Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari



Download 165,41 Kb.
bet171/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Shohruxbiy-xonlik asoschisi

Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. 18-asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talontaroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlami birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shohruxbiy hukmdor (1710-1721) deb e’lon qilinadi.

1710-yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi.

Shohruxbiyning o’g’li Abdurahimbiy (1721-1733) davrida Xo’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo’qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo’jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo’lib, vafot etadi. Qo’qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o’tiradi (1733-1750). U Eskiqo’rg’on qal’asi yonida hozirgi Qo’qon shahriga asos solib, o’z poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shahriga ko’chiradi. Shahar atrofini devor bilan o’ratadi.

Erdona hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va O’zganni bo’ysundirdi. Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763-yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqizildi (1763-1798). U dastlab Chust va Namangan hokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysundirdi.

Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l hosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Har tomonlama mamlakatning qudrati o’sgan.

Norbo’tabiy vafot etgach, taxtga uning o’g’li Olimbek o’tqizildi. Uning davrida (1798-1810) Qo’qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Orenburgga boradigan savdo yo’llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal’asi Oqmasjid qurildi. U o’z davlatini 1805-yili rasman Qo’qon xonligi deb, o’ziga esa „xon“ rutbasini oldi va uni Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug’dirdi.


Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish