Мавзу: 1-4 синфларда жисмоний маданият дарсларини ўтиш методикаси ёш хусисиятлари


Quyidagi asosiy metodik tavsiyalarga rioya qilish zarur



Download 110,19 Kb.
bet12/14
Sana30.09.2021
Hajmi110,19 Kb.
#189842
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-4-синфларда жисмоний тар бия дарларини ўтиш услубиёти

Quyidagi asosiy metodik tavsiyalarga rioya qilish zarur:


  1. Materialni yana ham mustahkamroq o‘zlashtirish uchun dasturdagi har bir asosiy mavzularga (masalan, qisqa yoki uzun masofaga yugurishga, uzunlikka sakrashga, to‘pni uloqtirishga va boshqalar) kamida 4- 6 soat ajratiladi.

  2. Sportning bir turi materialini o‘rganishda soatlarni sochib tashlash va uzoq vaqt davomida ular orasida uzilish (masalan, sport o‘yinlari 2 soat darsini sentabrda va 2 soatini oktabrning oxirida o‘tkazilishi va boshqalar) bo‘lishi tavsiya etilmaydi.

  3. O‘quv yilining har choragidagi yakuniy darslarda yoki o‘quv dasturining oxirgi darslarida sinov me’yorlarini qabul qilish amaliyoti o‘zini oqlamaydi.

  4. O‘quv materialini yanada muvafaqqiyatliroq o‘zlashtirish uchun har bir darsda

23 tadan ortiq vazifa qo‘yilmasligi kerak.

  1. O‘quv yilining oxirida, ayniqsa, may oyida havo harorati ko‘tariladi.

O‘quvchilarning kundalik yuklamasi (imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish, yozma va og‘zaki imtihonni yakunlash) ortib boradi. Bu davrda katta jismoniy zo‘riqishlar va keyinchalik charchashga olib keladigan mashqlarni berish tavsiya etilmaydi. Uning o‘rniga aqliy zo‘riqishning va umumiy charchashningoldini olishga eng ko‘p yordam beradigan mashqlarni (harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va har xil estafetalar) bajarish maqsadga muvofiqdir.

1. Darsning oxirida vaqt ajratib (5-6 minut ichida) har bir mavzu bo‘yicha uy vazifasini tushuntirishga doir mashq o‘tkazish.

O‘quvchilarga bilim berish shakli va usullari xususida shuni aytib o‘tmoq lozimki, o‘qituvchining asosiy shiori quyidagicha bo‘lishi kerak: “Zarar yetkazma!” ya’ni so‘z bilan nojo‘ya harakat tufayli, xulq atvor, bola organizmi hali yaxshi

jismoniy rivojlanmagan, chiniqmagan holda unga ortiqcha yuklama (nagruzka) berib qo‘yish orqali.

Darsning tayyorgarlik qismida qiziqarli ma’lumotlar berish, to‘g‘ri tanlab olingan, yaxshi va foydali mashqlar, yoqimli musiqa jo‘rligiga o‘tkaziladigan harakatlar, darsning asosiy qismida muvofiqlashgan yuklamalarning bajarilishi, o‘quvchilar guruh va butun sinf bo‘yicha natijali yakun yasash, darsning yakunlovchi qismida uyga beriladigan qulay topshiriqlar – mana shular hozirgi zamon darsining asosiy belgilari.

Dastur turlariga ko‘proq, batafsil to‘tab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Gimnastika bo‘yicha darslarni o‘tkazishda o‘quvchilarga gimnastika jihozlaridan foydalanish va o‘zini tutish qoidalari haqida gapirish zarur. Bu maqsad uchun dastlab o‘quvchilarga nazariy ma’lumotlar berilib, keyin diqqatni o‘stirishga, to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga, qaddi-qomat rasoligiga oid mashqlarni bajarish taklif qilinadi.

Gimnastika jihozlarida mashqni to‘g‘ri bajarish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: birinchidan, suyak-mushak va mushak-pay apparatlarining me’yorda o‘sishiga yordam beradigan; ikkinchidanesa o‘qituvchi biror gimnastik jihozda o‘quvchilarni 2-3 guruhga bo‘lib va ularni har biriga guruh boshlig‘ini saylab mashg‘ulot o‘tkazadi. Gimnastik mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi qaysi guruhga hammadan ko‘ra ko‘proq muhofaza lozim bo‘lsa, o‘sha yerda turishi kerak.

Darsning yakuniy qismida o‘quvchilarning charchaganligini hisobga olib, qayishqoqligini oshirishga, mushak kuchini mustahkamlashga qaratilgan (mushak kuchini hisobga olgan holda) mashq beriladi.

Dasturda uyga qanday vazifalar berish mumkinligi bayon etilgan. Dasturda gimnastika bo‘yicha taxminiy mashqlar chorak oxirida berilgan.

Yengil atletika bo‘yicha (yugurish, sakrash, uloqtirish) dars o‘tkazishdagi ehg asosiy vazifa – o‘quvchilarga hayotiy muhim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakillantirish, asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish hisoblanadi.

Yengil atletikaning asosiy tarkibiy qismiga yugurish, sakrash va uloqtirish kiradi. Bu mashqlarni yoppasiga o‘rgatish usuli bo‘lsada, guruhli va yakkama-yakka usullar esa asosiy hisoblanadi. Odatda bir darsda yengil atletikaning bir necha turlari

(uzoq masofaga yugurish va uloqtirish, uzunlikka sakrash va qisqa masofaga yugurish va boshqalar) o‘rganiladi.

Yugurishga – dastlab to‘ppa-to‘g‘riga, so‘ngra tezlikka, guruh bo‘lib yuqori va past startdan, shundan so‘ng past-baland joylarda yugurish orqali o‘rgatish kerak.

Sakrashga o‘rgatishda – boshlang‘ich sinflarda sakrash handagining chetidan 30-40 sm masofadan depsinish o‘rgatiladi.

Boshlang‘ich sinflarda birinchi darsda to‘pni uloqtirishni o‘rgatishda, eng

yaxshisi, qo‘lda, turli materiallardan yasalgan to‘pdan foydalangan ma’qul. Shundan so‘ng tennis koptogi, keyinroq uloqtirish uchun maxsus to‘pdan foydalaniladi.

Uloqtirishni eng yaxshisi devordagi nishonga tushirish asosida (gardish, shitga) bajartirgan ma’qul. So‘ngra uzoqroqqa uloqtirishga o‘rgatiladi.

Uzoq masofaga 1-2 km.ga kross yugurishga o‘rgatishda dastlab sinfni ikki guruhga (o‘g‘il va qiz bolalar) bo‘lish zarur, so‘ngra ularga har xil vazifalar beriladi. Iqlim sharoitini hisobga olgan holda eng yaxshi ma’qul variant sifatida sentabr,

oktabr, noyabr, mart, aprel oylarida kross tayyorgarligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Dastur bo‘yicha ikki xil masofa berilgan: 1 km va 2 km. 1-4 sinflarning o‘g‘il va qiz bolalariga 1 km.li masofaga yugurish taklif qilinadi.

Tezkorlik, kuchlanish, epchillik sifatlarini, muvofiqlashtiruvchi harakatni rivojlantirish uchun dasturga 3x10 m va 4x10 m ga mokkisimon yugurish kiritilgan. Dastlab u o‘yin metodi sifatida estafeta shaklida o‘tkaziladi. So‘ngra yugurishni vaqt o‘lchovida bajarish vazifa qilib beriladi. Bunday yugurishlarni sport zalida, yugurish yo‘lakchalarida bajarish, shuningdek, qattiq va tekis qoplangan joylarda o‘tkazish mumkin.

Har bir sinf uchun o‘quv dasturi materiali ko‘rsatib berilgandan keyin yengil atletikadan (harakat sifatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga oid) uy vazifa beriladi.

Dasturga «Suzish» bo‘limi kiritilgan bo‘lib, bu bo‘limga alohida soat

ajratilmagan, biroq maktabda suzishga sharoit bo‘lsa, unga birinchi sinfdan boshlab o‘rgatiladi. Soat esa dasturning asosiy turlari (harakatli o‘yinlar, gimnastika, yengil

atletika sport o‘yinlari) hisobidan olib boriladi. Mashg‘ulot haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Suzish darsiga borayotgan o‘quvchilarda sovun, mochalka, sochiq, suzish uchun maxsus kiyim (plavka, kupalnik) bo‘lishi kerak. Darsni o‘tib bo‘lgandan keyin barcha o‘quvchilarning hammasi bor yo‘qligini tekshirib chiqish kerak.

Dasturga 1- 4-sinflarda milliy raqs elementlari kiritilgan. Bu bo‘limga har darsda 10 dan 30 daqiqagacha, sharoitga qarab vaqt ajratilishi kerak.

Masalan: 1-4-sinflarga quyidagi raqs elementlari kiritilgan:

"Voha ybola", "Chittigul", "Andijon polkasi", "Lazgi", "Gulnoz", "Shox qizlar", "Askariy" va boshqalar.

Dasturning ushbu bo‘limini o‘tkazish uchun o‘qituvchi, albatta, tayyorgarlik ko‘rishi lozim, musiqa kassetaga yozilgan bo‘lishi, qizlardan yordamchi (solist) tanlanishi, mashg‘ulot paytida o‘quvchilar vaqtida rag‘batlantirilib, to‘g‘ri ballanishi zarur.

Yuqorida bayon etilgan dasturning tushuntirish xatidan shu narsa ma’lumki, ya’ni 1-4-sinf o‘quvchilarini qanday narsalarga va qanday o‘rgatish vazifalarini aniqlab olish zarur.



  1. SINF. Bolalarni yakkama-yakka bittadan, juft-juft ikkitadan bo‘lib, qisqa masofalarga yurish va yugurishlarini aniq bajarishga o‘rgatish. Kalta arqonlar, arg‘amchilardan sakrashni, balandbo‘lmagan to‘siqlardan «chuqurcha»ga sakrashni, aniq nishonga uloqtirishni o‘rgatish. Turii to‘siqlardan, gimnastik o‘rindiqdan va shuningdek, devorlarga tirmashib chiqib, oshib o‘tishga o‘rgatish. Yurish-yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari mujassamlangan harakatii o‘yinlarda ishtirok etish. Suvda o‘z-o‘zini tuta bilishni o‘rgatish. Milliy raqs harakatlarini o‘rgatish va raqsga tushish. Ertalabki oddiy gimnastik mashqlami mustaqil bajara olishga o‘rgatish.

  2. SINF. 20-30 m masofaga to‘g‘ri yo‘lakdan bir-biridan o‘zib o‘tib tez yugurishni; sekin va bir maromda 100-150 m masofaga hamda yurish va yugurishni 200 m ga; to‘pni uzoq va aniq masofalarga uloqtirishni; sakragichda 30 ga qadar sakrashni, joydan va yugurib kelib uzunlikdan sakrashlami; 25 m masofaga suzishni;

«Andijon polkasi», «Lazgi», «Yalla» musiqalariga raqs tushishni; komanda hisobida

harakatii o‘yinlarda qatnashishni bilish va uddalash lozim. Mustaqil ravishda ertalabki gimnastikani bajarish zarur.



  1. SINF. Quyidagilarni bajara olishni bilishi kerak: 30— 40 metrga yugurish; asta yugurib, me'yorida tezlikda 200 metr masofali bo‘limlarda (100—200 m yurib- yugurib) 2—3 marta bajarish; sakrash chuqurchasini chetidan yugurib kelib depsinib uzunlikka sakrash;

tepalikdan (50— 60 sm) sakrab tushishlar, to‘pni uzoqqa va aniq nishonga joydan turib uloqtirish; sakragichda 60—80 marta sakrash; harakatli o‘yinlarda sinf bilan qatnashish, o‘yin qoidalari asosini bilish; erkin holatda 25—50 m ga suvdan suzib o‘tish; milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish; «Gulnoz», «Sho‘x qizlar»,

«Lazgi», «Yalla», «Qari navo», «Paxtaoy» va hokazo, ertalabki gigiyenik gimnastikani bajarish.



  1. SINF. Jismoniy tarbiya dasrlarida o‘z-o‘zini muhofaza qilish qoidalarini bilish barobarida quyidagilarni bajarishi lozim:

— to‘g‘ri yo‘lakdan chaqqon yugurishni; guruh bilan birga 60 metrli masofaga yugurishni; sekin-asta yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) me'yorli tezlikda yugurishni; uzunlikka va balandlikka yugurib kelib sakrashni; to‘pni uzoq masofaga aniq nishonga 3—4 qadam tashlab uloqtirishni; mokisimon yugurishda berilgan topshiriqni bajarishni; to‘pni ilib olib uloqtirishni, to‘p bilan harakatlanishni; futbol va sport o‘yinlari elementlarining soddalashgan elementlarini almashtirib bajarishni; harakatli o‘yinlarni jamoa ishtirokida ona boshi yoki sardor sifatida bajarishni; ertalabki kompleks gimnastikani bajarish.


Download 110,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish