Mavzu-1: Kirish. Materiallarga ishlov berish uskuna va jihozlari faninig maqsadi va vazifalari.
R e j a :
1. Fanning maqsadi va hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi ahamiyati.
2. Asbobsozlik materiallariga bo’lgan talablar va ularning ishlatilish sohalari.
3. Kesish jarayoninig asosiy turlari.kesib ishlashning mashinasozlikda tutgan o’rni.
4. Kesib ishlashda yuzalarning tozaligi va aniqligi.
Fanning maqsadi. Materiallarni kesib ishlash, asboblar va dastgohlar ko’rsi materiallarni kesish jarayonining fizikaviy asoslarini o’rganishga, materiallarni kesib ishlashga oid asosiy ta’riflar va terminlar bilan tanishishga imkon berib, quyidagi asosiy savollarni:
1) kesuvchi asboblar tayyorlanadigan materiallarning xossalarini;
2) metall kesib ishlash asboblari kesuvchi qismining geometrik elementlarini;
3) kesib olinadigan qirindi qatlamining geometrik elementlarini;
4) kesish jarayonining fizikaviy asoslarini;
5) metallarni kesib ishlashda paydo bo’ladigan kuchlar va ularning dastgoh-moslama-asbob-detal tizimiga ta’sir qilishini;
6) asbobning kesish xossalari yo’l qo’yadigan eyilishi, turg’unligi va uning yo’nish tezligini;
7) kesuvchi asbob konstrukstiyasining elementlari va uni loyihalash uchun asosiy ma’lumotlarni ko’rib chiqadi;
Bundan tashqari, bu kurs bo’lajak o’qituvchilarni umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida o’rganiladigan metall kesish dastgohlarining va metall kesuvchi asboblarning asosiy turlari bilan tanishtirishni ham ko’zda tutadi. Kursning bo’limlarini o’rganish asbob-uskunalar tanlash va har xil materiallarni kesib ishlashning rastional usullarini tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga imkon beradi.
Asbobsozlik materiallariga bo’lgan talablar va ularni ishlatilish sohalari. Asbobsozlik materiallaridan foydalanish chegarasi uning ekspluatastion, texnologik va tejamlilik xossalariga ega bo’lgan talablarga muvofiq aniqlanadi. Ekpluatastion talablarga:
1) asbob kesuvchi qismi zagotovka sirtini kesib kira olishi uchun, kesuvchi qismning materiali ishlanayotgan zagotovka materialiga nisbatan ancha qattiq bo’lishi kerak;
2) asbob kesuvchi qismining kesib olinadigan qatlamga kirib borishiga metall materiali qarshilik ko’rsatib asbobning oldingi yuzasiga bosim beradi, bu bosim kuchi keskichni egishga, siqishga, sindirishga intiladi, shuning uchun kesuvchi asbob materiali etarli darajada mustahkam, puxta bo’lishi kerak;
3) kesuvchi asbob ishlashi vaqtida zarbiy yuklanishlar ta’sirida kesuvchi qirrasi uvalanmasligi kerak, shuning uchun kesuvchi qism materiali etarli darajada qovushqoq, eyilishga chidamli bo’lishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |