Ajiniyoz
Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (taxallusi Zevar) (1824-1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning „Bo’zatov“ dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz Shoirning „Kerak“, „Bo’ladi“, „Yaxshi“, „Yigitlar“ she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Ajiniyozni butun Markaziy Osiyoga tanitgan „Qiz Mengesh bilan aytishuv“ asari edi. 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o’rnatildi.
Berdaq
Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o’g’li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so’ngra madrasada tahsil ko’rgan. U Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli, Kunxo’ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o’rgangan. Berdaq tarixni, xalq og’zaki ijodini mukammal o’zlashtirib oladi. Uning ijodi 18-19 yoshlarda do’mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning „Bo’lgan emas“, „Umrim“, she’rlarida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan. „O’g’limga“, „Ahmoq bo’lma“ she’rlari orqali yoshlami vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi. Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi.
Shuning uchun ham uning she’riarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Xususan, shoir o’zining „Xalq uchun“ degan she’rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi:
Bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas,
Yaxshi odam dushmanini kuldirmas,
Qo’ldan kelsa unga davron surdirmas,
Er yigitning joni qurbon xalq uchun.
Berdaq tarixiy mavzularda ham
qalam tebratgan. Uning „Avlodlar” “Omongeldi“, „Oydo’stbiy“, ““ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qaliramonlari faxr bilan kuylanadi. Xususan, „Omongeldi“ dostoni Buxoro amirligiga Qarshi ko’tarilgan (18-asr) qo’zg’olon boslilig’i Omongeldi jasoratiga bag’ishlangan. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon „Emazarbiy“ dostonida ham aks ettirilgan. 1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va byusti o’rnatildi. Shoir tug’ilgan joy-Bo’zatovda ham Berdaq byusti o’rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo’yildi. 18-asrda qoraqalpoqlarning yozma adabiyoti shakllangan. 1998-yilda Berdaq tavalludining 170 yilligi, 1999-yilda esa Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukus shahrida ularning haykallari o’rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |