1 – misol. Maktabingizning 9-sinflaridagi a’lochi o‘quvchilar sonini choraklar bo‘yicha ifodalovchi jadval tuzing.
chorak
sinf
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
9-a
|
5
|
6
|
5
|
4
|
9-b
|
4
|
5
|
6
|
6
|
9-d
|
5
|
4
|
5
|
5
|
Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan. Massiv – jadval ko‘rinishidagi miqdor bo‘lib, u ma’lum (fiksirlangan) sondagi bir turli va tartiblangan (tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi. Ular manfiy bo‘lishi ham mumkin.
Paskalda har bir massiv o‘z nomiga ega bo‘lib, ularni nomlash o‘zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan:
a5, dars_jadvali, tub_sonlar.
Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va u kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan, a[5] yozuvi – a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |