Soliq va majburiyatlar
Asosiy soliq-xiroj, bo’lib uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 1/3-1/5 qismi olinar edi. Ko’chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning ham turi ko’p edi. Ularning asosiylari „qo’ra boshi“, „tutun haqi“, „yig’im soliq“ deb atalar edi. „Qo’ra boshi“ zakoti-ko’chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo’rasiga qarab olinadigan zakot edi. Bu zakot qishda mollar qo’ralarda turganida yig’ib olinar edi.
„Tutun haqi“ zakoti-bu bahor kelganda yangi o’tloqlarga ko’chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo’y bilan olinadigan soliq (zakot) edi.
„Yig’im soliq“ esa zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlari yig’imi bolgan.
Ahvol shu darajaga borib yetgan ediki, mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to’lar edi. Chunki hamma qo’riq yerlar, chakalakzorlar, to’qaylar, daraxtzorlar, ko’llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi.
Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurishga, kanallar qazishga, ariqlami tozalashga, yo’l qurilishiga safarbar etilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |