarning balandliklari, g‘ildiraklar
diametrlari, temir yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan qurilish materiallari
uchun standartlar ishlab chiqildi.
Standart so‘zi inglizcha “
Standart
” so‘zdan olingan bo‘lib,
me’yor,
o‘lcham, andoza
degan ma’nolarni bildirib, me’yoriy hujjat nomi bilan
yuritiladi.
67
Standartlar darajasiga qarab,
halqaro, mintaqaviy davlatlararo,
milliy va korxona
miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga
qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va
o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va
iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli
loyiha – konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini
berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa
mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish
bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va
sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda
mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni
tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |